1.2.“Kasbiy pedagogika” fanining kasbiy ta’lim mutaxassislarini
tayyorlashda tutgan o‘rni
Kasbiy pedagogika o‘quv yurtlari o‘quvchilarining ta’limi, tarbiyasi, o‘qishi
hamda rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganadi, ta’lim va tarbiya, pedagogik va
axborot texnologiyalarini qo‘llash mezonlarini ishlab chiqadi, kasb ta’limi
muassasalari turlarini va ularni boshqarish tizimiii asoslaydi. U pedagogik
nazariyalar to‘g‘risidagi bilimlarni, innovatsion texnologiyalarni loyihalash
uslublarini umumlashtiradi. Kasbiy pedagogika fani insonni kasbiy faoliyatga
tayyorlash, yangi avlodni kasbiy tarbiyalash, malakali ishchi kuchini yangi talablar
darajasiga moslab borishni ko‘zda tutadi. Kasbiy pedagogika jahon miqyosida tan
olingan eng ilg‘or metodlar va yo‘nalishlar bilan boyib bormoqda.
Bugungi kunda o‘zining keng tadbiqini kutib yotgan, fanning boshqa sohalari
24
bilan bog‘liq ravishda ishlab chiqilgan yangi konsepsiyalar va nazariyalar
rivojlantirilmoqda.
Kasbiy pedagogika umumiy pedagogika fanining tarmog‘i sifatida kasbiy-
texnik ta’lim tizimining takomillashish jarayonida shakllanib boradi. U nisbatan
yangi fan sohasi sanalib, bugungi kunda ko‘plab tushunchalari shakllanib,
rivojlanib kelmoqda. Har qanday fan sohasida bo‘lgani kabi kasbiy ta’lim
pedagogikasi o‘z kategoriyalari va tushunchalariga, sifat ko‘rsatkichlariga egaki,
bular fanning asosini tashkil qiladi.
Kasb ta’limi uzoq davrlar mobaynida har tomonlama rivojlangan shaxsni
tarbiyalashga yo‘naltirilib borildi, biroq ushbu tadbir bitiruvchilarning kasbiy
mahoratini shakllanish darajasini pasayishi hisobiga amalga oshirildi. Bu holat
kasbiy mahoratni va layoqatni oshirish, insonning butun umri davomida o‘z
bilimini takomillashtirib borish va o‘z-o‘zini tarbiyalash ehtiyojini oshirishga
xizmat qilmas edi. Respublikamiz ta’lim tizimidagi islohatlar natijasida kasbiy
ta’lim ishchi kasblariga maxsus tayyorlash masalasiga, ta’lim oluvchi shaxsida
kasbiy mahorat va layoqat sifatlarini shakllantirishga alohida e’tibor berilmoqda.
Kasb mahorati deyilganda bitiruvchining yuqori darajadagi kasbiy ko‘nikma va
malakalarni egallaganligi tushuniladi, u shaxsning mehnat bozorida egallayotgan
kasbi bo‘yicha raqobatbardoshlik darajasida o‘z aksini topadi. Kasbiy mahorat
ishchi kuchlarining yuqori darajada moslashuvchanligini va yangiliklarni tez
o‘zlashtirishi, yangi ishlab chiqarish sharoitlariga oz vaqt ichida o‘ta olishi,
faoliyat sohasini mustaqil tanlay olishi kabi sifatlar bilan belgilanadi.
Kasbiy pedagogika fani tarkibida mazkur fanining mazmuni, maqsad va
vazifalari, ilm-fan va sog‘liqni saqlashda tutgan o‘rni, predmeti va metodlari,
nazariy va metodologik asoslari, kasb ta’limi tamoyillari, kasbiy ta’lim me’yoriy
hujjatlari, zamonaviy pedagogik va innovatsion o‘qitish texnologiyalari, talaba-
yoshlarni ma’naviy-axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, o‘quv-tarbiya jarayonini
tashkillashtiruvchi – pedagogga qo‘yilgan talablar, kadrlar tayyorlash sifatini
yaxshilash, ularni qayta tayyorlash va malaka oshirish vazifalari hamda
imkoniyatlarini ko‘rib chiqadi.
25
Do'stlaringiz bilan baham: |