Kredit bahosining taqsimlash funksiyasi
orqali jismoniy va
yuridik shaxslar ixtiyoridagi vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘lari
yig‘iladi va ular resurslarga talabi bo‘lgan subyektlar foydasiga
taqsimlanadi. Bunda moliyaviy vositachilar past foiz stavkada jalb
qilingan mablag‘larni yuqori foiz stavkada daromad keltiruvchi aktiv
operatsiyalarga joylashtiradi. Tijorat banklari jalb qilingan resurslarga
o‘z marjasini qo‘shgan holda resurslar bahosini belgilaydi. Bundan
tashqari, davlat byudjet mablag‘lari va tashkil etilgan jamg‘armalar
hisobidan kredit resurslari ma’lum tarmoq yoki sohalarga taqsimlanib,
ular faoliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |