Standartlashtirish asoslari


O`zbekistonda standartlashtirishning tarixiy jarayonlari



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/246
Sana11.01.2022
Hajmi2,35 Mb.
#345785
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   246
Bog'liq
standartlashtirish asoslari

1.2 O`zbekistonda standartlashtirishning tarixiy jarayonlari. 
Markaziy Osiyo mamlakatlarining, xususan, O`zbekistonda standartlashtirishning 
boshlanishi  haqida  aniq  bir  raqamli  vaqt  va  makonni      keltirish  avvalgi  bo`limning 
ba’zi  bir  holatlariga  takror  bo`lishi  tabiiy.  Alloma  donishmanlarimizning  tarixiy 
asarlariga  nazar  solsangiz  bunga  hech  shubha  qolmaydi.  Qadimdan  Eron  va  Turon 
zaminida  ishlab  chiqarish  munosabatlari,  jarayonlari,  savdo,  iqtisodiy,  ilmiy–texnik 
ishlari o`zaro yaqin va chambarchas holatda olib borilgan. Shu munosabat bilan eron 
mutafakkiri Kaykovusning XI asrda yozilgan "Qobusnoma" asaridan bir parcha eslash 
kifoya:  "Hozirgi  men  yashayotgan  zamonda  inson  qo`l  urgan  har  qanday  ish 
bo`lmasin,  ularni  tartibsiz  qoldirib  bo`lmas,  har  narsada  tartibni  anglash  zarur".  Har 
qanday sohada me’rosni (an’ana, odat, tarbiya) tartibli (standart) holatda qoldirilishini 
aniq  tasdiqlagan  Kaykovus  vaqti  kelganda  ko`p  ishga  ulgurishni  nazarda  tutgan  edi. 
Asarda  san’at,  haykaltaroshlik,  musiqa  va  boshqa  sohalarda  inson  faoliyati  xulq-
atvoriga  qo`yilgan  talablar  shu  kunlarda  ham  o`z  ifoda  va  mazmuniga  ega.  Qadimgi 
allomalarimiz  asarlaridagi  va  ota-bobolarimizning  "  …yetti  o`lchab,  bir  kes, 
...o`ylamasdan  so`zlama"    kabi  hikmatli  o`gitlari  standartlashtirtish  jarayonlarining 
elementlaridir. 
Standartlashtirish 
elementlari 
Turon 
zaminidagi 
mamlakatlar, 
xususan, 
O`zbekiston  mintaqasida  bunyod  etilgan  noyob  arxitektura  boyliklarida,  standart 
g`ishtlarni rango-rang bezaklar bilan uyg`unlashgan o`lchovlarda qo`llanilishi insonni 
mahliyo  qiladigan:  Go`ri  amir,  Bibixonim,  Paxlavon  Mahmud,  Xiva  tashqi    va  ichki 
qal’alari, Ulug`bek madrasasi, Kalon minorasi, Ko`kaldosh madrasasi va boshqalarda 
mujassamlashgan.  
Markaziy  Osiyo  mamlakatlari  va  O`zbekistonda  qadimdan:  qadoq  (400  gr 
atrofida), chaksa (6kg), pud (16kg), botmon (160kg) kabi massa birliklari; enlik (panja 
eni,  2sm  atrofida)  so`yam  (bosh  barmoq  va  ko`rsatkich  barmoq  o`lchovi  –  18  sm 


 
20 
atrofida), qarich (bosh barmoq bilan chinchaloq barmoq o`lchovi-23 sm), qadam (ikki 
oyoqni yurishdagi o`rtacha oralig`i-0,75m atrofida), quloch (ikki qo`lning elka sathida 
cho`zilishdagi  uzunlik-1,5  m  atrofida),  bir  tosh  (taxminan  0,75km),  bir  chaqirim 
(taxminan  3  tosh)  kabi  uzunlik  birliklari;  tanob  (100  m  kv  atrofida)  sirt  birliklari 
standart  birliklar  sifatida  keng  qo`llanilib  kelingan.  Kirpich  so`zining–qirbich, 
kolbasaning  –  qo`lbos,  utyug  (dazmol)ning  –  o`t  yuk  kabi  protiplarining  turkiy  tilda 
mavjudligi,  algebraning  al–jabr,  meditsinaning–madadi  sino  kabi  tushunchalar  bilan 
uyg`unligi  ham  Markaziy  Osiyo  mamlakatlarida  Standartlashtirish  obyekt  va 
jarayonlari  tarixining  yetarlicha  chuqur  va  mazmunliligidan  dalolat  beradi.  Markaziy 
Osiyo,  xususan,  O`zbekistonda  standartlashtirishning  rasmiy  bosqichi    1923-yil 
Toshkent  shahrida  «O`lchov  va  tarozi  mahkamasi  Turkiston  markazi  tashkil» 
etilishdan  boshlandi.  Bu  markazning  Qo`qon,  Samarqand,  Ashxobod,    Olma–Ota 
shaharlarida shaxobchalari tuzildi.  
1926-yilda  O`zbekiston  ishchi-dehqon  inspeksiyasi  xalq  komissariati    huzurida 
standartlashtirish  mahkamasi  bunyod  etildi.  U  davrlarda  standart  uch  xil  turda 
tasdiqlanar edi: sinaladigan, tavsiya etiladigan, majburiy qo`llanadigan. 
O`zbekistonda  standartlashtirish,  standartlashtirish  bo`yicha  Markazqo`m 
tasdiqlagan sohalar tahliliga ko`ra tuzilgan yillik rejalar asosida olib borilar edi. 
1932-  yil  mart  oyida  "O`zbekiston  mintaqalarini  2  xil  vaqt  kamariga  o`tkazish   
to`g`risida "Sovnarkom qarori qabul qilindi: 4-vaqt kamari (Moskva vaqtiga + 2 soat) 
va 5-vaqt kamari (Moskva vaqtiga +3 soat). 
Shu  yili  O`zbekistonda  ilk  bor  kunjutning  urug`lik  navi  uchun 
O`ZREST50
 
Respublika standarti qabul qilindi. 
O`zbekistonda standartlashtirishning zamonaviy bosqichi 1973-yili O`zbekiston 
Respublikasi  davlat  Standart  boshqarmasi  (O`zdavstandart)  tashkil  etilganidan 
boshlanadi. 
O`zbekiston  suverenlikka  erishgandan  so`ng,  Ya’ni  1992-yili  mart  oyidagi 
O`zRVMning    №  93  "O`zbekiston  respublikasida  standartlashtirish  ishlarini  tashkil 
qilish to`g`risida” gi qarori qabul qilingan vaqtdan buyon, standartlashtirishning yangi 
davri boshlandi. 


 
21 
1993-1998 
va 
2000-2003-yillarda 
O`zbekistonda 
standartlashtirishni 
jadallashtirish borasida bir qator o`ta muhim hukumat qarorlari chiqdi, muayyan chora 
tadbirlar belgilandi. 2002-yili O`RVM ning №342 qaroriga binoan “O`zdavstandart” – 
“O`zstandart”  Agentligi  nomi  bilan  yangicha  faoliyat  olib  bormoqda. 
Standartlashtirishni  rivojlantirishning  xalqaro  standartlashtirish  jarayoni  bilan 
uyg`unlashgan asosiy yo`nalishlari belgilanib, sohalar standartlari, me’yoriy hujjatlarni 
ishlab  chiqish  va  joriy  etish  bo`yicha  vakolatli  davlat  muassasalari,  nazorat  qilish  va 
kuzatib borish bo`yicha idora va tashkilotlar belgilandi. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish