106-d a r s.
NUTQ TOVUSHI VA HARF
Topshiriq.
Quyidagi gapni so‘zlarga, so‘zlarni bo‘g‘inlarga, bo‘g‘inlarni
tovushlarga bo‘ling:
Dalalarda boshlanadi ish. (
Hamid Olimjon
)
Og‘zaki nutqning eng kichik, boshqa mayda bo‘lakka
bo‘linmaydigan qismi nutq tovushi deyiladi.
Tovushning yozuvdagi ifodasiga harf deyiladi.
Bir tovush bir harf bilan ham, ikki harf bilan ham ifodalanishi
mumkin:
v, a, o, e
harflari bir tovushni ifodalasa,
sh, ch, ng
singarilarda ikki harf bir tovushni ifodalaydi.
341-mashq.
Quyidagi harflarni yuqoridan pastga, so‘ngra pastdan
yuqoriga qarab o‘qib ko‘ring, pastdan yuqoriga qarab o‘qilgandagi gapga
e’tibor qiling.
A
CH
T
CH
L
N
R
N
I
I
U
I
O
T
Y
T
342-mashq.
Hazil topishmoqlarning javobini toping. Ularda tovushlarning
tutgan o‘rnini belgilang.
«Kel-kel», – desam, kelmaydi, «Kelma», – desam, keladi.
Olamda-yu odamda bitta, elatda yo‘q, odoblida ikkita. U nima? Unli
bilan boshlanadigan oylar ko‘pmi, undosh bilan boshlanadigan oy-
larmi?
Savol va topshiriqlar
1. Nutq tovushi deb nimaga aytiladi?
2. Harf deb nimaga aytiladi?
3. Tovushlar bilan harflar bir-biriga teng keladimi? Teng kelmagan
holatlarni ayting.
Do'stlaringiz bilan baham: |