99
–yangidan yaratilayotgan buyumlar guruhi yoki bir-biriga bir xil avval
loyixalangan, bir xil tarkibiy elementlardan foydalanish:
–yangi yaratilayotgan yoki takomillashtirilayotgan obyektga unifikatsiyalashgan
tarkibiy elementlarni ishlab chiqish;
–konstruktiv unifikatsiyalashgan buyumlar
qatorini ishlab chiqish;
–material, tarkibiy qism va buyumlarga nisbatan maqsadga muvofiq minimal
nomenklaturnasini aniqlash.
Unifikatsiyalashtirish obyektlari quyidagilardan iborat:
–bir-xil faoliy vazifani bajarib, o`zaro almashinuvchi detallar;
–faoliy vazifasi bo`yicha yaqin gabarit o`lchamlari va ekspluatatsiya
ko`rsatkichlari (unumdorlik, quvvat va sh.k.) bo`yicha kam farq qiladigan agregatlar
(qismlar, yig`ma birikmalar), texnologik jarayon yoki xizmat ko`rsatish doirasida
qo`llanadigan modullar
avtomatik tizmlar;
–faoliy vazifasi bo`yicha o`ziga yaqin, bir xil operatsiyalarni bajaradigan,
konstruktiv tuzilishi bir xil yoki o`zaro yaqin, ishchi parametrlari, gabarit o`lchamlari
kam farq qiladigan mashina va mexanizmlar.
–texnologik jarayon va xizmat ko`rsatish sohalarining muayyan maqsadni
ko`zlagan unifikatsiyasi.
Unifikatsiyalashtirish soha hamda korxona bo`yicha toifalanadi.
Mashinasozlikning rivojlanishi uning toboro takomillashib va murakkablashib
borishini taqozo etadi. Shu bilan birga mashinasozlik, asbobsozlik, texnologik uskuna
va jixozlarning yangi avlodlarini yaratishda, uni tashkil etuvchi-butlovchi qismlari
detallari standartlashtiriladi, Ya’ni unifikatsiyalashtiriladi, bir xil faliy xususiyatga ega
bo`lib takrorlanuvchi detallar va ularning o`lchamlari mumkin qadar bir xillashtiriladi.
Natijada yig`ma birikma ixchamlanadi.
Mashinani (texnik tizim)ni bir butun buyum sifatida qarasak uni mayda
bo`laklarga ajratib, bir-biriga bog`liq bo`lmagan va o`xshash vazifalarni bajaradigan
agregatlarga ega bo`lamiz.
100
Mashina, uskuna, jixoz, Ya’ni buyumning tarkibiy qism bo`lmish agregatlarni
faoliy vazifasi, gabarit o`lchamlari va ekspluatatsiya ko`rsatkichlarini imkoni boricha
bir-xillashtirib agregatlashtirish imkonini yaratamiz.
Agregatlashtirish usuli-mashina (buyum)larni takroriy va ko`plab qo`llaniladigan,
unifikatsiyalashtirilgan detal va yig`ma birikmalardan ratsional foydalanish imkonini
beradi. Agregatlashtirish har qanday yangi mashina (buyum)ni alohida yagona-original
na’munasini emas, balki mavjud ishlab chiqilayotgan agregat va detallarni mashina
konstruksiyasiga moslab yig`ish va shu tariqa mashina, jixoz (buyumlarning) yangi
avlodini
minimal
sarf-harajatlar
bilan amalga oshirishni ta’minlaydigan,
standartlashtirishning samarali usullaridan hisoblanadi.
Agregatlov – bu har xil buyumlarni, mashina, uskuna va jixozlarni yaratishda
geometrik va faoliy o`zaroalmashuvchan, ko`p qayta foydalanadigan alohida standart
unifikatsiyalangan uzellar yaratish va ishlatish metodidir.
Demak agregatlashtiruvning rivojlanish negizida standartlashtirish yotadi.
Agregatlashtiruvni keng joriy etish parametrik standartlashtirish jarayonlarini qaytarib
o`tirmay, har xil o`lcham va xususiyatlarni yuqori sifat ko`rsatkich asosida ta’minlash
imkonida foydalaniladi.
Mashinasozlikda agregatlov metodini joriy etish:
-ishlab chiqarish darajasi va avtomatlashtirish imkoni oshishi hisobiga ish usulini
oshirish va tannarxni kamaytirishga olib keladi;
-ishlab chiqarish jarayonlarini yangi buyumga moslashda
yuqori darajali
egiluvchanlik va mobillik imkonlarini nomoyon etadi;
-yangi buyum ishlab chiqarishni yo`lga qo`yishda ishlab chiqarishni rostlash va
moslash jarayonlarini tezlashtiradi, arzonlashtiradi, qulaylik tug`diradi.
Agregatlov metodi moxiyatiga ko`ra nafaqat mashinasozlik, asbobsozlik
texnologik jarayonlari va tamirlash ishlarida balki xalq xo`jaligining boshqa jabhalari
qurilish, qishloq xo`jaligi hamda har xil xizmat turlarini modulli tashkil etishda o`ziga
xos prototip usul sifatida nomoyon bo`ladi.
101
Unifikatsiyalashtirish va agregatlashtirishni qo`llashda texnik-iqtisodiy samaradorlik
Standartlashtirishning bosh maqsadi-tartiblashtirishdan umumfoyda olish
bo`lganidek,
uning
asosiy
metodlari
bo`lmish
unifikatsiyalashtirish
va
agregatlashtirishda ham samaradorlik muhim hisoblanadi.
Ishlab chiqarish turiga bog`liq holda samaradorlik har –xil miqdor va
qonuniyatga ega bo`ladi(3.7-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: