BIRINCHI BO‘LIM. FALSAFA
1-mavzu. Falsafa fanining mazmnn-mohiyati,
mavzulari va jamiyatdagi o‘rni
«Falsafa» atamasining kelib chiqishi va ushbu fanning maz-
mun-mohiyati.
«Falsafa» tushunchasining asoslari bayon qilin
gan aksariyat darsliklarda ushbu atam a qadim gi yunon tilidagi
«filosofiya» so‘zidan olingani va u «donishm andlikni sevish»
(«filo» — sevaman, «sofiya» — donolik) degan m a’noni anglati-
shi ta ’kidlanadi.
Shu m a’noda, falsafa barcha fanlar rivojlanishiga asos
b o la d ig a n va u lard an oziqlanadigan, ayni paytda ularn in g
rivojlanish y o lla rin i belgilab beradigan u m u m in so n iy va u n i
versal ilm sohasidir. U qadim zam onlardayoq «barcha ilm lar-
ning otasi» deb ta ’riflangan. U ning hayotiyligi xalq tabiatiga,
tu rm u sh va tafak k u r tarziga n e c h o g liq mos ekani, jam iyat
m an faatlari va ezgu in tilish la rin i qay darajada aks ettira oli-
shiga b o g liq .
«Falsafa» atam asi «filosofiya» so‘zining Sharq ijtimoiy tafak-
kuridagi shaklidir. Sharqning atoqli faylasufi, m ashhur m uta-
fakkir Abu N asr Forobiy filosofiya so‘zini «H ikm atni qadrlash»
deb talqin etgan. Falsafa Sharq xalqlari ijtimoiy tafakkurida «do
nishm andlikni sevish» degan m azm un bilan birga, olam sirlarini
bilish, hayot va insonni qadrlash, u m r m azm uni haqidagi qarash
va hikm atlarni e’zozlash m a’nosida ishlatilgan.
Hayot qonuniyatlarini yaxshi biladigan, um rning o lk in c h i
ekani, abadiyat insonga emas, olamga xosligini yaxshi anglab
yetgan, o‘zi va o ‘zgalar qadrini to ‘g‘ri tushunadigan kishi hech
qachon «Men — donishm andm an» deya ochiq e ’tiro f etmaydi.
Ayniqsa, Sharq xalqlari hayotida bu hoi yaqqol ko‘zga tashla-
nadi. Amm o, Forobiy ta ’kidlaganidek, hikm atni qadrlash, olam
va odam ham da hayotning qadriga yetish — boshqa gap. Shu
m a’noda, bizda qadim zam onlarda faylasuf deganda, ko‘pdan-
ko‘p ilm sohalarini egallagan, ustoz va m uallim sifatida shuhrat
qozongan alloma va m utafakkir kishilar tushunilgan.
7
«Filosofiya» atam asini dastlab, m atem atika fani orqali bar-
cham izga yaxshi m a’lum b o lg an , alloma Pifagor ishlatgan. Yev
ropa m adaniyatiga esa, u yunon faylasufi A flotun asarlari orqali
kirib kelgan. Asrlar davomida filosofiyaga nisbatan xilm a-xil qa
rashlar shakllangan, uning jam iyat, inson va fanlar tizim idagi
o'rniga nisbatan turlicha m unosabat va yondashuvlar dunyoga
kelgan, bu atam aning m ohiyat-m azm uni ham o‘zgarib borgan.
Shu tariqa, u avvalo, qadimgi Yunonistonda alohida bilim soha-
siga, to ‘g‘riro g l, «fanlarning otasi», ya’ni asosiy fanga aylangan.
Qadimgi Yunonistonda fanlarning barchasini, ular qanday
ilmiy m asalalar bilan shug‘ullanishidan qat’i nazar, filosofiya
deb ataganlar. U ham ijtimoiy borliq, ham tabiat to ‘g‘risidagi
ilm hisoblanar edi. Shu m a’noda, dastlabki filosofiya olam va
unda insonning tutgan o‘rn i haqidagi qarashlar tizim i b o lib ,
dunyoni ilm iy bilish zaruratidan vujudga kelgan edi. U ning eng
asosiy qadriyati erkinlik tushunchasi ekanini, ana shu erkin hayot
to‘g‘risidagi qarashlar buyuk m adaniy yuksalishga asos b o lg an in i
aksariyat olim lar alohida ta ’kidlaydilar.
Ushbu fanning shakllanishini faqatgina qadimgi Yunoniston
va R im bilan bo g lash ham bu borada yetarli tasavvur bermay-
di. C hunki ushbu hududning dastlabki faylasufi Fales ko‘p yil-
lar Osiyoda bilim olib qaytganidan so‘ng falsafiy fikrlarni alo
hida ilm sohasi sifatida talqin eta boshlagani m a’lum. Alloma
Beruniyning «Hindiston» asarida hindlarning dastlabki qarash
lari qadimgi yunonlarniki bilan o‘xshash edi, degan fikri ham
bejiz aytilmagan, albatta. Bu o‘z navbatida, falsafiy dunyoqarash-
ning qadimgi shakllari barcha xalqlar tarixiga tegishli um um iy
hodisa ekanini isbotlaydi.
Aslida esa, Qadimgi Yunoniston va Rim da eram izdan avvalgi
V II—III asrlarda ushbu fan endigina shakllanib kelayotgan nazariy
fikrning ifodasi, olamni yaxlit va bir butun holda tushunish mujas-
samiga aylangan edi. Ushbu fan dastlab saroy ilmi sifatida shakl
langan va asosan mulozimlarning tafakkur tarzini ifodalagan. Bu
fan bilan ko‘proq aslzodalar shug‘ullangan, uning asosan ular
uchun tushunarli b o lg an muayyan tushunchalari va atam alari,
o‘ziga xos fikrlash uslublari va bayon qilish tili ham shakllangan.
Falsafiy bilim lar rivoji uzluksiz jarayon bo‘lib, u insoniyatning
tafakkur bobida ilgari erishgan yutuqlarni tanqidiy baholashni
taqozo etadi. Biroq bu — ularni tam om an rad etish, ko‘r-ko‘rona
tanqid qilish lozim degani emas, balki ularga xos barcha xato va
kam chiliklarni anglab, yaxshi va ijobiy jihatlaridan foydalanish
demakdir. A na shunday tanqidiy yondashuv va vorislik falsafa
ning m uhim xususiyatlaridan biridir.
Bu fanning oldiga qo‘yilgan vazifalarga va uning hayotdagi
o‘rniga qarab, ijtimoiy taraqqiyotning turli davrlarida unga b o lg an
munosabat ham o‘zgarib borgan. Bu m unosabatlar dastlabki fan-
lar paydo b o lib va ularning b a’zilari falsafadan ajralib, alohida
mustaqil fan sohasiga aylana boshlagan davrlardayoq shakllana
boshlagan.
Falsafaning ijtimoiy ong tizim ida tutgan o ‘rni, jam iyat va
shaxs hayotidagi aham iyati nim adan iborat, degan m asala h am
m a davrlarda ham dolzarb b o lg an . Ayniqsa, tarixiy taraqqiyot
ning tub burilish davrlarida falsafaning asl m ohiyatini bilish,
u nin g usul va g‘oyalari kuchidan foydalanish m uhim aham iyat
kasb etgan.
K ishilik jam iyati hech qachon bir tekis va silliq rivojlanmagan.
Taraqqiyot ortidan inqirozlar, yutuqlar ketidan m aglubiyatlar,
farovonliklar izidan zavolga yuz tutishlar ta ’qib etgan. Muayyan
jam iyat iqtisodiy-siyosiy, axloqiy-diniy, badiiy-estetik taraqqiyot
borasida inqirozga duch kelar ekan, undan chiqib ketish uchun
ilg‘or falsafiy ta ’lim otlarga ehtiyoj sezadi.
Shuning uchun ham buyuk falsafiy ta ’lim otlarni, bir tom on
dan, m adaniy-intellektual rivojlanish samarasi, ikkinchi tom on
dan, tub ijtimoiy o‘zgarishlar taqozosi deyish m um kin. Muayyan
tarixiy burilish davrida «Falsafa nim a o‘zi?» degan masala dol
zarb aham iyat kasb etishi ham shundan. A na shunday davrlarda
kishilar falsafaning mohiyati, uning maqsad va vazifalarini yan
gicha idrok etganlar.
Qadimgi Y unoniston va R im davridan buyon o lg a n ikki ming
yildan ziyodroq vaqt m obaynida «Falsafa e idi yo‘q b o ld i, uni
o‘rganishning hech bir zarurati qolmadi» qabilidagi gaplar ko‘p
b o lg an . Lekin zam onlar o lis h i bilan odam zod baribir falsafaga
9
ehtiyoj sezgan va u insonning m a’naviy kamolotida beqiyos aha
miyat kasb etishiga qayta-qayta ishonch hosil qilgan.
Bu jihatd an quyidagi rivoyat juda ibratlidir. M iloddan oldingi
birinchi asrda yashab o ‘tgan buyuk faylasuf Lukretsiyning sho-
girdlaridan biri unga qarab: «Ustoz, fanning boshqa sohalariga
oid ilm lar juda ko‘payib ketdi. Endi falsafani o‘rganishning ho-
jati bormikan?» — debdi. Shunda ulug‘ faylasuf bamaylixotir gap
boshlab: «Falsafani Suqrot, A flotun, Arastu kabi buyuk allom alar
yaratgan. Lekin endilikda insoniyatning ana shunday buyuk mu-
tafakkirlari yaratgan bu fanni o ‘rganm aslik har qaysi nodonning
ham q o lid a n keladigan ish b o lib qoldi», — degan ekan.
Falsafa kishilarga olam to ‘g‘risida yaxlit tasavvur beradi,
boshqa fanlar esa, uning ayrim jihatlarini o'rganadi. M asalan, bi-
ologiya o‘sim lik va hayvonot dunyosini, turlarining kelib chiqishi,
o ‘zgarishi va takom illashib borishi kabi m asalalarni o‘rganadi. Bu
sohaga oid fanlar ushbu yo‘nalishdagi jarayonlarning b a’zi xususi
yat va jihatlarini chuqurroq tadqiq etishga harakat qiladi. Bino-
barin, biolog har qanday rivojlanish jarayoni bilan emas, balki
faqat jonli tanadagi rivojlanish jarayoni bilan qiziqadi. U m um an,
rivojlanish jarayonining o ‘zi nim a, uning mohiyati qanday? M a-
salaning aynan shu taxlitda qo‘yilishi ilm iy m uam m olarni falsafiy
masalaga aylantiradi. Ya’ni, shu tariqa muayyan mavzu oddiy ilm
sohasidagi yo‘nalishdan falsafiy m uam m o tusini oladi.
Endi Faylasuf kim , degan savolga javob beraylik. «Filosof»
so‘zini ham yuqorida aytganimizdek, ilk bor buyuk m atem atik
va m utafakkir Pifagor qo‘llagan. Bu tushunchaning m a’nosini u
Olimpiya o ‘yinlari misolida quyidagicha tushuntirib bergan: an-
jum anga keladigan bir guruh kishilar bellashish, kuch sinashish,
ya’ni o ‘zi va o ‘zligini namoyon etish uchun, ikkinchi bir guruh
— savdo-sotiq qilish, boyligini ko‘paytirish uchun, uchinchisi
esa, o‘yindan m a’naviy oziq olish, haqiqatni bilish va aniqlashni
maqsad qilib oladi. A na shu uchinchi guruhga m ansub kishilar,
Pifagor talqiniga ko‘ra, faylasuflar edi.
Bu, bir qarashda, oddiy va jo ‘n misolga o‘xshaydi. A m m o
uning m a’nosi nihoyatda teran. C hunki, inson um ri ham shun
day. «Dunyo teatrga o‘xshaydi, unga kelgan har bir kishi sahnaga
10
chiqadi va o ‘z rolini o‘ynab dunyoni tark etadi», degan fikr be-
jiz aytilmagan. K im dir bu dunyoga uning sir-asrorlari to‘g‘risida
bosh ham qotirm asdan kelib ketadi, um rini yeyish-ichish, uy-
ro‘zqor tashvishlari bilan o‘tkazadi. Boshqasi — nafs balosiga
berilib, mol-m ulkka ruju qo‘yadi. U chinchisi esa, olam hikm atla-
rin i o lg an ad i, um rini xayrli va savob ishlarga sarflaydi, boshqalar
uchun ibrat bo‘larli hayot kechiradi.
Qadimgi davrlarda har tom onlam a chuqur bilim va katta hayo
tiy tajribaga ega bo‘lgan, inson m a’naviyatini boyitish va haqiqatni
bilishga intiluvchi kishilarni faylasuf deb ataganlar. Fozil va komil
insonlargina falsafa bilan shug‘ullanganlar. Aslida, o‘sha davrlarda
falsafani o lg an ish deyilganda, ilm ning asoslarini egallash ko‘zda
tutilgan. G rek m utafakkiri Geraklit (eram izdan avvalgi 520—460
yillarda yashagan) shogirdlariga murojaat qilib, «Do‘stim, sen hali
yoshsan, um ringni bekor olkazm ay desang, falsafani olgan», de-
ganda aynan ana shu haqiqatni nazarda tutgan.
"Boshqa bir buyuk grek faylasufi Epikur (eram izdan avvalgi
470—399-yillarda yashagan) bu haqiqatni quyidagicha ifoda etgan:
« 0 ‘z-o ‘zingni yerga urish, tubanlashish nodonlikdan boshqa nar
sa emas, o‘zligingdan yuqori turish esa — faylasuflikdir».
Xuddi shuningdek, Sharqda ham Konfutsiy va Moniy, Xoraz-
miy va Forobiy, im om Buxoriy va im om Termiziy, Beruniy va ibn
Sino, Naqshband va Navoiy kabi donishm and bobolarim iz o‘z
hayotiy kuzatishlari va tajribalarini um um lashtirish, insonga xos
xato va kam chiliklardan saboq chiqarish, bashariyat tom onidan
to ‘plangan bilim va tajribalarni o'zlashtirish orqali faylasuf dara-
jasiga kolarilganlar.
U m um an olganda, bilim don kishilarning barchasini ham
donishm and yoki m utafakkir deb bolm aydi. Haqiqiy faylasuflar
hayotda nihoyatda kam b o lad i. U lar o‘z davri va m illatining
farzandi sifatida insoniyat tarixiga katta ta ’sir kolsatadi. Xudo-
ning o‘zi aql-zakovat, iste’dod, kuch-quvvat ato etgan, yorqin
tafakkurga ega b o lg a n bunday buyuk shaxslar umumbashariy
taraqqiyot miqyosida tanilgan, teran insoni z g‘oyalar, m a’naviy
boyliklarning qadr-qim m atini chuqur anglaydigan donishm and
odam lar bolgan.
11
Kezi kelganda shuni alohida ta ’kidlash lozimki, hozirgi davr
da bizda falsafa ixtisosligi bo‘yicha m a’lumot olgan mutaxassisni
faylasuf deyish odat tusiga kirib qoldi. Aslida, faylasuf so‘zi ana
shu tarzda ishlatilganida ushbu sohaning zamonaviy mutaxassisi,
uning asoslarini egallagan, m azkur yo‘nalishda tadqiqot olib bora-
digan yoki ilmiy darajaga ega b o lg an kishilar tushuniladi, xolos.
Falsafaning umumbashariy fan ekani, uning bahs mavzulari va
asosiy m uam m olarini belgilab beradi. Shu m a’noda odam va olam,
ularning ibtidosi va intihosi, hayoti va o ‘zaro munosabatlari, inson
tafakkuri, tabiat va jam iyat taraqqiyotining um um iy qonuniyatlari
falsafa uchun azaliy muammolardir. Shu bilan birga, muayyan
davrda tuglladigan va hal etiladigan o lk in c h i m uam m olar ham
boladi. U lar abadiy m uam m olar darajasiga k o larilm asa-da, o‘z
davrining talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqani uchun, m uhim
ahamiyat kasb etadi.
Falsafa yangi g‘oyalarning tug llish ig a im kon beradi. Hayot,
ijtimoiy tajriba bilan uzviy b o g liq holda rivojlanadi. U tarixiy
davr bilan m ustahkam aloqadorlikda taraqqiy etadi. H ar bir ta ri
xiy davr, uning oldiga yangi m asala va m uam m olarni qo‘yadi.
Falsafiy m uam m olar bevosita hayot zaruratidan tu g llad i. Aynan
ular orqali falsafada davrning taraqqiyot tam oyillari va o ‘ziga xos
xususiyatlari aks etadi. M asalan, hozirgi zam onda yurtim iz fal
safasi uchun istiqlol davriga xos qonuniyatlar va xususiyatlarning
falsafiy asoslarini izohlash zarurati shu bilan belgilanadi.
Falsafiy ta ’lim otlarda jam iyat hayotining barcha sohalari ta ri
xiy jarayonga xos tamoyillar, ijtimoiy guruhlarning m anfaat va
kayfiyatlari, tafakkur usullari o‘z aksini topadi. Shuning uchun
ham muayyan ijtimoiy kuch, sinf, guruh, partiya va oqim lar o‘z
m aqsad-m uddaolari va g‘oyalarini ilm iy asoslashda falsafadan
foydalanadi. Falsafadagi ustuvor qarash va qoidalar davr m ahsuli
b o lg a n i uchun, zam onning taraqqiyot tam oyillari va m uam m o
lari unda o‘z ifodasini topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |