T o sh k e n t irrig a tsiy a va q ishloq xo‘ja L ig in I


Miqdor  va  sifatning  bogliqligi  qonuni



Download 8,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/286
Sana11.01.2022
Hajmi8,66 Mb.
#347678
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   286
Bog'liq
Falsafa asoslari

Miqdor  va  sifatning  bogliqligi  qonuni. 
Olamning  mavjudligi
—  miqdor  va  sifat  voqeligi  tarzida  ham  namoyon  boladi.  Bu- 
ning  mohiyati  shundan  iboratki,  narsa  va  hodisalardagi  sezilar- 
li  bolm agan  miqdoriy  o‘zgarishlar  asta-sekin  to'plana  borib, 
taraqqiyotning ma’lum bir bosqichida me’yorni buzadi va sakrash 
y o li bilan tub  sifat  o‘zgarishlariga  olib  keladi.
116


Moddiy  olamdagi  xilma-xil  narsa va  hodisalar bir-biridan  o‘z 
sifati  bilan  ajralib  turadi.  Sifat  —  narsalarning  ichki  va  tashqi 
muayyanligi bolib, uning qator xossa, belgi, xususiyatlari birligini 
ifodalaydi.  Sifat narsa qanday bolsa,  uni shundayligicha kolsatib 
beradi,  jismning  barcha  tashqi  xossalarini  bogliqlikda  namoyon 
qiladi.
Demak,  sifat  narsaning  umumiyligini,  yaxlitligini,  uning  nis­
biy  barqarorligini,  bir-biriga  o‘xshashligi  yoki  o‘xshamasligini 
ifodalaydi.  U  keng  m a’noda  narsalarning  turli-tum an  xossalari 
yiglndisidir.  Lekin  sifat  va  xossa  aynan  bir  xil  m a’nodagi  tu ­
shunchalar  emas.  Sifatning  o‘zgarishi,  muqarrar  sur’atda,  xossa- 
ning o‘zgarishiga olib keladi.  Biroq xossaning o‘zgarishi har doim 
sifatning  o‘zgarishiga  ta’sir  etavermaydi,  ayrim xossalar  narsalar­
ning  sifatiga  ta’sir  etmasdan  yo‘q  bolib  ketishi  mumkin.  Sifat 
predmetning  doimiyligini,  nisbiy barqarorligini ifoda etadi.
Narsalar sifat  muayyanligidan  tashqari,  bir-biridan  miqdoriy 
tomonlari  bilan  ham   farq  qiladi.  Miqdor  predmetning  hajmi, 
olchovi,  oglrligi,.  harakat  tezligi  va  shu  kabilar  bilan  tavsifla- 
nadi.  Tabiat hodisalari  kabi  ijtimoiy hodisalar ham  miqdoriy to- 
monga  ega.  Chunonchi,  suv  o‘z  solishtirma  oglrligiga,  qaynash 
va  muzlash  darajasiga  ega.  Bir  ijtimoiy  tuzum   boshqasidan  xu- 
susiyati  jihatidangina  emas,  balki  ishlab  chiqaruvchi  kuchlar 
taraqqiyoti,  m ehnat unumdorligi,  madaniyati va hokazolar bilan 
ham  farq  qiladi.  H ar  qanday narsa  miqdor va  sifat birligiga  ega. 
Tabiatda  faqat  miqdorga  yoki  sifatga  ega  bolgan,  ya’ni  sifati 
b o lib   miqdori,  miqdori  b o lib   aksincha,  sifati  bolm agan  nar­
saning  o‘zi yo‘q.
Miqdor  va  sifatning  birligi,  o‘zaro  bogliqligi  me’yor  tushun- 
chasida  ifodalanadi.  Me’yorning  buzilishi  predmet  mavjudligi 
mumkin bolm agan  holatga  olib  keladi.
Har qanday narsa va hodisaga miqdor va sifat o‘zgarishlari xos- 
dir.  Miqdor  o‘zgarishlari  bilan  sifat  o‘zgarishlari  o‘rtasida  qat’iy 
qonuniyat  mavjud  bolib,  bu  qonuniyat  quyidagicha  ifodalanadi: 
miqdoriy  o‘zgarishlar  sifat  o‘zgarishlarini  tayyorlab,  har bir  aniq 
holatda muayyan tub sifat o‘zgarishlarini keltirib chiqaradi va shu 
holatda miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o lish i sodir
117


boladi.  Olamdagi barcha  o‘zgarishlar asta-sekin  sodir bo‘ladigan 
miqdor  o‘zgarishlaridan  boshlanadi.  Miqdor  o‘zgarishlari  muay­
yan  chegarada  sifatning  barqarorligiga  ta’sir  etmaydi.  Miqdoriy 
o‘zgarishlar chegaradan chiqishi bilan sifatning barqarorligi buzi- 
ladi.  Natijada  sifat yo‘qolib,  yangi  sifat yuzaga  keladi.  Taraqqiyot 
jarayonida  miqdor  o‘zgarishlari  tub  sifat  o‘zgarishlariga  o‘tishi 
bilan  birga  sifat  o‘zgarishlari  miqdor  o‘zgarishlariga  ham   o‘tadi. 
Miqdor  o‘zgarishlari bilan  sifat  o‘zgarishlari  o‘zaro  chambarchas 
bog‘langan  bo‘lishiga  qaramay,  ular  ayrim  o‘ziga  xos  xususiyat- 
larga ham  ega.  Chunonchi:
—  birinchidan,  miqdor  o‘zgarishlari  doimo  yuz  berib  turadi. 
Hatto  hodisalar  sifatining  nisbiy  barqarorligi  davrida  ham   miq­
doriy  o‘zgarishlar  asta-sekin  yuz  beradi.  Sifat  o‘zgarishlariga 
o‘tish faqat  ma’lum bir davrda boshlanadi;
— ikkinchidan,  miqdor o‘zgarishlari ma’lum vaqtgacha  narsa- 
larga  m uhim  ta’sir ko‘rsatmaydi.  Suv  normal  atmosfera bosimida 
100°  gacha  suyuqlik holatini  yo‘qotmaydi,  keyin  esa bug‘ga  ayla­
nadi,  sifatini  o‘zgartiradi.  Demak,  sifat  o‘zgarishlari  hodisalarni 
tubdan  o‘zgartirib,  uning  boshqa  hodisaga  aylanishini  taqozo 
qiladi;
— uchinchidan,  miqdor o‘zgarishlari asta-sekin amalga oshadi 
va ko‘p  hollarda  sezilmasdan  o lad i.  Sifat  o‘zgarishlari  esa  ancha 
tez,  ayrim holatda to‘satdan  sodir boladi;
—  toltinchidan,  sifat  o‘zgarishlari  miqdor  o‘zgarishlariga  qa- 
raganda tub  o‘zgarish b olib  hisoblanadi.
Sakrash nima?  Sakrash tabiat va jamiyatda sodir bo‘ladigan si­
fat o‘zgarishlarini  anglatadigan falsafiy tushuncha bolib,  taraqqi- 
yotning  uzluksiz  ko‘rinishiga  qaraganda  ancha  tez  oladigan ja- 
rayondir.
Sakrash  miqdor  o‘zgarishlaridan  sifat  o‘zgarishlariga  o‘tishda 
uzluksizlikning  uzilishini  bildiradi.  Sakrash  narsa  va  hodisalar­
ning  uzluksiz  rivojlanish  davomida  tayyorlanib,  shu  uzluksiz 
rivojlanish  momenti  tugab,  uzilish  sodir  bo‘lishi  bilan  zaruriy 
ravishda yuz beradi.  Sakrash birdaniga,  to‘satdan boladigan ho~ 
latgina  emas,  balki  yangi  sifat  elementlari  ko‘payishi  orqali  yuz 
beradigan tadrijiy jarayon hamdir.
118


Sakrashning  turlari  o‘z  xarakteriga  ko‘ra  tabiat  va jamiyatda 
xilma-xil  bo‘lib,  ular bir-birlaridan  farq  qiladilar.  Jamiyat  taraq- 
qiyotidagi  sakrashlarning  o‘ziga  xos  tomoni  shuki,  bu  sakrash- 
lar  eski  ijtimoiy  tuzum ni  yo‘q  qilish  va  yangi  ijtimoiy  tuzumni 
olnatadigan  ijtimoiy jarayonlar,  tadrijiy  rivojlanish  orqali  amal­
ga  oshadi.  Bunday  sakrashlarni  ikki  turga  boiish  mumkin:  bi- 
rinchisi  —  portlash  yo‘li  bilan  boladigan  sakrashlar,  ikkinchisi 
sekin-asta,  tadrijiy  y o l  bilan  boladigan  sakrashlar.  Birinchi  tur 
sakrashlarning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, bunda nar­
sa va hodisalarning yangi sifatga o lish i nihoyatda tezlik bilan yuz 
beradi  va  kutilmagan  natijalarni,  tasodifiy  jarayonlarni  boshlab 
yuborishi, hatto salbiy holatlarni keltirib chiqarishi ham  mumkin.
Sakrashning ikkinchi turida esa,  eski sifat elementlarining as­
ta-sekin yo‘qolib borishi va yangi sifat elementlarining asta-sekin 
to‘planishi  natijasida yangi sifat  paydo boladi.
Shunday qilib  sakrash  quyidagi jihatlarga  ega:
— birinchidan,  sakrash taraqqiyot natijasida amalga oshadigan 
obyektiv va  qonuniy jarayondir;
—  ikkinchidan, 
sakrash  tadrijiylikning  uzilib, 
miqdor 
o‘zgarishlaridan tub  sifat  o‘zgarishlariga  olishidir;
—  uchinchidan,  sakrash  eskini  tugatish  va  yangi  sifatga  mos 
keladigan  holatlarning  vujudga  kelishi  tufayli  paydo  boladigan 
ziddiyatlarni hal  qilishdir;
—  to‘rtinchidan,  sakrash  olamning  rivojlanib,  ilgarilab  bo- 
rishidir.
Hodisalarning  sifat  xususiyatlariga  va  ularning  rivojlanish 
sharoitiga  bogliq  ravishda  eski  sifatdan  yangi  sifatga  o lish   turli 
shakllarda sodir boladi.  H ar bir narsa,  hodisa o‘zining aniq inkor 
qilish usuliga,  o‘z  navbatida  aniq sakrash  shakliga  egadir.
Demak,  har  qanday  o‘zgarish,  har  qanday  rivojlanish  miq­
dor va  sifat  o‘zgarishlarining  o‘zaro bir-biriga  o lish i  orqali  sodir 
boladigan jarayonlardan iborat.

Download 8,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish