moiy ahamiyatlari jihatidan ham ijobiy va salbiy hissiyotlar deb farq qi
malar tariqasidagi ko'pgina hissiyotlar, ijtimoiy nuqtayi nazaridan qara
azobi yoqimsiz va hatto qattiq azob hissi bilan kechiriladi. Lekin ijtimoiy
nuqtayi nazardan qaraganda, bu hislar yuksak, ijobiy axloqiy hislardir.
G‘azab va qahr hissi har bir kishida salbiy, noxush kechinma holatida
o'tadi. Ammo ijtimoiy nuqtayi nazardan qaraganda, bu hissiyot nima
sababdan tug'ilganligiga va nimaga yo'nalganligiga qarab ijobiy yoki sal
biy hissiyot bo'lishi mumkin. Agarbu hissiyotlar axloq tamoyillarga to'g'ri
kelmaydigan nojo'ya ish qilib qo'ygan kishiga nisbatan tug'ilgan bo'lsa,
bu hissiyot ijobiy axloqiy hissiyotdir. Ammo bu hissiyot biror shaxsiy
norozilik sababli, masalan, majlisda qilingan haqli tanqid sababli tug'dirgan
bo'lsa, bunday hissiyot o'zbek kishisiga nomunosib, past hissiyotdir.
Hissiyot biz idrok qilayotgan, tasawur qilayotgan va fikr qilayotgan
hodisalar va tasawurlar, shuningdek, bizning harakatlarini iz va qiliqla-
rimiz ta’siri bilan tug'iladi. Narsalar idrok, tasawur va fikr qilinayotgan-
ligi uchungina bizda ayrim tuyg'ular tug'ilib qolmasdan, balki, asosan, bu
narsalar bizning ehtiyojlarimiz, manfaatlarimiz bilan ma’lum bir darajada
bog'langanligi uchun ham bizda turli tuyg'ular tug'diradi, biz idrok, tasawur
va fikr qilayotgan narsalar bizning ehtiyojlarimizga va manfaatlarimizga
aloqasi bo'lmagan taqdirda bizda sezilarli hissiyotlar tug'ilmaydi. Bunday
narsalar ko'pincha e’tiborimizdan chetda qolaveradi.
Shunday qilib, hissiyotlarning manbalari (yoki sabablari), bir tomon
dan, bizning ongimizda aks etayotgan tevarak-atrofdagi voqelik bo'lsa,
ikkinchi tomondan, bizning ehtiyojlarimizdir.
Ko'p hollarda emotsional kechinmalarimizning mazmuniga bizning
intilishlarimiz ham kiradi. Intilishlar esa hamisha ehtiyojni ifodalaydi.
Lekin hissiyotlar ehtiyojlar sababli paydo bo'lishi tufayli, intilishlar bilan
hissiyotlar bir-biriga «qo'shilib ketib» bitta tuyg'u, kechinma holida namo
yon bo'ladi. Bunday hollarda hissiyotlar, odatda, intilishlami tug'diradi
yoki mavjud intilishlarni kuchaytiradi, shuning uchun ehtiyojlarning o'zi
ham faol kechinmalar bo'lib qoladi. Hissiyotlarning yo'nalishi, faolligi
intilishlarda namoyon bo'ladi.
Shunday emotsional holatlar ham bo'ladiki, bunda intilish juda sust
bo'ladi yoki butunlay bo'lmaydi. Bu xil samarasiz, passiv hissiyotlami,
odatda, sentimentallik deb ataydilar. Sentimentallik — harakatsiz hissiyot
bo'lib, odatda, faqat so'z bilan cheklanib, oh-vohlar qilish, ba’zan ko'z
yoshi to'kishdan nariga bormaydi.
Hissiyotlarning faollik darajasi kishidagi qo'zg'alish va kuchlanish ho
latida yoki tinchish va bo'shashish holatida, yoki kishidagi hamma kuch-
larg'ayratga kirgan holatda, yoxud bu kuchlar zaiflashgan va bo'shashgan
holatda namoyon bo'ladi. Hissiyotlarning mana shu faollik darajasiga qarab,
ular stenik va astenik hissiyotlarga bo'linadi.
Kishining hayotiy faoliyatini oshiradigan, g'ayratini orttiradigan his
siyotlar stenik hissiyotlar deb ataladi. Masalan, nihoyatda xursandlik,
g'azablanish hislari stenik hissiyotlar qatoriga kiradi. Kishining hayotiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
faoliyatini pasaytiradigan, g'ayratini susaytiradigan hissiyotlar astenik his
siyotlar deb ataladi. G'am-g'ussa, ma’yuslik, afsuslanish kabi hissiyotlar
mana shunday astenik hissiyotlardir.
«His» degan termin ko'pincha «sezgi» degan termin bilan bir ma’noda
ishlatiladi. Masalan, ba’zan: «Men yorug'Iikni his qilyapman, men issiq-
likni his qilyapman» deyish o'miga: «Men yorug'Iikni sezyapman, men
issiqlikni sezyapman» deb ham aytishadi. Shu vaqtgacha biz psixologiya
da ham sezgi organlari deyish o'rniga his qilish organlari deb aytishga
odatlanib qolganmiz.
Sezgi bilan hisni bir-biridan farq qilish kerak. Sezgi odamdan musta
qil ravishda mavjud bo'ladi, u narsalar va hodisalaming in’ikosidir. His
siyot esa odamning shu narsalarga va hodisalarga munosabatini ifodalovchi
tuyg'ular, kechinmalardir. Sezgilar bizga narsalar va hodisalaming o'zini
bildiradi, ammo hissiyot esa odamning shu narsalarga va hodisalarga
munosabatini, bu narsalar va hodisalar odamda qanday holat
tug'dirganligini (xush yoki noxush holat tug'dirganligini) bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: