II.
YUKSAK NERY FAOLIYATI.
l.P . PAVLOV TA’LIMOTINING ASOSIY QOIDALARI
Nerv sistemasining, ayniqsa, uning yuksak uchastkalarining faoliyati uzoq
vaqtgacha tekshirilmasdan keldi. Rus olimlari nerv sistemasining fiziologiya-
sini o‘iganish sohasida jahon miqyosida katta xizmat ko‘rsatdilar. Rus fiziologi-
yasining otasi l.M.Sechenov (1829—1905) bosh miyaning materialistik
flziologiya ilmini yaratish yo'llarini birinchi bo‘lib ko‘rsatib berdi.
1863-yilda uning «Bosh miya reflekslari» nomli mashhur asari bosilib
chiqdi. Bu asarda Sechenov o‘sha vaqtdagi ilg‘or flziologlarning yutuq-
lariga va o‘zi olib borgan tekshirishlarga asoslanib, odamning psixik faoli
yati qandaydir ismi bor, jismi yo‘q, moddiy bo'lmagan ruh, jonning mah
suli bo‘lmay, balki faqat miyaning faoliyatidir, degan fikmi dadil aytdi.
Fiziologiya olimi boMgan Sechenov materialistik monizmning tabiiy-il-
miy asoslarini yaratib berdi. Chernishevskiy va undan oldin o‘tgan boshqa
rus materialistlari materialistik monizmni taraqqiy qildirdilar. «Odamdagi
psixik va fiziologik hodisalaming ikkovi ham bir xildagi, bir-biriga yaqin
hodisalar, bir moddiy asosdan kelib chiqadigan hodisalardir», deb yozdi
Sechenov. Psixik jarayonlarning negizi bosh miya reflekslaridir, degan
taMimotni Sechenov birinchi boMib ilgari surdi. «Ongli va ongsiz hamma
psixik hodisalar, — deb yozadi u, — o'zlarining kelib chiqish jihatidan
aslida reflekslardir». Shu bilan birga l.M.Sechenov refleksning markaziy
qismini, ya’ni miyada boMadi. P.I.Ivanov jarayonlarni ajratadi, bu jara
yonlar, Sechenovning fikricha, psixikani vujudga keltiradi.
Miyaning reflektor faoliyatini o'rganish sohasida l.M.Sechenov bosh-
lagan ishni l.P. Pavlov mustahkam eksperimental asosga qo‘ydi, refleks
tushunchasiga yangi ma’no berdi, shartli reflekslarning vujudga kelish
mexanizmlarini kashf etdi, yangi ilm yuksak nerv faoliyati fiziologiyasini
vujudga keltirdi, bu nerv faoliyati fiziologiyasi materialistik psixologiya
ning tabiiy-ilmiy asosi, poydevoridir. l.P. Pavlov o‘z tekshirishlarining
psixologiya uchun ahamiyati borligini ko'rsatib o'tgan edi. «Bizning tek-
shirishlarimiz, — degan edi u, — psixologlar uchun juda katta ahamiyatga
ega boMishi kerak, chunki ular keyinchalik psixologiya ilmining asosiy
poydevori boMishi kerak deb o'ylayman». l.P. Pavlovning fikricha, yuk
sak nerv faoliyatining fiziologiyasi vujudga kelishi bilan, «Psixologlar, ni-
hoyat, o'zlari tekshiradigan asosiy hodisalaming umumiy mustahkam
zaminiga, tabiiy sistemasiga ega bo'ladilar, shu bilan ulaming odamdagi
son-sanoqsiz, tartibsiz tuyg'ularini sistemaga solishlari oson bo'ladi».
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |