P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya



Download 26,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet281/551
Sana11.01.2022
Hajmi26,8 Mb.
#348356
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   551
Bog'liq
Umumiy psixologiya. P. Ivanov, M. Zufarova

Diqqatning  k o ‘lami

Diqqatning  ko'lami  — diqqatga  eng  qisqa  vaqt  ichida  (go'yoki  bir- 

daniga)  sig'ishi  mumkin  bo'lgan  narsalar  soni  bilan  belgilanadi.  Diqqat 

ko'lami jihatidan 



tor  yoki  keng 

bo'lishi  mumkin.

Tajriba  qilib  tekshirishda diqqatning  ko'lami,  odatda,  tekshirilayotgan 

odamga ayni bir vaqtning o'zida bir qancha o'zaro bog'lanmagan harflarni, 

so'zlarni,  narsalarni  va turli  shakllarni  ko'rsatish  yo'li  bilan aniqlanadi.

Tekshirilayotgan  kishi  bu  narsalardan  ayni  vaqtda  qanchalik  ko'pini 

birdaniga idrok eta olsa (diqqat doirasiga sig'dira olsa), uning diqqat doirasi 

shunchalik  keng bo'ladi.

Diqqatning ko'lamini  aniqlash  uchun taxistoskop degan maxsus asbob 

qo'llaniladi.  Bu  asbob  yordamida  kishiga  idrok  ettiriladigan  narsalar juda 

tez ko'rsatiladi.  Bunda  idrok  qilinadigan  narsalar taxistoskopning ekrani- 

dagi teshikdan ko'rsatiladi va bu teshik juda qisqa vaqt ichida bekilib qoladi.

Taxistoskop  vositasi  bilan  o'tkazilgan  tajribalar  ko'rsatishicha,  katta 

yoshli  odam  ayni  vaqtning  o'zida  diqqat  doirasiga  uchtadan  to  oltita- 

gacha bir-biriga 

bog'liq

 bo'lmagan narsalarni,  masalan,  undosh harflarni, 

shakllarni  sig'dira  oladi.

Lekin idrok qilinadigan narsalar ma’no jihatidan bir-biri bilan bog'liq 

bo'lsa  va  yoki  bu  narsalar yaxlit  bir  narsaning  elementlari  bo'lsa,  bunda 

diqqat  doirasiga  shu  kabi  narsalarning  ko'pi  sig'ishi  mumkin.  Masalan, 

taxistoskopda  alohida-alohida  harflar  emas,  balki  uch-to'rt  harflardan 

tuzilgan so'zlar ko'rsatilsa, savodli kishi bunday so'zlardan uch-to'rttasini, 

ya’ni to'qqiztadan tortib, to o'n oltitagacha harfni  idrok eta oladi, chunki 

savodli kishilar ayrim-ayrim harflarni donalab o'qimay, balki butun so'zlarni 

birdaniga  o'qiydi.

Taxistoskop vositasi bilan diqqat ko'lami yuzasidan o'tkaziladigan eks­

perimental  tekshirishlarda  diqqatning  ayrim  individual  xususiyatlari  ham 

aniqlangan.

Masalan,  shunday  odamlar  borki,  ularga  taxistoskopdan  nima 

ko'rsatilsa,  shuni  o'zlaridan  hech  narsa  qo'shmay,  aniq  idrok  etadilar. 

Bunday  odamlar  «obyektiv»  tipdagi  odamlardir.  Yana  shunday  odamlar 

ham bo'ladiki,  ularga bir narsa ko'rsatsang,  bunga o'zidan  boshqa  narsa-

www.ziyouz.com kutubxonasi



larni  qo'shib  idrok  yetadi.  Bunday  odamlar  «subyektiv»  tipdagi  odam- 

lardir.  Lekin  mashq qildirish yo‘li bilan subyektiv tipdagi odamlarni taxis- 

toskopda  ko‘rsatilgan  narsani  aniq  idrok qilishiga erishsa boMadi.

Diqqat  koMamining  kengligi  aniq  idrok  etish  bilan  birga  qo‘shilgan 

taqdirdagina yaxshi sifatlardan hisoblanadi. Diqqat koMamining keng boMishi, 

masalan, sinfda mashg'ulotlar o'tkazilayotgan paytda 



0

‘qituvchi uchun zarur- 

dir;  o'qituvchi  sinfda  o‘tirgan  barcha  o'quvchilarga  nazar solib  turishi  lo­

zim. Lekin diqqat koMamining torligi ham hamma vaqt yomon boMavermaydi. 

Faoliyatning ayrim turlarida diqqat  koMamining tor boMishi,  lekin shu bilan 

bir vaqtda,  chuqur va konsentratsiyalashgan  boMishi talab yetiladi.  Masalan, 

bunday diqqat  odamga mikroskop  bilan ish qilganda zarurdir.

Diqqat  koMamining  fiziologik  asosi  miya  po'stida  optimal  qo'zg'algan 

joyning kengayishi yoki torayishidan  iborat.  Bunda miya po'stidagi optimal 

qo'zg'algan joy ayni vaqtda ta’sir qilib turuvchi boshqa qo'zg'atuvchilar bilan 

hosil  qilingan  qo'zg'alish jarayonlarining qo'shilishi tufayli  kengayadi,  ichki 

tormozlanish jarayonlarining kuchayishi  natijasida  esa  bu joy torayadi.




Download 26,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   551




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish