Buxoro davlat tibbiyot instituti kurbanova gulnoz negmatovna kasbiy pedagogika


 O‘qituvchining pedagogik faoliyati



Download 1,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/180
Sana11.01.2022
Hajmi1,4 Mb.
#347011
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   180
Bog'liq
fayl 1709 20210831

13.2. O‘qituvchining pedagogik faoliyati 
O‘qituvchining  pedagog  -  tarbiyachi  sifatidagi  faoliyati,  uning  boshqa  soha 
bilimlaridan  xabardor  bo'lishi,  o‘z  faniga  doir  fundamental  bilimga  ega  bo‘lishi 
hamda  maktab  o‘quvchisining  shakllanib  kelayotgan  shaxsi  psixologiyasi,  uning 
qobiliyatlari  to‘g‘risida  chuqur  bilimga  ega  bo‘iishi,  kishilik  olamida  sodir 
bo‘layotgan  sotsial  voqea-  hodisalami  to‘g‘ri  idrok  eta  bilishi  va  ularga  to‘g‘ri 


150 
 
baho  bera  bilishi,  guruh  jamoasini  yaxlit  va  har  bir  o‘quvchini  puxta  o‘rgana 
bilishi, ulaming xulq-atvori va sotsial faoliyatini oldindan aytib bera olish mahorat 
g‘oyat katta ahamiyatga egadir. 
Pedagog  kasb  mahoratining  ortib  borishida  pedagogga  nisbatan  maktab 
ma’muriyati,  hamkasblari,  o‘quvchilar,  ota-onalardan  kutiladigan  sotsial 
munosabatlar juda muhimdir. Pedagogning obro‘si uning darsdagi faolligi, maktab 
jamoasida  olib  boradigan  ishlari,  ota-  onalar  bilan  muloqoti  xullas,  o‘z  axloqiy 
idealiga  muvofiq  xatti-  harakatlari  bilan  belgilanadi.  U  o‘z  o‘quvchilarida 
buyurilgan  ish  uchun  yuksak  darajadagi  sotsial  mas'uliyatni  his  qilish  odatini, 
oliyjanoblikni  tarbiyalashi,  uning  intellektual  kamolotiga  erishib,  ma’naviy 
jihatdan musaffo kishi bo‘lib tarbiyalanishiga erishmog‘i kerak. 
Pedagog  faoliyatida,  uning  o‘quvchilar  turli  yosh  bosqichlarida  ular  bilan 
qanday  uslubda  ish  olib  borishi  katta  rol  o‘ynaydi.  Psixologik-  pedagogik 
adabiyotlarda  o‘quvchilarga  rahbarlik  qilishda  tez-tez  uchrab  turadigan  quyidagi 
besh xil ish uslubi alohida ajratib korsatiladi: 
1.
 
Avtokrat (o‘zini ustun qo‘yish, «balanddimog
1
»). 
2.
 
Avtoritar (ma’muriy buyruqboz). 
3.
 
Demokratik (jamoaga suyanib ish olib boruvchi). 
4.
 
Liberal  -  loqayd  (amalda  rahbarlikdan  chetda,  o‘z  vazifasini 
nomigagina bajaradi). 
5.
 
Noizchil  (o‘quvchilar  bilan  bo'ladigan  o‘zaro  munosabatlarda 
vaziyatga qarab ish tutadi, «uning kim tarafdori ekanini bilib bo‘lmaydi!»). 
Real hayotda pedagog faoliyatida uning rahbarlik usuli har turli subyektiv va 
obyektiv  omillaming  ta’siri  ostida  shakllanib  boradi.  Bunday  omillar  -  pedagogik 
faoliyatning  bir  subyekti  sifatida  pedagogning  yuksak  darajadagi  pedagogik 
madaniyati qaror topishi uchun zarur shartlardandir. 
Pedagog  bilan  o‘quvchi  o‘rtasidagi  turli  xil  vaziyatlardagi  o‘zaro 
munosabatlami  tahlil  qilish  natijasida  bolalar  jamoasidagi  psixologik  muhit  va 
kommunikativ  madaniyat  pedagogning  o‘quvchilar  bilan  qiladigan  muomala  stili 
(tarzi) va uning pedagogik takti (nazokati) ga ko‘p jihatdan bog‘lik bo‘ladi, degan 


151 
 
xulosaga kelish mumkin. 
Xullas,  pedagoglik  kasbini  tanlagan  kishi  avvalo  sog‘lom  bo‘lishi,  ya’ni 
tashqi ko‘rinishida birdan ko‘zga tashlanadigan nuqsoni yo‘q (bukri, oqsok, g‘ilay 
bo'lmasligi), so'zlarni to‘g‘ri va yaxshi talaffuz qila olishi, asablari joyida, vazmin 
bo‘lishi darkor. Shuningdek yuqorida sanab o‘tilgan sifatlarga ega bo‘lishi zamr. 
Pedagogik  faoliyat  yosh  avlodni  hayotga,  mehnatga  tayyorlash  uchun  xalq 
oldida, davlat oldida javob bera oladigan, bolalarga ta'lim tarbiya berishga maxsus 
tayyorlangan  odamlaming  mehnat  faoliyatidir.  Pedagoglik  ixtisosining  bu 
xususiyatlari uning professiogrammasida ifodalanadi. 
Professiogramma quyidagilami o‘z ichiga oladi: 
-
 
Pedagog shaxsining xususiyatlari; 
-
 
Pedagogning ruhiy-pedagogik tayyorgarligiga qo‘yilgan talablar; 
-
 
Maxsus tayyorgarlik hajmi va mazmuni; 
-
 
Ixtisosga oid usuliy tayyorgarlikning mazmuni. 

Download 1,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish