malari tashkil etadi. Vegetativ nerv sistemasidagi nerv hujayralarining va
nerv tugunlarining ayrim birikmalari hazm organlarida, qon aylanish, na-
fas olish organlarida va shunga o'xshash organlarda bo'ladi. Vegetativ
nerv sistemasi markaziy nerv sistemasi bilan bog'langan: vegetativ nerv
sistemasining nerv tugunlari bosh miyaning gipotalamus (ko'ruv
do'mboqlarining pastki qismi), to'rt tepalik va uzunchoq, miya sohasida,
shuningdek, orqa miyaning ko'krak, yuqori bel va dumg'aza bo'limlarida
joylashgan.
Katta yarim sharlar po'stining peshana qismlarida periferik nerv siste
masining ham, vegetativ nerv sistemasining ham funksiyalarini birlashti-
radigan yuksak markazlari bor. Bosh miya po'stidan periferik nerv siste-
masiga ham, vegetativ nerv sistemasiga ham impulslar kelib turadi. Bino-
barin, vegetativ nerv sistemasini, shuningdek, boshqa qism va markazlar-
ni bosh miya po'sti idora etadi.
Vegetativ nerv sistemasi umumiy nerv sistemasining bir qismi bo'lib,
ichki organlar hazm, nafas, qon aylanish organlarining ishlarini va ichki
sekretsiya bezlarining faoliyatini idora qiladi. Vegetativ nerv sistemasi or-
ganizmning umuman hamma hayotiy jarayonlarini idora etadi. Organizm
jarayonlarining shu tariqa vegetativ nerv sistemasi tomonidan idora etili
shi organlar faoliyatining kuchayishi va susayishida, ortishi va kamayishi-
da ko'rinadi. Vegetativ nerv sistemasi ichki organlar bilangina bog'lanib
qolmay, balki organizmning boshqa hamma qismlari bilan ham
bog'langandir. Vegetativ nerv sistemasining markazdan qochuvchi tola
lari hamma sezgi organlarida va teri hujayralarida bor. Vegetativ nerv
sistemasi o'sha tolalar orqali sezgi organlariga ta’sir etib, ularning faoliya
tini kuchaytiradi yoki susaytiradi. Jumladan, vegetativ nerv sistemasi sez
gi organlarining adaptatsiyasiga (ya’ni moslanishiga) ancha yordam berar
ekan. Vegetativ nerv sistemasi markaziy nerv sistemasining turli qismla
riga, jumladan, bosh miya po'stiga ham ta’sir etadi. Shuning uchun ham
vegetativ nerv sistemasining ta’siri psixik jarayonlarda ham ko'rinadi.
Vegetativ nerv sistemasi ikki bo'lakdan: simpatik nerv sistemasi va pa-
rasimpatik nerv sistemasidan iborat. Simpatik nerv sistemasining markaz
lari gipotalamusda, orqa miyaning ko'krak va yuqori bel bo'limlaridadir.
Simpatik nerv sistemasining tolalari tanadagi hamma organlarga yoyiladi.
Parasimpatik nerv sistemasining markazlari to'rt tepalikda, o'rta miyada
(Varoliy ko'prigi), uzunchoq miyada va orqa miyaning dumg'aza
bo'limidadir.
Simpatik va parasimpatik nerv sistemalari ichki organlar faoliyatini
idora etishda «antagonistlar» rolini belgilaydi.
www.ziyouz.com kutubxonasi