Standartlashtirish asoslari



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/246
Sana11.01.2022
Hajmi2,35 Mb.
#345785
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   246
Bog'liq
standartlashtirish asoslari

 
 
 
 
 
 
 


 
16 
1- Bob. STANDARTLASHTIRISH HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR 
1.1 Standartlashtirishning qisqacha tarixi, rivojlanish sabablari va omillari
 
Insoniyat  taraqqiyotining  Homo  habilis  (tadbirkor  odam)  darajasidan  homo 
Sapiens  (farosatli  odam)  darajasiga  uning  faoliyati  turlari  ichida  ko`zga 
tashlanganlaridan  biri  bu  biz  haqli  ravishda  atashimiz  mumkin  bo`lgan 
standartlashtirishdir. 
Qadim  zamon  odamlari,  o`ta  qiyin  tabiiy  sharoitlarda  hayot  kechirish,  Ya’ni 
yemoq  uchun  hayvonlarni  ovlash,  o`simliklarni  iste’mol  qilish  va  boshqa  tabiat 
in’omlaridan foydalanishga majbur edilar. 
Ovlashning  metod  va  vositalari  inson  «tirikchiligi»  faoliyatida  amalda  sinalib, 
takomillashib  borish  bilan  birga,  qabiladan  qabilaga,  avloddan  avlodga  me’yoriy 
odatlar majmui - «standart» lar tarzida o`tib keldi. 
Bunday  tartiblanishuv  inson  faoliyatining  boshqa  jabhalarida  ham  kuzatila 
boshladi.  Aytaylik,  sovuqdan,  tabiiy  ofat  va  boshqa  kutilgan  va  kutilmagan  tasodifiy 
hodisalardan  yashirinish  joylarini  qidirish,  ularni  qurish  va  mustahkamlash,  hayvon 
mo`ynalaridan  hayotda  foydalanish,  po`stin  va  cho`qay  tikish  kabi  ishlarni  amalga 
oshira  borish  standart  talablarining  dastlabki  ko`rinishlari  sifatida  ijtimoiy  hayot 
talablari ekanligini e’tirof etish mumkin. 
Qadimgi Misrda, Firavnlar davrida katta tarixiy inshootlar, jumladan, Misr tarixiy 
piramidasining qurilish jarayonida inson ishqalanish kuchini yengish, kam kuch bilan 
katta  yukni  joyidan  siljitish  uchun,  avvalo,  chanasimon  sirpanish  vositalari, 
keyinchalik esa g`o`lasimon dumalash vositalarini ixtiro qildilar. Natijada og`ir yukni 
yengil  qo`zg`alishini  ta’minlovchi    aylanma    harakat  orqali  istalgan  ilgarilanish 
masofasiga  eltish  vositasi  G`ildirak  paydo  bo`ldi.  Doimiy  o`zgarmas  o`lchovlarga 
(60x60x120  sm)ga  ega  bo`lgan  qurilish  materiallari  qo`llanilib  ularning  o`lchami 
nazorat qilib turiladigan bo`ldi. 
Quldorlik tuzumi davrlarida butun Rim imperiyasi uchun jarohatlangan o`q otish 
vositalarining  elementlari  o`zaro  almashinuvchan  bo`lishi  ta’minlangan  edi. 
Shuningdek, imperiyada shahar hududi suv  ta’minotida  bir  xil diametrli  boshlang`ich 


 
17 
diametri  taxminan  95  mm  li  tarnov  (truba)  lar  ishlatilib,  boshqa  o`lchamlari 
ta’qiqlangan edi. 
Feodalizm tuzumi davrida, quldorlikka nisbatan taraqqiyot yanada jadallashib va 
juda ko`p buyum va vositalar o`zlarida standart elementlarini mujassamlashtira bordi. 
Bu  borada  XII-XIV  asrlarda  Germaniya  hunarmandchiligida  yuz  bergan  ba’zi  bir 
tartiblashtirilgan, masalan, mahsulot sifati, ish vaqtining davomiyligi, shogirdlar soni, 
ish usullari va shu kabilarni belgilab qo`yish amalga oshirildi. To`qimachilik sanoatida 
1298-yillarda sifat va o`lcham uchun me’yorlar o`rnatildi. 
1715-yili  Rossiyaning  Tula  qurol  zavodida  bir  xil  kalibr  belgilangan.  Rossiya 
Imperiyasining Pyotr I hukmronligi davrida XVII-XVIII asrlarda yaratilgan juda ko`p 
qurol-aslaha elementlari aniq bir xil na’munalardan qilinishi belgilanib, hozirgi zamon 
standartlashtirilishining prototipi tarzida namoyon bo`lgan.  
1785-yili    Fransuz    muhandisi  Leblan  50  dona  qurol-aslaha    qulflarini  yaratdi, 
ularning har biri boshqa qurol-aslahalar uchun qo`shimcha ishlovsiz tushar edi, Ya’ni 
o`zaro almashuvchanlik bo`lgan. 
1846-yilda  esa  Germaniyada  temir  yo`llar  eni  (koleyasi)ni  va  vagon  ulash 
ilashmasini unifikatsiyasi (birxillashtirish) amalga oshirildi. 1869-yilda esa temir  yo`l 
relsi profili o`lchamlari bo`yicha standart na’munalar to`plami chiqdi.  
1870-yilda  Yevropaning  bir  qator  mamlakatlarida  Standart  g`ishtlar  chiqarila 
boshladi. 
1889-yilda  Angliyada, keyinchalik  esa  boshqa  Yevropa  mamlakatlarida  standart, 
parametrlari ma’lum tartibga solingan burama (rezba)lar ishlab chiqarila boshlandi. 
XIX  asrning  oxirlariga  kelib  yevropa  mamlakatlari,  ayniqsa,  ko`p  va  mayda 
mamlakatlar  asosida  shakllangan  Germaniyada  standartlashgan  deb  atalishi  mumkin 
bo`lgan  mahsulotlar soni juda ko`payib, F. Engels ta’biri bilan aytganda “…o`lchash 
va  tarozilashning  turlari  shunchalik  ko`pki,  hatto  bir  yillik  kunlar  soniga  tengdir”. 
Chunki  buning  o`ziga  xos  sabablari  bor  edi.  Katta  bir  mamlakat  ichida  kichik-kichik 
respublikalar  mavjud  bo`lib,  hali  umumlashgan  talablar  ro`yobga  chiqmagan, 
o`lchovlar tasodifiy tanlangan edi. Masalan, Genrix I ma’lum uzunlikka teng o`lcham 


 
18 
"lokot"  nomi  bilan,  buyuk  Karl  oyog`i  o`lchamiga  teng  birlik  "fut"  nomi  bilan 
yuritilgandi. 
1790-yilda  Fransiyada  ilk  bor  uzunlik  birligi  sifatida  "metr"  yaratilib,  u  yer 
meridiani chorak uzunligining o`n milliondan birini tashkil etdi. Oradan 85 yil o`tgach, 
Parij  konvensiyasida  xalqaro  o`lchov  va  tarozilov  mahkamasi  uzunlik  birligi  sifatida 
"metr"ni  qabul  qildi.  Bu  voqea  ilmiy-texnik  taraqqiyotning  muhim  hodisalaridan  biri 
bo`ldi.  

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish