P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya


V III.  E ST E T IK   H ISL A R



Download 26,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet314/551
Sana11.01.2022
Hajmi26,8 Mb.
#348356
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   ...   551
Bog'liq
Umumiy psixologiya. P. Ivanov, M. Zufarova

V III.  E ST E T IK   H ISL A R

Odamlar chiroyli  narsani  ko‘rganlarida,  shu  narsalarni  tasawur qil- 

ganlarida va  ular to‘g‘risida  fikr yuritganlarida  ularda  paydo  boMadigan 

ijobiy  hislarni biz  estetik  hislar deb  ataymiz.  N.  G.  Chernishevskiy bun­

day  degan  edi:  odam  estetik  hislarni  «biz  uchun  sevikli  boMgan  dilbar 

oldimizda  turganida  bizda  paydo  boMadigan  nash’ali  shodlik  tariqasida 

kechiradi.  Biz go‘zallikni benihoyat sevamiz, go‘zallikka qarab zavqlana- 

miz, quvonamiz.  N. G. Chernishevskiyning ta’riflab aytishicha, «go‘zallik 

turmushning  o‘zidir»,  «biz  o'zimizdagi  tushunchalarga  ko‘ra  o'zimiz 

tasawur  qilgan  turmushning  ifodasi  deb  bilgan  narsamiz  biz  uchun 

go'zallikdir;  o'zida  turmushni  ifodalagan  yoki  bizga  turmushni  eslatib 

turgan  narsaning  o'zi  go‘zallikdir...».  (Избранные  философские 

сочинения.  1  tom,  1950,  59-bet).

Bizni  qurshab  olgan  dunyo  va  undagi  turmush  xilma-xil  namoyon 

bo'ladi.  Shu  sababli,  odamning estetik  hislari  mazmunining boyligi  bilan 

farq  qiladi.

Atrofimizdagi tabiat estetik hislarning birinchi va asosiy manbai bo'lib 

xizmat  qiladi.  Quyosh  chiqishini  va  botishini  kuzatayotgan,  kechqurun, 

kechasi  va  tong  saharda  yulduzlar  charaqlab  turgan  osmon  go'zalligini 

tomosha qilayotgan odamda estetik hislar paydo bo'lib,  u shularning ham- 

masidan  zavqlanadi.  Odam  o‘rmonlardagi  yo'llardan  yoki  shu  o'rmon 

chekkasidan  oMganda,  uning  ko'z oldida  bug'doy/or va  paxtazor dalalar,

2 9 9

www.ziyouz.com kutubxonasi




ko'm-ko'k maysazoro'tloqlarva chamanzorlarjilva qilib turganida, atrofi 

daraxtzorlar va tepachalar bilan qurshalgan soylar, jarlar, ko'llar va irmoq- 

lami  ko'rganida g'oyat  huzur qiladi  (ya’ni  unda  haqiqatan  estetik  hislar 

paydo boMadi).  Qushlarning sayrashini va jonli tabiatning boshqa tovush­

larini eshitganimizda zavqlanamiz.  Bahor, yoz, kuz va qish fasllarida tabiat 

manzaralarining  o'zgarib,  jilva  qilib  turishi  estetik  hislar  tug'diruvchi 

manbadir.

Tabiat hodisalarini ko'rib bevosita idrok qilganimizdagina emas, balki 

ulami eslagan va tasawur qilgan vaqtimizda ham bizda mana shu  tarzda 

estetik hislar paydo bo'lib,  buning gashtini suramiz.

Odamlarning o'zi ham bizda estetik hislar tug'diruvchi manbadir. Cher- 

nishevskiy inson shaxsini  hamisha ulug' deb bildi va hamma narsalarning 

mezoni, jahondagi eng go'zallik «insonning o'zi» deb hisoblanadi.  A.  M. 

Gorkiy  bunday  degan  edi:  «Men  odamdan  ko'ra  yaxshiroq,  murakkab­

roq, qiziqarliroq boshqa biror narsa borligini bilmayman. Shulaming ham­

masi  odamning o'zida mavjud».

Sog'lom, quvnoq, ishchan kishilami, oliyjanob maqsad yo'lida, uchray­

digan har qanday to'siq va g'ovlami, mushkulliklami yenga oladigan kishi­

lami  ko'rganimizda  o'zimizda  estetik  hislar  paydo  boMadi,  buni  ko'rib 

xursand bo'lamiz. Odamlarning axloqiy ish va xatti-harakatlari  ham biz­

da  estetik  hislar qo'zg'atadi.  Odamlarning  odobli  xatti-harakatlarini  biz 

ko'pincha, chiroyli xatti-harakatlar deb ataymiz.  Ma’lumki, go'zallik his­

si odamlami bir-biriga yaqinlashtiradi, ularda birdamlikning o'sishiga yor­

dam  beradi.  Ma’naviy  axloqlami  mustahkamlaydi  va  ularning  axloqiy 

xatti-harakatlarini  rag'batlantiradi.

Ayrim  hollarda  bizda estetik  hislar xursandlik  yoki  zavqlanish  tarzida 

namoyon bo'ladi. «Luna-10» avtomat stansiyasi  1966-yil 3-aprelda oy atrofi- 

dagi orbitaga chiqarib qo'yilganligi to'g'risidagi xabar buyuk xursandlik hissini 

qo'zg'atib yubordi va umumxalq shodligini  vujudga  keltirdi.

San’at,  musiqa,  rassomlik,  poeziya  va  shu  kabilar  ham  estetik  hislar 

manbaidir. Odamning san’at asarlari yaratishdagi ijodiy faoliyatini, asosan, 

estetik ehtiyojlar rag'batlantiradi.  Bu faoliyat vaqtida ijodkor kishi chuqur 

estetik zavq oladi va o'zi yaratgan san’at  asarini  maroq bilan huzur qilib, 

tomosha qiladi.  San’at asarlari odamlarning ongiga, asosan,  estetik hislar 

orqali ta’sir qiladi.

San’at  asari  ko'rsatayotgan  mana  shu  ta’siming  xususiyati  shundaki, 

san’at asarlari  idrok qilinavotganida voqelik odamlarning ongida shu  vo­

qelikni bevosita idrok qilingan vaqtdagiga qaraganda to'liqroq va chuqur- 

roq aks etadi.

Odamlar hayotidan olingan sujetlar (maishiy dramatik,  kulgili  va shu 

kabi  sujetlar)  rassomlaming  rasmlarida,  badiiy  adabiyotda  tasvirlangani-

www.ziyouz.com kutubxonasi




da,  sahnada  (haqiqatdan  ham  badiiy  mahorat  bilan  ijro  etilganida  bu 

sujetlar,  ko‘pincha  real turmushdagiga qaraganda chuqurroq va toMiqroq 

idrok  qilinadi  hamda taassurot  qoldiradi.

Estetik hislar manbai boMgan san’at asarlarini idrok qilishdagi yana bir 

xususiyat  shuki,  kishi  bu  asarlarni  ko‘rib,  huzur qilibgina qolmasdan,  shu 

bilan birga,  asami mazmuniga qarab kishida ijtimoiy-ma’naviy va intellek­

tual  hislar  ham  tugMladi.  Badiiy  asarlar voqelikni  haqqoniy va  to‘g‘ri  aks 

ettiigan taqdirdagina ulaming badiiy estetik ta’sir ko‘rsatishi samarali boMadi.

San’at  asarlari  o‘zining  shunchaki  shakli  bilan,  so‘zlar,  tovushlar, 

bo‘yoqlar va  shu  kabilarni  shunchaki  majmui  bilangina bizda estetik his­

lar vujudga keltira va o‘stiravermaydi.  San’at asaridagi so‘zlar,  tovushlar, 

bo‘yoqlarni o'ziga xos (ya’ni badiiy) majmuidagi turmush va undagi kurash, 

olg‘a boMayotgan harakatlar,  yaxshi kelajakka intilish aks etganligi tufayli 

bu asarlar odamlarda estetik hislar tug‘diradi.  San’atda shaklni mazmuni- 

dan  ajratib qo‘yish,  san’atdagi  formalizm,  «san’at — san’at uchun» degan 

shior  chinakam  -  estetik  hislar tug‘dira  olmaydi  va  bu  narsa  san’atning 

o‘zini  inqirozga olib  boradi.

Chinakam san’at turmushni to‘g‘ri bildiradi, zamonning eng o‘tkir va 

toMqinlantiruvchi savollariga javob beradi.  Bunday san’at ilg‘or ideallami 

xalq  orasiga  yoyadi,  xalqqa xizmat  qiladi,  olg‘a  borishga yordam  beradi. 

San’at  asari  voqelikni  nechog'li  chuqur va  toMa  haqqoniy  aks  ettirsa,  u 

odamlarda shu qadar ko‘p estetik zavq qo‘zg‘atadi, bu asar estetik hislarni 

manbai  va  estetik tarbiya  vositalari  sifatida shu  qadar ko‘p qadrlanadi.

Voqelikning o‘zi tug‘dirayotgan estetik hislar, shuningdek, san’at asar- 

larining o‘zi  ham  faqat  mushohadaviy hisla^gina boMib  qolmay,  balki bu 

hislar inson  faoliyatining hamma turlarida namoyon boMadi.  Bu  faoliyat­

ni  rag'batlantirib  va  faollashtirib  turadi.  Estetik  hislarning  ta’sirchanlik 

kuchi  ana shunda.  Odam  biror buyumni  yaratayotganida,  shu jumladan, 

san’at  asarlarini  ham  yaratayotganida,  shu  narsalarning go‘zal  boMishiga 

ham  harakat  qiladi.  Har  bir  usta  o‘zi  terayotgan  g‘ishtning  mahkam 



0

‘rnashib qolishigagina intilib qolmasdan,  uni chiroyli boMib ko‘rinishiga 

ham  harakat  qiladi,  o‘zi  qurgan  binoni  birinchi  boMib  ko‘rib  zavqlanadi. 

Dehqon  haydab qocygan  dalani,  yam-yashil  nihollarini,  oppoq paxtazor- 

larini  ko‘rib  quvonadi.  Zavod  ishchisi  o‘zi  qurgan  yangi  mashinaning 

qudratini  va  go‘zalligni  ko‘rib  zavqlanadi.

Hamma sohada — sanoatda, transportda, shahar va qishloqlarda quri­

lish  keng  avj  olib  ketgan  hozirgi  vaqtda  katta  va  kichik barcha binolami 

faqat  mustahkam  va  qulay  boMishigagina  emas,  shu  bilan  birga  chiroyli 

boMishiga  ham  ahamiyat  berilmoqda.

Bizda  sanoat  va  transport  estetikasi  masalalariga,  texnika  estetikasi 

masalalariga  katta e’tibor berilmoqda.

www.ziyouz.com kutubxonasi



Estetik  hislarning  o‘ziga  xos xususiyati  shuki,  bu  hislar beg‘araz  his- 

lardir.  Bu  xususiyat  shundan  iboratki,  biror go‘zallikni,  masalan,  tabiat 

manzarasini, badiiy suratni, musiqa, konsertni bir vaqtning o‘zida nechogli 

ko‘p  odam birga ko‘rsa  (yoki  suhbat  chog‘ida  eslasa)  shu  odam  ularning 

har biri  va birgalikda  hammasi  kuchliroq  estetik zavq  oladi.  Mana shun­

day  estetik  kechinmalar  choglda  ko‘pchilik  odamlar  o‘rtasida  do‘stona 

suhbatlar boshlanib ketadi.  Shu sababli estetik hislar ma’naviy hislar bilan 

chambarchas  boglangandir.

0 ‘zbek  xalqining  san’ati  — jahonda  eng  ilg‘or  san’atlardan  biridir. 

Jahondagi  barcha  mamlakatlarning  ilg‘or  kishilari  uchun  chinakam  faol 

emotsional kechinmalar manbaidir. Samarqand,  Buxoro, Xiva, Toshkent- 

dagi  me’morchilik san’atiga, binolardagi turli-tuman  naqshlar,  rangi  ket- 

mas chizmalarga, har bir binoning takrorlanmas san’atiga qoyil qolmagan 

kishilar bolmasa kerak.  Bizdagi kulolchilik, kashtachilik, zardo‘zlik, kishi- 

larni hayratda qoldiradigan so‘zanalar, misgarlik buyumlari san’ati va ulami 

yuksak mahorat va did bilan, mehr kuchi bilan bajarilganligi — 0 ‘zbekiston 

san’atini dunyoga tanitish manbai hisoblanadi. 0 ‘zbek maqomchilik san’ati, 

milliy  xalq  qo‘shiqlari,  bir-biridan  go‘zal  nozik  ohang  taratuvchi  milliy 

musiqa asboblari kishilarimizni tinchlik,  mustaqillik uchun  kurashga ruh- 

lantirmoqda.

Jahon  madaniyatiga  buyuk  hissa  qo‘shgan  Forobiy,  Ibn  Sino,  Beru­

niy,  Ulug4bek  kabilarning  ilmiy-falsafiy  meroslari  original  mazmun  va 

shaklga  ega  boigan  Nizomiy,  Umar  Hayyom,  Navoiy,  Sa’diy,  Bedil, 

Furqatlarning  ijodlari  jahondagi  mamlakatlarga  namuna  boiib  xizmat 

qilmoqda.  Bular  biz  uchun,  butun  ilg‘or  insoniyat  uchun  badiiy-estetik 

va  ma’naviy taraqqiyot  bosqichlari  namunasidir.




Download 26,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   ...   551




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish