P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya


V.  O D A M   H IS S IY O T L A R IN IN G   M A Z M U N I



Download 26,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet304/551
Sana11.01.2022
Hajmi26,8 Mb.
#348356
1   ...   300   301   302   303   304   305   306   307   ...   551
Bog'liq
Umumiy psixologiya. P. Ivanov, M. Zufarova

V.  O D A M   H IS S IY O T L A R IN IN G   M A Z M U N I

Yoqimli  va  yoqimsiz  kechinmalar odamdagi  hissiyotlarning  birinchi 

belgisi  ekanligi  yuqorida  aytib  o'tilgan  edi.  Lekin  hissiyotlami  faqat  shu 

kechinmalardangina iborat deb bo'lmaydi.  Har bir kishiga ma’lumki, yo­

qimli  va  yoqimsiz  kechinmalar,  zavqlanish,  huzur  qilish  yoki  zavqlan- 

maslik  holati  turli  hollarda  kishida  turlicha  o'tadi.  Odam  o'zining  och- 

ligini  yoki  chanqovini  qondirganida  huzur  qiladi,  ammo  shu  odamning 

o'zi  musiqa  tinglaganida,  do'stlari  bilan  uchrashganida,  biron  ma’naviy 

zavq  bag'ishlaydigan  ish  qilganida va shu  kabi  hollarda boshqacha  huzur 

qiladi.  Suvsash odamda yoqimsiz bir his tug'diradi,  lekin shu biron qiyin 

vazifani bajara olmay qolganida, unda boshqacha bir yoqimsiz his tug'iladi. 

Ammo  ayni  shu  odam  axloq  doirasiga  sig'maydigan  yomon  ish  qilib 

qo'yganida va biror narsadan yoki ishdan uyalganida, vijdon azobiga tushib 

qolganida esa unda butunlay boshqacha yoqimsiz his tug'iladi va hokazo. 

Hissiyotlami  bir-biridan  farq  qiladigan  mana  shu  xususiyatlarning  ham­

masi  hissiyotlarning  mazmunini  tashkil  qiladi.

Hissiyotlarning  mazmuni,  bir tomondan,  odamning  ehtiyojlari  bilan 

belgilansa, ikkinchi tomondan, shu hissiyotlarning tuzilishiga sabab bo'lgan 

faoliyat  va  idroklar,  tasawurlar,  fikrlar bilan  belgilanadi.  Odamga,  awa­

lo,  biologik  (tabiiy)  ehtiyojlar xosdir,  shu  sababli  odamga  biologik  ehti­

yojlar bilan  bog'liq  bo'lgan  hislar  ham  xosdir.  Ochlikni,  chanqashni  va 

to'yishni  his  qilish,  sog'liqni,  tetiklikni,  charchashni  his  qilish,  og'riqni 

his qilish, shuningdek, organizmning holati va faoliyati bilan bog'liq bo'lgan 

boshqa  hislar  ham  mana  shunday  ehtiyojlarga  bog'liq  (ijobiy  va  salbiy) 

hislar jumlasidandir.

Odamga  tarixan  rivojlangan  yuksak  yoki  ma’naviy  ehtiyojlar  xos 

bo'lganligi  sababli,  bu  ehtiyojlar  bilan  bog'liq  bo'lgan  yuksak  hislar  — 

intellektual,  ma’naviy, estetik va boshqa shu kabi  hislar ham unga xosdir.

Yuksak hislar tufayli odamning tabiiy (biologik)  hislari ham  ma’naviy 

tus oladi desa bo'ladi: bu hislar intellektual va axloqiy hislarni ham,  este­

tik hislarni  ham  qisman o'z ichiga oladi,  hatto organik,  biologik ehtiyoj­

lar va jarayonlar sababli  tug'ilgan  hissiyotlami  — ochlik  va  to'yish  hissi, 

sog'liq,  kasallik  va  charchash  kabi  hislarni  ham  odam  ijtimoiy  mavjudot 

sifatida,  shaxs sifatida  kechiradi.

Odamning boshqa organik ehtiyojlari singari  ochlikni qondirishi  uning 

ma’naviy va  estetik  hislari  bilan  chambarchas bog'langandir.

Odamning  tarixiy  rivojlanish  jarayonida  uning  hissiyotlari  ham 

o'zgaraveradi  Huzur qilish  va  ranjish,  sevgi,  g'azab va  nafrat,  xursandlik 

va g'amginlik singari  hislar hamma odamlarga xos  hislardir,  albatta.  Le­

kin  shu  hislarning  kechishiga  sabab  bo'ladigan  narsalarning  hammasi,

www.ziyouz.com kutubxonasi



shu  hislar yo'nalgan  narsalarning  hammasi  odamning  ijtimoiy  turmushi 

bilan belgilanadi.  Ishlab chiqarish  usullari o'zgaraverdi,  odamlarning ish­

lab  chiqarish  munosabatlari  o‘zgaraverdi,  ularning  qarashlari,  ulaming 

dunyoqarashi  o'zgaraverdi,  ehtiyojlar  o‘zgara  va  rivojlanaveradi,  shular 

bilan  birgalikda odamlarning hislari  ham  o‘zgaraverdi.

Ijtimoiy  turmush  sharoitida  hissiyotlarga  ijobiy  hissiyotlar  va  salbiy 

hissiyotlar deb beriladigan baho ham o‘zgardi.  Endi bundagi baholar faqat 

subyektiv shaxsiy jihatdan qarabgina berilmasdan, shu  bilan birga obyek­

tiv qiymatiga  qarab  ham beriladi.


Download 26,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   300   301   302   303   304   305   306   307   ...   551




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish