sm
va 1
m
masofadan turib idrok qilinsa ham, baribir
uning uzunligi o'zgarganligi sezilmaydi, holbuki uning ko'z to'r pardasiga
tushgan surati o'zgaradi, ya’ni qalamni 20
sm
masofadan turib ko'rishga
nisbatan 1
m
masofadan ko'rilganda, qalamning ko'z to'r pardasiga tusha
digan surati 5 marta qisqaradi. Shu qalamning sezilarli darajada kaltaroq
ko'rinishi uchun uni hiyla uzoq masofadan turib ko'rish kerak bo'ladi.
To'g'ri burchakli stol bizdan 1
m
yoki 10
m uzoqroqda
tursa ham biz unga
to'g'ridan yoki yondan qarasak ham, uning kattaligi va shaklining aksi
ko'z to'r pardasida har safar o'zgarib turishiga qaramay, baribir hamisha
o'z shakli va katta-kichikligini o'zgartirmagandek, boyagicha idrok qilina-
veradi. Kosaga to'g'ridan qarasak, shakli dumaloq ekanini ko'ramiz, ammo
ana shu kosaga yondan qarasak, qarash burchagi o'zgarganligidan uning
ko'z to'r pardasiga tushgan surati tuxumsimon cho'zinchoqroq shaklda
bo'ladi. Biz esa doimo uni dumaloq shaklida idrok qilamiz. Bu safar ham
narsaning idrok qilinayotgan shakli, uning haqiqiy, obyektiv shakliga
muvofiq bo'lib, doimo to'g'ri idrok qilinadi. Ayni shu kabi konstantlik
ranglarni sezishda ham ro'y beradi. Yorug'lik darajasi turli xil bo'lganda
ham narsalarning rangi, narsalar qaytargan yorug'lik nurlarining fizik tarkibi
o'zgarishiga qaramay, biz doimo birtusda idrok qilaveramiz. Masalan, oq
qog'oz elektr chirog'ining sarg'ish nurida ham, yoki u yashil barglar so-
yasida yotsa ham baribir u bizga oppoq bo'lib ko'rinaveradi. Holbuki, bu
ikki vaziyatda ham qog'oz yuzidan qaytariladigan nurlarning fizik tarkibi
o'zgaradi. Yozuv qog'ozi qosh qoraygan paytda ham oppoq, qora bosma
harf bilan yozilgan xat esa quyosh yorug'ida ham qop-qora bo'lib
ko'rinaveradi, holbuki qosh qoraygan paytda qog'oz yuzidan qaytarilgan
nurlarning kuchi, quyosh yorug'ida bosma xatdan qaytarilgan nurlarga
qaraganda zaifroqdir. Ma’lumki, bir parcha ko'mirdan tushki vaqtda qay
tariladigan nurlar miqdori tong yorishish paytida bundan qaytariladigan
nurlar miqdoriga qaraganda bir necha marta ko'pdir. Holbuki, ko'mir
tush vaqtida ham qop-qora, bo'r esa tong otarda ham, g'ira-shira paytda
ham, hatto tunda ham, baribir oppoq bo'lib ko'rinadi.
Konstantlik hodisasi shuni ko'rsatadiki, biz narsalarni ko'rib turgan paytimiz-
da, ulaming ko'z to'r pardasiga tushgan suratiga aynan muvofiq holda ko'rmay,
balki shu narsalar haqiqatda qanday mavjud bo'lsa, shu holda ko'ramiz.
Idrokning konstantligi odamning tajribasi jarayonida, amaliy faoliya
tida vujudga kelib, mustahkamlanadi. l.P. Pavlov ko'z bilan ko'rib idrok
etish konstantligi uchun fiziologik asos bo'lib xizmat qiladigan muvaqqat
www.ziyouz.com kutubxonasi
bog'lanishlarga oid reflektor faoliyatning tashkil topish xususiyatlarini ochib
berdi, «bironta narsaning haqiqiy katta-kichikligi to‘g‘risida tasawur hosil
qilmoq uchun,— deb yozadi Pavlov, — shu narsaning ko‘z to'r pardasiga
tushgan surati ma’lum katta-kichiklikka ega bo‘lmog‘i va ko‘z soqqasi-
ning sirti va ichki muskullarining ma’lum ravishda birlashib ishlamog‘i
talab qilinadi. Ko'z to‘r pardasi va ana shu muskullardan keluvchi
qo'zg'alishlarning muayyan kombinatsiyasi, muayyan kattalikda bo'lgan
narsani teri sezgisi orqali idrok etishdan hosil boMgan qo'zg'alishlar bilan
bir necha marta ayni vaqtda to'g'ri kelaverib, narsaning haqiqiy kattali-
gidan hosil bo'lgan shartli qo'zg'ovchi bo'lib qoladi» (Полное собрание
сочинений, III tom, 1 -kitob, 121-bet).
l.P. Pavlov aytib o'tgan ko'z muskullari harakati bilan narsaning ko'z
to'r pardasiga tushgan surati o'rtasida ana shu tariqa hosil bo'lgan bog'lanishlar
doimo turmushda mustahkamlanib turadi, shuning uchun ham bu bog'lanishlar
idrok konstantligini nerv-fiziologik tomondan belgilab beradi.
Konstantlik hodisasi voqelikni bilishda, tevarak-atrofdagi muhitni fahm-
lab, kunda amaliy ish ko'rishda juda katta ahamiyatga egadir. Idrokimiz-
da konstantlik bo'lmaganida edi, biz har birqimirlashimizda, boshimizni
salgina burganimizda, yorug'lik o'zgarib turganida, narsalar o'z joylari-
dan andakkina siljiganida ham xuddi shu narsalarni har gal butunlay
boshqa-boshqa, yangi notanish narsalardek idrok qilardik, biz hatto o'z
narsalarimizni ham ulardan hatto yarim metr uzoqlashgan taqdirda, taniy
olmasdik.
Do'stlaringiz bilan baham: |