va fikrlar tariqasida in’ikos qiladi. Intilishlar va iroda jarayonlarida odam
emas: aqliy jarayonlarning hammasi — sezgi va idroklar, xotira, tafakkur
tasawur jarayonlari nursiz, jonsiz bo'lib qolur edi, sezilmaydigan bo'lib
hislar idrokimizning yorqin va juda to'liq bo'lishini ta’minlaydi, tez va
sional hislar tufayli yorqin va jonli bo'lib qoladi yoki, aksincha, tafakkur
jarayonlarini to'xtatib qo'yadi. Hislar fikrlarimizning yorqin va jonli
bo'lishini ta’minlaydi.
bo'lishini ta’minlaydi. Hislar tafakkur va iroda bilan birgalikda bizning
harakatlarimizni tug'diradi va rag'batlantiradi. Bizdagi beixtiyor harakat
mazmun bo'lib qoladi, intellektual va iroda komponentlari bilan tasav-
lar quruq, mayda gap kishilar bo'lib qoladilar, o'z faoliyatlarida va
o'zlarining ayrim xatti-harakatlarida formalist bo'lib qoladilar.
Ammo kishining hayotida turli hislar turlicha ahamiyatga ega bo'ladi,
Ijobiy hislar, masalan, xursandlik, ruhlanish bizning hayotiy, ijodiy faoliya-
timizni oshiradi. Aksincha, salbiy hislarning ko'pi hayotiy, ishchanlik faoli-
yatimizni pasaytirib yuboradi. Masalan, xavotir, g'amginlik, tashvish, ma’yuslik,
o'z kuchimizga ishonmaslik hislari mana shunday salbiy hislardir.
Hislar odam faoliyatining hamma turlarida katta rol o'ynaydi,
o'yinlarni, o'qish va o'rganishni hamda mehnatni jonlantiradi va faol-
lashtiradi. Hislar zaif bo'lganida odamning faoliyati bo'shashib ketadi,
ya’ni odam lanj bo'lib qoladi.
Bolalaming o'yinlari emotsiyalarga boy harakatlardir. Hislar
o'yinlarning tug'ilishiga sabab bo'ladi va ayni vaqtda shu o'yinlarning
o'zi bolalarda xilma-xil ijobiy tuyg'ular tug'diradi. Bu tuyg'ular esa bola-
larimizga tetiklik va xushchaqchaqlik bag'ishlaydi.
Mehnatda ham hislarning ahamiyati kattadir. Ijobiy hislar g'ayratimizni,
mehnat qobiliyatimizni oshiradi. Ijobiy emotsional holatda ishlayotgan
kishining mehnati sermahsul bo'ladi va kishini kamroq charchatadi.
Odamda maqsadga muayyan ijobiy emotsional munosabat
bo'lgandagina bunday maqsad faol ijodiy faoliyatni vujudga keltiradi.
Ijod qilmoq, yaratmoq uchun kishining o'z ishiga mehr-muhabbati zo'r
bo'lishi, ijodkorlik mashaqqatlari va shodliklaridan zavqlanishi kerak.
Xalqimizning hayoti va ijodiy faoliyati ta’sirchan emotsional tuyg'ularga
boydir. Mehnatdagi xursandlik va ruhlanish yangilik hissi, o'rtoqlik va
do'stlik hissi, milliy iftixor hissi vatanparvarlik hissi kishilarimiz hayo
tining mazmunini tashkil etadi. Yangilik hissi bo'lmagan odamlarga sal
biy nazar bilan qaraymiz, vatanparvarlikka qarshi har qanday harakat-
lami ko'rganimizda, ayrim kishilarning qo'rqoqlik qilganligini, ularda
o'rtoqlik va do'stlik hislari yo'qligini ko'rganimizda biz bunga
g'azablanamiz va bunday kishilardan nafratlanamiz. Emotsional ruh
lanish va zavq bizda ilg'orlar va novatorlar harakatining o'sishiga va
rivojlanishiga olib kelgan sabablardan biri bo'ldi. Hislar odamning ijodiy
faoliyatini faollashtirib yuboradigan «uchqundir», «olovdir». Ijodiyotning
hamma turlarida obrazlar va g'oyalami gavdalantirishda kishidagi hislar
ishtirok qiladi. Xuddi shuningdek, yangilik uchun kurash kuchli hislar
bo'lganidagina olib borila oladi. Biror nimani yaratish va uning uchun
kurashish uchun shu narsani sevish va unga mehr qo'yish kerak, biror
nimaga qarshi kurashish uchun esa shu narsaga kishida nafrat tug'ilishi
kerak.
Jamiyatga nisbatan yuksak ijodiy hislarni o'stirish yosh bo'g'inning
juda muhim vazifasidir.
www.ziyouz.com kutubxonasi