T o sh k e n t irrig a tsiy a va q ishloq xo‘ja L ig in I


XXI  asrda  global  etosfera  (axloqiy  muhit)ni  yaratishning  zaru-



Download 8,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet219/286
Sana11.01.2022
Hajmi8,66 Mb.
#347678
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   286
Bog'liq
Falsafa asoslari

XXI  asrda  global  etosfera  (axloqiy  muhit)ni  yaratishning  zaru-
 
riyati. 
XXI asrda global etosfera,  sayyoramizda etosfera — axloqiy 
muhitni yaratish dolzarb masalaga aylandi.  Ma’lumki, yuzlab asr- 
lar  mobaynida  inson  kichik  biologik  olam  sifatida  katta  biologik 
olam  ichida,  uning bir parchasi, jonli  organizmlar podshosi,  oqil 
va  hukmron  qismi  sifatida yashab  keldi.
XIX 
asrning  oxiridan  boshlab,  ayniqsa  XX  asrda  inson  o‘z 
tafakkur  quvvati  bilan,  ilmiy-texnikaviy  yuksalishlar  tufayli 
ana  shu  biosfera  ichida  noosferani  —  texnikaviy  muhitni  yarat- 
di.  Mana,  hozirgi  kunda,  qarang,  ertalabdan  kechgacha  biz  o‘z 
texnikaviy kashfiyotlarimiz ichida yashaymiz — yeymiz, ichamiz, 
yuramiz,  uxlaymiz,  ularsiz  hayotimizni tasavvur qila olmaymiz. 
Bular  metro,  avtobus,  televizor,  radio,  telefon,  eskalator,  pleyer, 
lift,  kompyuter,  poyezd,  teploxod,  gaz  plitalari,  elektr  asboblari, 
zavodlar,  lokatorlar,  kimyoviy  dori-darmonlar  va  h.k.  Bugun 
videotelefonda  gaplashar  ekanmiz,  yuzlab  chaqirim  naridagi 
suhbatdoshimizni  ko‘rish  va  u  bilan  gaplashish  uchun  ot-ulovda 
yoki  piyoda boradigan bo‘lsak,  necha kunlab yo‘l bosishimiz  ke- 
rakligi  haqida  o‘ylab  o‘tirmaymiz,  to‘g‘rirog‘i,  bu  esimizga  ham 
kelmaydi.  Chunki  texnika bizning  yashash  muhitimizga  aylanib 
qolgan.
Faqat  bugina  emas.  Inson  endilikda  o‘zi  yashayotgan  butun 
boshli sayyoraga ta’sir ko‘rsata boshladi.  Yer tarixida inson birin­
chi  marta  ulkan  geologik  kuch  bo‘lib  maydonga  chiqdi.  Insoniy 
tafakkur  biosferadagi  o‘zgarishlarning  asosiy  sababiga  aylandi. 
Noosfera  ta’limoti  asoschilaridan  biri  rus  olimi  V W ernadskiy 
ilmiy tafakkur va inson mehnati ta’siri ostida biosfera yangi holat 
bo‘lmish  noosferaga  o‘tayotganligini,  butun  geologik  davr  m o­
baynida yaratilgan,  o‘z  muvozanatlarida barqarorlashgan  biosfera 
inson  ilmiy tafakkuri bosimi ostida tobora kuchliroq va teranroq 
o‘zgarishga kirishganini ta’kidlaydi:  «Sayyoramiz yuzi  — biosfera 
inson tomonidan ongli va asosan ongsiz ravishda keskin kimyoviy 
o‘zgarishlarga duchor etilmoqda,  — deb yozadi u.  — Inson quruq- 
likning  fizikaviy va  kimyoviy havo  qobig‘ini,  uning barcha tabiiy
290


suvlarini  o'zgartirmoqda...  Hozir  biz  biosferadagi  yangi  geologik 
evolyutsion  o‘zgarishlarni boshdan  kechiryapmiz.  Biz  noosferaga 
kirib  boryapmiz»1.
Bu  muammolarning  hal  etilishi  faqat  atrof-muhitni  kimyoviy 
zahardan  ekologik  tozalashnigina  emas,  balki,  eng  avvalo, 
global  ma’noda  XXI  asr  kishisi  ongini  texnokratiya  zaharidan 
forig‘lantirishni taqozo  etadi.  Ya’ni ular insoniyat  oldida  endilik- 
da ekologik hodisa emas, balki tom ma’nodagi axloqiy muammo­
lar  sifatida  ko‘ndalang  bo‘lib  turibdi.  Mashhur  avstriyalik  etolog 
olim,  Nobel  mukofoti  laureati  Konrad  LDorensning:  «Yoppasi- 
ga  va  tez  yoyilib  borayotgan  jonli  tabiatga  begonalashish  hodi- 
sasi  uchun  asosan  sivilizatsiyamiz  kishisidagi  estetik  va  axloqiy 
to‘poslik  aybdordir»,  —  degan  so‘zlari  shu  nuqtayi  nazardan 
diqqatga  sazovordir2.
Yuqorida aytilganlardan chiqadigan xulosa bitta:  kelajakda in­
son  o‘zini  va  o‘z  sayyorasini  muqarrar  halokatdan  qutqaraman 
desa  -   XXI  asrdan  boshlab  etosfera  davriga  o‘tishi  kerak;  axlo- 
qiylik  har birimiz uchun  har  qadamda bugungi  texnikaviy  muhit 
kabi  zaruratga  aylangandagina  bunga  erishish  mumkin.  Bunda 
etika  fanining  o'rni  nihoyatda beqiyos.

Download 8,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish