Oilaning psixologik, ijtimoiy-ma’naviy muhitining farzand tar
biyasiga ta’siri. Oila nomusi va sha’nini saqlashda ota-ona va
farzandlar mas’uliyati.
Har bir insonning shakllanishi, voyaga
yetishi, o‘zini shaxs sifatida namoyon etishida u tarbiya topgan
oiladagi tarbiyaning, ma’naviy-ruhiy muhitning o‘rni kattadir.
Shuning uchun ham ajdodlarimiz qurilajak oilaning mustahkam-
ligini ta ’minlaydigan jihatlarga alohida e’tibor qaratganlar. Yetti
pushtini surishtirishdan tortib, oilaviy tutumini, mahalladoshlari-
ning bo‘lajak qudalar, kuyov yoki kelin haqidagi fikrlarini, kasbu
korini batafsil o‘rganishgan. Yosh oila asoschilarining oila qu-
rishga tayyorgarligini hisobga olish esa eng muhim omil sanalgan.
Haqiqatan ham, yoshlarning jismonan yetuklikka erishgani
hali ularni oila qurishga tayyorligini bildirmaydi. Qachonki, ikki
yosh ham kichik jamiyat, ya’ni oilani barpo etishga ruhan tayyor
bo‘lsalar, shundagina to‘kis oila bunyod bo‘lishi mumkin. Mu-
taxassislarning fikrlariga qaraganda, bugungi kunda ayrim ota-
onalar orzu-istaklarini tezroq ro‘yobga chiqarish maqsadida yoki
farzandi oldidagi mas’uliyatdan qochish uchunmi, farzandlarini
erta turmush qurishga undashmoqda. Ming afsuski, bu ko‘pincha
ajralishlar bilan tugamoqda.
Oilada er-xotin bir-biri bilan nafaqat sevgi-muhabbat rishtalari
orqali bog‘langan, balki iqtisodiy-ijtimoiy, ma’naviy-tarbiyaviy,
eng muhimi avlodlarni dunyoga keltirish, tarbiyalash va jami-
yatga yetkazib berishdek o‘ta mas’uliyatli vazifa bilan ham o‘zaro
bog‘liqdirlar. Chunki «oila hayotning, avlodlarning davomiyligini
ta’minlaydigan, muqaddas urf-odatlarni saqlaydigan, kelajak nasl-
lar qanday inson bo‘lib yetishishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan
tarbiya
0
‘chog‘idir»1. Bunda ularning maqsad-muddaolari uyg‘un,
intilishlari mushtarak bo‘lishi katta ahamiyat kasb etadi.
Oila insonning o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga sha-
roit tug‘diradigan, ruhan orom oladigan makoni bo‘lishi bilan
1 Falsafa qisqacha izohli lug'at. — Т.: Sharq, 2004. - 241 b.
296
birga «asosiy ishxonasi» desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu yerda
er ham, xotin ham o‘z vazifasini og‘ishmay bajarsagina farzand-
lari qobil, dasturxoni to‘kin, el-yurt o‘rtasidagi obro‘si yuksak
bo‘ladi. Har tomonlama yetuk, barkamol avlod sog‘lom muhitda,
m a’rifatli, mehnatkash, uzoqni ko‘ra oladigan ota-onalarning qo‘l
ostida voyaga yetadi.
Milliy tarbiya tizimida oila ma’naviyati, undagi ota-onaning
o‘rniga ajdodlarimiz alohida e’tibor berishganlar. Chunonchi, m il
liy ma’naviyatning shakllanishiga beqiyos hissa qo‘shgan, o‘zbek
oilalarida azaldan sog‘lom turmush tarzi, muomala madaniyati
mavjudki, bu, o‘z navbatida ota-ona va farzandlar o‘ziga xos ax
loqiy qadriyatlarga munosabatlarida, ro‘zg‘orni saranjom tutish,
o‘ziga-o‘zi xizmat ko‘rsatish tamoyillarida o‘z ifodasini topgan.
Milliy an’analarimiz ichida bola tarbiyasiga doir urf-odatlar
ayniqsa, muhim o‘rin tutadi. Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra,
xalqning sof holda ko‘rinishi bolalarda namoyon bo‘ladi. Qa-
chonki bolalarda milliylik o‘lar ekan, bu millat o‘limining bosh-
lanishini bildiradi. Tarbiyada milliylik qancha ko‘p saqlanib qol-
gan bo‘lsa, shu millat shuncha kuchli madaniyatga ega, ma’naviy
boy hisoblanadi1.
Oiladagi to‘g‘ri tarbiya dastlab ota-onaning namunali, ular-
ning o‘zaro iliq va samimiy munosabatlari orqali amalga oshirila-
di. Oiladagi ota-ona va boshqa oila a’zolarining gazeta va jur-
nallar, badiiy asarlarni o‘qishi, ma’naviy-ma’rifiy ko‘rsatuvlarni
ko‘rishi hamda ularga oilaviy munosabatlarini bildirishi yoshlar
tarbiyasiga ijobiy ta’sir etadi. Oila o‘rnini bosuvchi boshqa ijti
moiy institut hali kashf etilgani yo‘q. Oila shaxs, davlat, jamiyat
va boshqa ijtimoiy institutlar o‘rtasidagi munosabatlarda vositachi
o'rnini o‘taydi. Oilaning o‘z vazifalarini bajarishi avlodlar tari
xiy izchilligining saqlanishi, shaxs va jamiyat rivojlanishi jamiyat
taraqqiyotining muhim sharti hisoblanadi. Oilaviy tarbiya — bu,
avvalo ota-onaning o‘zini tarbiyalash demakdir. Ota va ona oila
deb atalmish muqaddas qo‘rg‘onning ustunlari. Ular qanchalik
1 Волков Г.Н., Баубекова Г.Д. Этнопедагогика.- Т.: Фан, 2000. 38-
бет.
297
pishiq va puxta bo‘lsa, bu qo‘rg‘on ham shunchalik mustahkam-
lanib boraveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |