P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya


ifod ali  h a ra k a tla r



Download 26,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet297/551
Sana11.01.2022
Hajmi26,8 Mb.
#348356
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   551
Bog'liq
Umumiy psixologiya. P. Ivanov, M. Zufarova

ifod ali  h a ra k a tla r

 deb  ataladi.

Emotsional  kechinmalar  awalo  muskullarning  ixtiyorsiz  bo'ladigan 

harakatlarida ifodalanadi.  Ijobiy hissiyotlar vaqtida bu harakatlar, odatda, 

shu hislarni tug'dirgan narsa tomonga yo'nalgan bo'ladi, salbiy hissiyotlar 

vaqtida esa bu harakatlar shu hislarni tug'dirgan narsadan teskari tomon­

ga yo'nalgan  bo'ladi.  Masalan,  biz bir badiiy suratni  ko'rib  undan zavq- 

lansak,  bizda  yoqimli  his  tug'iladi,  shuning  uchun  beixtiyor shu  suratga 

yaqinlashamiz.  Shuningdek,  qalin  do'stimiz  bilan  to'satdan  uchrashib 

qolganimizda, biz shu do'stimizga tomon beixtiyor harakat qilamiz, ya’ni 

unga  yaqin borib  qolganligimizni  o'zimiz  ham sezmay qolamiz.

Ayrim  salbiy  hissiyotlar  vaqtida  bizning  harakatlarimiz  shu  hisni 

tug'dirgan  narsadan  chetlatishga  intiladi.  Boshqa  ba’zi  salbiy  hissiyotlar 

vaqtida,  masalan,  g'azab,  nafrat  hislari  vaqtida  bizning  harakatlarimiz 

shu  emotsional  kechinmalarga  sabab  bo'lgan  narsa  tomonga  yo'naladi. 

Buning sababi  shuki,  bizda shu  narsani  yo'q qilish  yoki  uning harakatini 

bostirish  harakati  tug'iladi  va  biz  shunga  intilamiz.  Mustaqil  vatanimiz- 

ning  dushmanlari,  terrorizmga,  diniy  aqidaparastlikka,  vahobizmga  nis­

batan bizdagi g'azab va nafratning ajoyib ahamiyati bor, chunki bu g'azab 

va  nafrat  dushmanni  yo'q qilishga qaratilgan emotsional  kechinmalardir.

Bizning  emotsional  kechinmalarimiz  mimikada,  gavda  harakatlarida 

va  imo-ishoralarda  ayniqsa  yaqqol  ifodalanadi.  Kishining  emotsional 

kechinmalari  fiziologik jarayonlarda yig'i,  kulgi  va  boshqa  shu  kabilarda 

ham  namoyon  bo'ladi.

Hissiyotlarning  harakatlarda,  mimikada,  gavdada,  imo-ishoralar  va 

ma’noli  ko'z  qarashlarda,  boshqa  shu  kabilarda  mana  shu  tariqa  tashqi 

ifodalanishlarining hammasi suratga va kinoga olish yo'li bilan qayd qilinishi 

mumkin.


Kishining  emotsional  kechinmalari  uning  nutqida  ifodalanadi.  Turli 

emotsional kechinmalar vaqtida uning tezligi o'zgaradi,  ko'pincha,  nutq­

ning sintaksis tuzilishi buziladi, ritmika va intonatsiya o'zgaradi. O'tkazilgan 

tekshirishlar shuni ko'rsatdiki, g'amginlik va ma’yuslik hislarini ifodalovchi 

nutq  vaqtida shu  nutqni  so'zlovchi  kishining ovozi  beixtiyor pasayib  ke­

tadi,  nutqning  o'zi  susayib  qoladi,  so'zlayotgan  kishining  tovushi  ham 

bo'linib-bo'linib chiqadi. Xursandlik holatida bir nima so'zlayotgan kishi­

ning  nutqida bunga butunlay teskari  holat  namoyon  bo'ladi.  Turli  emot­

sional kechinmalar vaqtida ovozning titrashi va uning past-balandligi turli­

cha  o'zgaradi.

www.ziyouz.com kutubxonasi



Hissiyotlarning  mana  shu  tashqi  ifodalari,  odatda,  ixtiyorimizdan 

tashqari  namoyon  boMadi.  Shuni  ham  aytib  o'tish  kerakki,  ayrim  hislar 

o'ziga  xos  shaldda  ifodalanadi.  Masalan,  qo'rquv vaqtida  kishining  ko‘z 

qorachiqlari kengayib  ketadi,  badani  qaltiraydi,  yuzi  oqarib-bo‘zarib  ke­

tadi.  Xursandlik  hissi  vaqtida  kishining  ko‘zi  yarqirab  ketadi,  yuzida qi- 

zarish  paydo boMadi,  harakatlar tezlashadi va  hokazo.

Ammo  odam  o'zining  ifodali  harakatlarini  o‘zgartirishi  mumkin:  u 

ba’zi harakatlarni tiyib turishi, ba’zilarini esa kuchaytirishi mumkin. Odam 

sun’iy ravishda yangi ifodali harakatlar yaratishi  va shu  ifodali  harakatlar 

yordami  bilan o'zidagi emotsional  kechinmalarni toMiq va xilma-xil  qilib 

ochib berishi  mumkin.

Odam  o'zining  mimikasi  va  gavda  harakatini,  shuningdek,  tovushini 

atayin chiroyli qilib ko'rsatishi  mumkin.  U garchi o‘zi  muayyan hissiyot­

lami  kechirmayotgan  boMsa  ham,  ammo  shu  hissiyotlami  ifodalaydigan 

harakatlar yaratishi  mumkin.  Chunonchi,  artistlar  sahnada  o'z  hislarini 

emas, balki  sun’iy mimika,  imo-ishoralar,  nutqining intonatsiyasi  va shu 

kabilarni  yaratish  yo'li  bilan  muayyan  ifodali  harakatlarni  tasvirlab 

ko'rsatishlari lozim  boMadi.  Har bir kishi  ham o'z  hissiyotlarining tashqi 

ifodalarini  ma’lum  darajada  o'zgartirishi  mumkin.

Mana shu o'zgartiriladigan  va yangidan vujudga  keltiriladigan  ifodali 

harakatlar,  ya’ni  emotsional  kechinmalarning  tashqi  alomatlari  kishida 

mustahkam  o'rnashib qolishi,  ko'nikma  va  odatga  aylanishi,  so'ngra  esa 

hislaming tabiiy ifodasi  tariqasida  beixtiyor namoyon  boMishi  mumkin.


Download 26,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   551




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish