KATABOLIZMNING UMUMIY YO'LLARI
Katabolizmning umumiy yo’li - bu avvalo organik moddalar vodorodini nafas
zanjiriga yetkazib berish yo’lidir. Piruvatga jo bo’lgan energiya tirik hujayrada
degidratatsiyalanish reaktsiyalari ishtiroki bilan chiqarib olinadi: katabolizmning
umumiy yo’lida hammasi bo’lib 5 ta degitratatsiyalanish reaktsiyasi bo’lib o’tadi,
bularda 10 ta vodorod atomi ishtirok etadi. Lekin pirouzum kislota tarkibida atigi 4
ta, yaьni atigi 2 ta degidrlanish reaktsiyasiga yetadigan vodorod atomi bo’ladi.
Qolgan oltita vodorod atomi tsitrat tsikl reaktsiyalarida isteьmol qilingan ikkita suv
molekulasidan va GDF bilan N
3
RO
4
ning GTF ga aylanishidagi 7 reaktsiyada hosil
bo’ladigan suv molekulasidan o’tadi. Demak, tsitrat tsikl metabolitlariga uchta suv
molekulasining vodorodi qo’shilib, pirovard natijada gidrlangan kofermentlar –
NAD*N yoki QH2ga o’tadi. Katabolizm umumiy yo’li reaktsiyalari yeg’indisi:
SN3-SO-SOON + 4NAD
+
+ Q + GDF + N3RO4 + 2N2O = 3SO2 + 4(NAD*N +
N
+
) + QN2 + GTF
Jarayonning chapdan o’ngga to’xtovsiz davom etib borishi uchun qaytarilgan
holatga o’tgan kofermentlar yana oksidlanishi kerak. Ularning oksidlanishi
mitoxondriya nafas zanjirida kofermentlardan atmosfera kislorodiga vodorodni
o’tkazib berish yo’li bilan yuzaga chiqadi:
4(NAD*N + N
+
) + 2O2 → 4NAD
+
+ 4N2O
QN2 + ½O2 →Q + N2O
SHunday qilib katabolizmning umumiy yo’li va nafas zanjiri yagona jarayon
bo’lib, uning shu ikki qismi biri ikkinchisidan ajralgan holda o’z vazifasini ado etib
borishi mumkin emas.
Katabolizm umumiy yo’lining degidratatsiyalanadigan substratlaridan atmosfera
kislorodiga vodorod o’tkazish energiyasidan ATF sintezi uchun foydalaniladi.
To’rtta degidratatsiyalanish reaktsiyasidan NAD * N hosil bo’ladi; nafas zanjirida
har bir NAD*N molekulasidan vodorod olib o’tishda uchta payvastalik nuqtasi
ishga tushadi, demak, 4 * 3 = 12 ta ATF molekulasi sintezlanadi. Bitta reaktsiyada
vodorod ubixinonga olib o’tiladi; nafas zanjiridagi keyingi o’tish paytida bu holda
ikkita payvastalik nuqtasi ishlab boradi, ikkita ATF molekulasi
sintezlanadi. Va, nihoyat, tsitrat tsiklida yana bitta ATF molekulasini beradigan
substrat fosforillanish reaktsiyasi bo’lib o’tadi. Atigi 1 molь piruvat
parchalanganda 15 molь ATF hosil bo’ladi. SHulardan 3 tasi piruvatning
oksidlovchi dekarboksillanishida va 12 tasi tsitrat tsiklida hosil bo’lishini aytib
o’tamiz. Ana shu kattaliklar nazariy jihatdan yuzaga chiqa oladigan eng ko’p ATF
sintezini aks ettiradi; haqiqatda ATF kamroq sintezlanadi, chunki elektrakimyoviy
potentsialning bir qismi turli moddalarning translokazalar ishtirokida membrana
orqali o’tishiga sarf bo’ladi.