IX. 1. Rezervuarlar to`g`risida umumiy ma‘lumotlar
Rezervuarlar neft mahsulotlarini saqlashdagi asosiy qurilmalar bo`lib, ularda
ko`p miqdordagi qimmatbaho mahsulotlar saqlanadi. Neft mahsulotlarining saqlanish
sharoitlari bir
–
biridan farq qilinganlik sababli, rezervuarlar tiniq va qora neft
mahsulotlarini saqlovchilarga bo`linadilar. Tayyorlanadigan materiallari bo`yicha:
metalldan va nometalldan yasalgan rezervuarlarga bo`linadilar. Metall rezervuarlari
asosan po`latdan, ayrimlari alyumindan yasalgan bo`ladilar. Nometall rezervuarlariga
temirbeton va har xil sintetik materiallardan tayyorlangan plastmass rezervuarlari
kiradi.
Rezervuarlar yer yuzasida, yarmi yer ostida va yer ostida quriladi (IX.1-rasm).