Alohidalik, xususiylik, umumiylik.
Ular narsa va hodisalar
ning rivojlanish jarayonidagi makon-zamon munosabatlarini
konkret tarzda namoyon qiladi. Umumiylik - olamdagi alohi
da, individual tarzda namoyon bolayotgan narsa-hodisalarning
turfa, xilma-xil umumlashtiruvchi xossa hamda xususiyatlar-
ning mushtaraklashgan holda namoyon bolishidir. Alohidalik
va umumiylik o‘rtasidagi bog‘lanish, aloqadorlik va munosa
bat «xususiylik» kategoriyasi orqali ifodalanadi. Birinchidan,
bu kategoriyalarning mazmuni olamning birligi, ularning
mantiqiy ifodasi konkretlik bo‘lib hisoblanadi. Ikkinchidan,
«alohidalik», «xususiylik», «umumiylik» narsa va hodisalarning
makon-zamon konkretligini ifodalaydigan, nisbatan mustaqil
mantiqiy tushunchalar tarzidagina namoyon b o lish i mumkin.
Zero, ularning nisbatan mustaqilligi, ichki birligining namoyon
bo‘lish shaklidir.
Falsafiy adabiyotlarda, bilishning umumiy tendensiyasini alo-
hidalikdan xususiylikka va shu bosqich orqali umumiylikka o‘tish
tarzida yoki aksincha, izohlash keng tarqalgan. Vaholanki, fal
safiy bilishning asosiy xususiyati va maqsadi har qanday alohida-
likning individual xususiyatlarini umumiylikdan farqlashdan ibo-
ratdir. Masalan, bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o lish jamiyat
taraqqiyotining umumiy qonuniyati b o lsa ham, bu jarayon turli
ijtimoiy-tarixiy makon va zamonda har bir davlat uchun o‘ziga
xos bolgan modelni taqozo qiladi. Alohidalikning umumiylikdan
farqini aniqlash asosida, maxsus usul va vositalarini qollash bo
zor strategiyasi va taktikasining milliy xususiyatlarini belgilashga
yordam beradi.
Alohidalik yoki, ba’zi falsafiy adabiyotlarda ko‘rsatilganidek,
yakkalikni muayyan xossa hamda xususiyatga ega bolgan narsa
va hodisalarning makon va zamondagi chegaralangan konkret
holati, boshqacha qilib aytganda, har qanday hodisa va narsa-
ning ichki sifat muayyanligi, individualligi deyish mumkin.
Antik falsafada alohidalik kategoriyasining mazmuni muay
yan turg‘unlikka ega bolgan birlik sifatida qaralgan (Aflotun,
124
Arastu). Hegel, alohidalikni voqealarning zaruriy shakli, makon
va zamondagi tafovutlarning namoyon b o lish momenti sifatida
qaraydi.
Falsafada milliylik va umuminsoniylik masalasida alohida-
likning umumiylikdan farqini mutlaqlashtirish natijasida muay
yan qarashlar vujudga kelishi mumkin (bu haqda «Osiyotsen-
trizm» va «Yevropatsentrizm» to‘g‘risida eslash kifoya).
Vaholanki, umuminsoniyat sivilizatsiyasining tadrijiy rivojla-
nishida muayyan ichki birlik mavjud bolib, madaniyat tarixida har
bir xalq, millat o‘z o‘rni va ahamiyatini namoyon qiladi. Shuning
uchun umuminsoniyat sivilizatsiyasi tarkibidagi milliy madani-
yatni mutlaqlashtirish, muayyan siyosiy manfaatlarga asoslangan
bolib, buyuk davlatchilik, shovinistik qarashlardan boshqa narsa
emas. Bu XX asrning 30-yillarida fashizm mafkurasini shakllan-
tirgan asosiy sabablardan biri edi.
Alohidalikni, umumiy qonuniyatlar tarkibidagi, elementlar-
ning individual rivojlanish jarayoni sifatida olib qarash kerak.
Chunki har qanday umumiylik, dastlab voqelikning alohidaligi
tarzida vujudga keladi. Shunga k o la, har qanday sistema o‘z
tarkibidagi nisbatan yangi, alohida hodisalarning individual rivoj-
lanishisiz sodir b o la olmaydi. Shunday qilib, alohidalik voqelik
rivojlanishining xilma-xil shakllarini vujudga keltiradi.
Narsa va hodisalarda alohidaliklarning konkret xususiyatlari
oltasidagi boglanishlar, bir tomondan, umumiylikni namoyon
qilish bilah bir qatorda, ularning muayyanligi va mazmunini ham
belgilaydi. Ikkinchi tomondan esa, umumiylikning konkretligi
alohidaliklar sistemasi tarzida namoyon boladi. Bu sistemaga
strukturali yondashish bilishning nisbatan tolaqonli bolishini
ta’minlaydi. Masalan, muayyan jamiyatdagi kishilarning ijtimoiy
munosabatlari o‘ziga xos bolgan yo‘nalishlarini vujudga keltirgan.
Ya’ni, iqtisodiy, huquqiy, siyosiy, diniy, ekologik va boshqa shu
kabi ijtimoiy munosabatlar umumiy madaniyat tarkibida «iqti
sodiy madaniyat», «huquqiy madaniyat», «siyosiy madaniyat»,
«ekologik madaniyat» va boshqa nisbatan mi staqil yo‘nalishlarga
asos bolgan. Bu madaniyat yo‘nalishlari nisbatan mustaqil bolsa
ham, bir-birini taqozo qiladi. Ularning ichki birligi va rivojlanish
125
tendensiyasi umuminsoniyat sivilizatsiyasi manfaatlaridan kelib
chiqqan bolib, umumiy taraqqiyot darajasiga mos keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |