yati va shu kabi kayfiyatlar, yaxshi yoki yomon kayfiyatlar bo'lib turishi
so'raganimizda, biz, asosan, uning kayfiyatini nazarda tutamiz.
katta ahamiyatga ega bo'lgan biror voqea mana shu xildagi kayfiyatning
kayfini chog' qilib yuboradi. Ishdagi chatoqlik, muvafTaqiyatsizlik, odam
ning qilgan ishiga past baho berilganligi uning ruhini tushirib yuboradi, unda
ma’yuslik tug'diradi, uning o'z kuchiga ishonchsizlik vujudga keltiradi.
Odatda, muayyan kishida u yoki bu xil kayfiyat ustunlik qilishi mum
kin. Odatda, qay xildagi kayfiyatning ustunlik qilganiga qarab, biz ba’zi
kishilami quvnoq, xushchaqchaq, bardam kishilar deymiz, ba’zi kishilar-
ni esa g‘amgin, ma’yus, beparvo kishilar deymiz. Mana shunday ustunlik
qilgan kayfiyat odam xarakterining xislati bo'lib qoladi.
Odamning barcha psixik jarayonlarida va faoliyatida kayfiyat katta rol
o'ynaydi. Tasawurlar va flkrlaming o'tishidagi tezlikka, shuningdek, tasav-
vur va fikrlarning mazmuniga hamda yo'nalishiga kayfiyat ta’sir qiladi.
Odamdagi boshqa emotsional kechinmalaming hammasiga kayfiyat, odat
da, o'zining ta’sirini o'tkazib turadi, bu kechinmalaming, intilishlarning
va harakatlarning faolligida shu kayfiyat o'zgarishini ko'rsatadi. Masalan,
odamning kayfi chog' bo'lsa, u ancha faolroq bo'ladi, odam ma’yus bo'lsa,
unchalik faol bo'lmaydi. Odamning kayfiyati uning tevarak-atrofdagi kishi
larga va narsalarga munosabatiga ta’sir qiladi. Chunonchi, odam xursand
bo'lib turganida uning ko'ziga hamma narsa yaxshi bo'lib ko'rinadi, odam
xafa va ma’yus bo'lib turganida, uning ko'ziga hamma narsa yomon
ko'rinadi. Ijobiy kayfiyat, xushchaqchaqlik va xursandlik kayfiyati ustun
bo'lib turganida, odam vaqtincha muvaffaqiyatsizliklarni vaxafagarchilikni
ham osonlik bilan o'tkazib yuboradi.
Odamzod onglidir, binobarin, u salbiy kayfiyat bilan kurashmog'i:
ma’yuslikka, bo'shanglikka, sababsiz tajanglikka berilmasligi mumkin va
lozim. Odamning o'zida va boshqa kishilarda bardamlik, xursandlik, xush
chaqchaqlik kayfiyati tug'dira bilishi uning eng yaxshi xislatidir.
Odamning o'zidagi e’tiqod, maslak, qiziqish hamda o'zi yashab va
ishlab turgan vaziyat undagi muayyan kayfiyatning davom ettirilishi uchun
katta ahamiyatga egadir. Bardamlik, xushchaqchaqlik kayfiyati bizning
kishilarimizning asosiy xususiyatidir. O'zbek xalqi mustaqillikka erishishini
o'z maqsadi va maslagi deb biladi. U o'z mehnatining erkinligini anglab,
Vatani uchun sidqidildan harakat qilish ularda mana shunday kayfiyatni
vujudga keltirdi. Bizda har bir kishi nima uchun mehnat qilayotganini,
kim uchun mehnat qilayotganini biladi. Mehnatning tagi rohat ekanligini
his qiladi.
Ma’lumki, mehnat ijtimoiy foydali, moddiy yoki ma’naviy mahsulot
ishlab chiqarishga qaratilgan faoliyatdir. Mehnat faoliyati o'zining amal
ga oshirilishi uchun yuksak psixologik funksiyalarni talab qilish bilan bir
ga, insoniyat taraqqiyoti jarayonida ularni tarkib topishi uchun shart-
sharoitlar yuzaga keltiradi. Bu esa inson kayfiyatiga ta’sir qiladi. Kayfi
yatning chog'ligi mehnat unumdorligini oshiradi. Uni sermahsul qiladi.
Mustaqillikka to'la erishib olgunga qadar qancha uqubatli mehnatlar-
ga duch kelindi. Xalqimiz tushkunlikka tushmay, qiyinchiliklarga bar-
dosh berib, to'siqlarni yengib, ko'tarinki kayfiyat bilan mehnat qilib o'z
www.ziyouz.com kutubxonasi