T o sh k e n t irrig a tsiy a va q ishloq xo‘ja L ig in I



Download 8,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/286
Sana11.01.2022
Hajmi8,66 Mb.
#347678
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   286
Bog'liq
Falsafa asoslari

tabiiy
 
sentrizm
  va u bilan uzviy bogliq bolgan 
naturalizm
  prinsipi  shu- 
lar jumlasidan.  Bu  yerda  inson  — tabiat  farzandi.  Uning  barcha 
xato va kamchiliklari boshqa har qanday tabiiy jarayonlar singari 
o‘rinli  hamda tabiiy. 
Kosmotsentrizm  —
  kosmosning  hamma  nar- 
sani,  shu jumladan,  insonning  mohiyati  va  tabiatini  ham   belgi- 
lovchi ta’siriga ishora  qiluvchi  dunyoqarash hisoblanadi.
Tarixiy-sivilizatsion  jarayonda 
teotsentrizm
  ta’limoti  ham 
m uhim  rol  o‘ynagan.  U  oliy,  g‘ayritabiiy  mavjudotni  dunyoning 
asosiy va  eng  muhim  omili  deb  e’lon  qilgan.  Bu  borada  tarixda 
juda  chiroyli,  ezgu  niyatli  va  kuchli  odamlar  yashagan  Atlan- 
tida haqida o‘ta jozibali afsona mavjud.  Bu afsonada aytilishicha, 
Atlantida  jannatmakon  bir  joy  bolgan,  unda  odamlar  baxtiyor 
yashar  ekanlar.  Afsuski,  atlantlarning  har  biri  o‘zini  o‘ylab,  o‘z
177


farovonligi  haqida  qayg‘urib,  o‘zlashtirgan  bilimlaridan  shaxsiy 
maqsaddagina  foydalanib,  olamda  insondan  ulug‘roq jonzot  yo‘q 
va har kim o‘ziga o‘zi qonun,  deb hisoblay boshlagach,  Atlantida 
inqirozga yuz tutgan emish.
Platon  bu  ideal  davlatga  Atlantika  okeanidan  geografik  o‘rin 
va  tarixdan  muayyan  vaqt  berdi  —  u  11500  yil  oldin  mavjud 
bo‘lganini  qayd  etadi.  Platon  70  yoshga to‘lgach,  Atlantida  haqi­
dagi  afsonani  eslash  fursati yetdi.  «Timey» va  «Kritiy»  dialoglari- 
da Atlantida  tarixi  hikoya  qilinadi.  Platon  o‘z  bobosi  Timeydan, 
Timey — otasining Solon ismli yaqin do‘stidan,  Solon esa — davlat 
ishlari bilan Misrda bo‘lgan paytida shu yerlik kohindan eshitgan 
rivoyat  to‘g‘risida  so‘z  yuritiladi:  «To‘qqiz  ming  yil  muqaddam 
sizlar  Gerakl  ustunlari  (Gibraltar bo‘g‘ozi)  deb  ataydigan bo‘g‘oz 
ortida Atlantida  degan katta  oral bolgan.  Bu  orolda  qirollarning 
qudratli  va  ajoyib  sulolasi  yuzaga  kelgan.  Bu  sulola  juda  ko‘p 
mamlakatlarni  o‘ziga bo‘ysundirishga  harakat  qilgan.  Ammo  bir 
nechta  kuchli  zilzilalar bu  orolni  qismlarga bolib  tashlagan,  ke- 
yinchalik u  suv  ostida  qolgan va butunlay yo‘q bolgan».
«Kritiy»  dialogi  manzarani  quyidagicha  toldirish  imkonini 
beradi.  Xudolar  Yerni  o‘zaro  b o lib   olganlarida,  donishmandlik 
ilohasi  Afinaga  Gretsiya,  Atlantida  dengiz  xudosi  Poseydonga 
tekkan.  Poseydon  orolda  yashaydigan  Kleyto  ismli  qizni  sevib 
qolgan.  Kleyto  unga  o‘nta  o‘g‘il  tug‘ib  bergan.  Bu  o‘g‘illarning 
har biri keyinchalik orolning o‘z qismida hokimlik qilgan va faqat 
oliy  hukmdor  Atlas  yoki  yunoncha  Atlantga  bo‘ysungan.  Atlan­
tida  aholisi  yuksak  axloqiy  me’yorlarni  asrlar  davomida  saqlab 
kelgan.  Lekin  vaqt  o lish i  bilan  ular juda  izzattalab  va  ochko‘z 
b o lib  qolganlar.  Shunda  Zevs  ularni jazolashga  qaror  qilgan  va 
orolni  suvga g‘arq qilgan.
Atlantida  haqidagi  afsona  katta  ma’naviy  mazmunga  ega.  U 
axloqiy  nopoklikdan  saqlanishga  chaqiradi,  ayni  vaqtda,  inson 
o‘z  millatdoshlari  va  butun  dunyo  taqdiri  uchun  mas’ul  ekani 
haqida ogohlantiradi.
Hozirgi  adabiyotlarda  kosmos  tafakkuri  yoki  kosmik  aqlni 
anglatuvchi 
teokosmizm
  atamasiga  ham  duch  kelish  mumkin. 
Ba’zan  inson,  umuman,  insoniyat  rivojlanishining  yangi  darajasi
178


zarurligini  asoslash uchun  ayni  shu kosmik aqlga  murojaat  qilish 
talab  etiladi.  Oliy  kosmik  aql  faollik,  cheksiz  harakat  va  rivojla- 
nishning bosh negizi  sifatida  qabul  qilinadi.
Sotsiotsentrizm
 ta’limoti madaniy-sivilizatsion omillarga suya- 
nadi.  Bu  yerda  inson  o‘zi  yashaydigan  ijtimoiy-madaniy  muhit 
mahsuli  sifatida  namoyon  bo‘ladi.  Sotsiotsentrizmga  eng  yaqin 
tushuncha sifatida amal qiluvchi kulturotsentrizm inson m adani­
yat  mazmuni  orqali  o‘z  m a’nosini  kasb  etadi,  degan  tezisni  hi- 
moya  qiladi.
Antropotsentrizmning  ziddi  —  insonga  geologik  kuchlardan 
biri  sifatida  qaraydigan  yondashuv 

Download 8,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish