O ‘rtoqlik va do‘stlik hissi
0 ‘rtoqlik va do‘stlik hissi kishilar xayrixoh boMib bir-birini hurmat
qilishida ifodalanadi. Bu hislar odamlarning umumiy mehnat va o‘qish
faoliyatidagi o'zaro munosabatlarda tug'iladi va namoyon boMadi.
O'rtoqlik va do'stlik munosabatlari, odatda, kishining bolalik chog'idan
boshlanadi. Bolalar bir-birlariga o'rtoqdirlar, chunki ular bir-birlari bilan
bir xildagi o'yinlarni o'ynaydilar, bir xildagi vaziyatda birga bo'ladilar va
shu sababli ularda umumiy qiziqish tug'iladi. Ular bir-birlarini ko'rib va
bir-birlarini eslab shodlanadilar.
Maktabda o'quvchilar bir-birlariga o'rtoqdirlar, chunki ular bir maktab
da, bir sinfda o'qiydilar, ular uchun o'qituvchilar ham, darsliklar ham
umumiydir. Maktab bolalarda o'rtoqlik va do'stlik hislarini tarbiyalash
sohasida katta ish olib bormoqda, bolalami bir-biriga, bir sinfda o'qiydigan
bolalarni boshqa sinfda o'qiydigan bolalar bilan o'rtoq, do'st qilib tar-
biyalamoqda.
Maktab o'quvchilari bilimlami egallamoq uchun birgalikda kurashadilar,
bir-birlarining muvaffaqiyatlari va muvaffaqiyatsizliklari uchun shodlik va
qayg'urish hislarini birga kcchiradilar, bir-birlariga o'rtoqlarcha yordamlasha-
dilar. Shu tariqa, ularda o'rtoqlik va do'stlik hissi mustahkamlanadi. Maktabda
vujudga kelgan o'rtoqlik hissi ko'pincha umrbod saqlanib qoladi.
Bir korxonada, bir muassasada ishlayotgan kishilarda o'rtoqlik hissi
vujudga keladi. Hukumatimiz har qanday sharoitda ishlayotgan kishilari-
ga o'zaro munosabatlarida o'rtoqlik va do'stlik hislarini namoyon qilish-
lari uchun butun shart-sharoitni yaratib bergan.
Do'stlik hislari ayrim kishilar o'rtasidagi munosabatlar doirasida chck-
Ianib qololmaydi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Mamlakatimizdagi hamma xalqlar o‘rtasida boMgan munosabatlar ham
do‘stlik hislariga asoslangan. 0 ‘rtoqlik va do‘stlik hislarining paydo
bo‘lishiga, awalo sabab shuki, kishilarning turmushga qarashlari birdir,
ular milliy dunyoqarash ruhida tarbiyalanib kelmoqdalar, ularning ijti
moiy manfaatlari, istaklari ham birdir, ularning maqsadi mustaqillikni
mustahkamlash, butun dunyoda tinchlik o‘rnatishdir.
Bundan, hamma jihatdan bir-biriga o‘xshash boMgan odamlar orasi-
dagina do‘stlik boMishi mumkin, degan ma’no chiqmaydi. Qobiliyati turli
cha boMgan, turli kasbdagi, turli madaniy saviyadagi odamlar ham bir-
birlariga do‘st boMishlari mumkin. Lekin umumiy qarashlari, umumiy
intilishlari boMmagan kishilarning bir-birlari bilan do‘st boMishlari mum
kin emas.
Xalqlarimiz o‘rtasida o‘rtoqlik va do‘stlik hislari bir-birlarini muttasil
qoMlab-quvvatlashda, o‘z ishlarida bir-birlariga yordamlashib va
ko‘maklashib turishlarida namoyon boMadi. 0 ‘rtoqlik, do‘stlik va mehr-
muhabbat hislari g‘oyaviy umumiylik va ko‘pincha asosiy manfaatlarning
umumiyligi bilan xarakterlanadi. Shu bilan birga o‘rtoqlikka nisbatan
do‘stlik yaxshiroq va mustahkamroq boMadi. 0 ‘rtoqlik, do‘stlikdagi g‘oyaviy
umumiylikning natijasida kelishib va birgalashib ishlash qaror topadi, busiz
ularning boMishi mumkin emas.
0 ‘rtoqlik va do‘stlik hislari shu qadar kuchli va jozibadorki, yigit va
qizlar ularni tushunishga, o‘z kechinmalarini, kishilarga munosabatlarini
tushunib olishga intilmasdan qolmaydi.
Do'stlik umumiy faoliyat, havas va intilishlar, e’tiqodlarda tarkib topadi.
Dotting kimligi boshingga kulfat tushganida bilinadi, deb bejiz aytilma-
gan. O'rtoqlik va do'stlik ularning bir-birlari bilan qilayotgan muomala-
laridagi o‘zaro samimiyatda, bir-birlarini tushunib, izzat-hurmat qilish-
larida namoyon boMadi.
Do‘st bilan uchrashib, gaplashib va suhbatlashib, u bilan bir qancha
masalalarni bamaslahat hal qilib olish, boshingga biror baxtsizlik tush-
ganda do‘stdan maslahat olish yoki uning xayrixohlik bildirishi, biror ish
o'ngidan kelganida do‘st bilan birlikda quvonish, zarur boMib qolganida
do‘stdan biror yordam olish, do‘stni biror muhim ishga tortish kishiga
huzur va nash’a bag‘ishlaydi.
Bir-biriga chinakam do‘st boMgan kishilar bir-biridan sir yashirmavdi.
Ba’zan kishida o‘z ko‘nglini do'stiga ochish, ko'nglidagi hamma gaplarni
unga birma-bir aytib berish ehtiyoji tugMladi. Do'stlar bir-birlarini «tu
shunishga» qobil boMganlaridagina ular bir-birlari bilan mana shunday
dilkashlik qiladilar. Shu sababli, kishi o'z do'stiga o'zining shubhalarini
va o'zining qilib qo‘ygan xatolarini oshkora aytib beradi, chunki o'zi
nima demoqchi boMganligini do‘sti tushunib, shunga yarasha maslahat
www.ziyouz.com kutubxonasi
berishini va yordamlashuvini biladi; garchi do‘st kishi boshqalarga qara
ganda qattiqroq qoralasa ham, lekin shu xatolami tuzatishga yordam be
radi, seni qo‘llab-quwatlaydi, mushkul ahvoldan qutulish yo'llarini va
vositalarini ko'rsatib beradi. Do'stlar o'z do'stlarining kamchiliklarini va
xatolarini yashirmaydi, bu kamchiliklarni ko'rsatib beradi, bu kamchilik-
larga baho beradi, kishi o'z do'stining o'sishiga yordam beradi, unda
yaxshi, yangi sifatlar paydo boMganligini ko'rib quvonadi.
Dunyoqarashning birligi, ideallarning birligi, umumiy faoliyat, o'zaro
yordamlashish va bir-biriga bo'layotgan munosabatlardagi samimiyat kuchli,
mustahkam va barqaror o'rtoqlik hamda do'stlik hislarining negizidir.
O'rtoqlik va do'stlik hislarida faollik va amaliy natija berish xususiyati
juda kuchli bo'ladi. Bu hislar odamlarni birlashtiradi va ularni qahra-
monlik qilishga ruhlantiradi, odamning g'ayratiga g'ayrat qo'shadi, mehnat
unumdorligini oshirishga yordam beradi.
O'rtoqlik va do'stlik turmushimizni sermazmun, yorqin va zavqli qila
di. Do'stlik dunyoqarashimizning tashkil topishi va mustahkamlanishiga
yordam beradi, hayotiy ideallarimizni amalga oshirishni yengillashtiradi,
kishilarning eng yaxshi xislatlarini — insof, rostgo'ylik hislarini, ish uchun
umumiy javobgarlik hissini, har qanday yolg'onga, munofiqlikka, ikki yuz-
lamalikka mutlaqo murosasiz bo'lish hissini o'stirishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |