O‘qing. So‘z birikmalaridagi tobe so‘zlarning qaysi birlari
o‘z ma’nosida, qaysilari ko‘chma ma’noda qo‘llanganini aniqlang. Ko‘chma
ma’noda ishlatilgan so‘z birikmalari ishtirokida gaplar tuzing.
Temir eshik, temir intizom; tilla uzuk, tilla bola; kumush qish,
kumush qoshiq.
592-mashq.
Gaplarni ko‘chiring. Ko‘chma ma’noda qo‘llangan fe’llarni
toping va ma’nosini izohlang.
1. Kun sovuq, lekin bozor qaynaydi.
(Oybek)
2. Bilgan o‘qir,
bilmagan to‘qir.
(Maqol)
3. Ko‘cha yuzini ko‘rasan, yozilib qaytasan.
(
Sh. Xolmirzayev
) 4. Asta-sekin hasrat tarqalar edi.
(Asqad Muxtor)
5. Yaxshilar sha’niga hamisha maqtov yog‘iladi.
(H. Ziyoyev)
Do'stlaringiz bilan baham: |