Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


-mavzu: ADABIYOTLARARO



Download 0,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/107
Sana11.01.2022
Hajmi0,98 Mb.
#341075
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   107
Bog'liq
qiyosiy adabiyotshunoslik (2) (1)

6-mavzu:

ADABIYOTLARARO 

JARAYONLARNING SHAKLLARI

Reja:

6.1. Milliy, hududiy va jahon adabiyoti.

6.2. Adabiyotlararo aloqalar.

6.3. Tipologiya va tipologik mushtaraklik. 

6.4. Adabiyotshunoslikda multikulturizm. 

Tayanch tushunchalar: 

milliy,  hududiy  va  jahon  adabiyoti, 

adabiy  aloqalar,  Alisher  Navoiy,  multikulturalizm,  A.Hayitmetov, 

N.Konrad, M.Jirmunskiy, Sh.Rizayev.

Milliy, hududiy va jahon adabiyoti doimo o‘zaro aloqada ri-

vojlanadi va bir-birini boyitadi. Jahonda biror adabiyot faqat 

o‘z  qobig‘ida,  o‘z  adabiy  an’analari  doirasida  rivojlanmaydi, 

balki boshqa adabiyotlarning ilg‘or tajribalariga tayangan hol

­

da o‘z taraqqiyotini belgilaydi. 



Milliy adabiyot – har bir xalq madaniy hayotining ajralmas 

qismi,  muayyan  millatning,  masalan  o‘zbek,  rus,  yapon  xal

­

qining  adabiy  merosi,  nazmiy  va  nasriy  durdonalari,  o‘lmas 



asarlaridir.  Rus  komparativist  olimi  B.G.Reizovning  fikriga 

ko‘ra, milliy adabiyot ko‘plab adabiy va madaniy kuchlarning, 

tendensiya va imkoniyatlarning birlashuvidir

1

.



Milliy adabiyotning asosiy ko‘rsatkichlaridan biri unda bi-

ror  xalq  mentalitetiga  xos  an’analarning,  urf-odatlarning, 

mil lat ruhiyatining aks etishidir. 

Данилина Г.И. Сравнительное литературоведение. Хрестоматия. – Тюмень, 2011. – C.134.



R

egional  adabiyot  geografik  jihatdan  ma’lum  chegarala

­

nishga  ega  bo‘lgan  hududiy  adabiyotdir.  Masalan,  Markaziy 



Osiyo xalqlari adabiyoti, Yevropa adabiyoti, Yaqin Sharq mam

­

lakatlari adabiyoti va h.k. Ularni tarixiy taraqqiyot bosqichlari, 



an’analar  va  ma’lum  bir  hudud  birlashtirib  turadi.  Bunday 

tasnif  genetik  jihatdan  bir-biriga  yaqin  bo‘lgan  yoki  tarixiy 

taqdir  birlashtirgan  xalqlar  adabiyotiga  xos  umumiy  jihat

­

larni  aniqlashga  yordam  beradi.  Masalan,  «o‘zbek,  turkman, 



qozoq, qirg‘iz, tojik va qoraqalpoq xalqlari nafaqat geografik 

jihatdan  o‘xshash  mintaqada  yoki  ijtimoiy-tarixiy  sharoiti 

umumiy  xususiyatga  ega  hududda  yashaydi,  balki  ularning 

tili,  adabiyoti,  tarixi  va  urf-odatlarida  ham  mushtaraklik  oz 

emas.  Ularning  xalq  og‘zaki  ijodi,  yozma  adabiyoti  tarixida 

o‘xshashliklar ko‘pligiga misollar yetarli. Bu omillar Markaziy 

Osiyo  adabiyotlarini  o‘zaro  yaqinlashtirishni,  ular  o‘rtasida 

adabiy aloqalar va ta’sirlarning yuzaga kelishi va muvaffaqi

­

yatli rivoj lanishini ta’minlaydi»



1

.

«Jahon adabiyoti» deganda, u yoki bu mamlakatda yarati-



lib,  o‘zining  estetik  darajasi  bo‘yicha  butun  dunyoda  talab 

qilingan asarlar tushunilgan»

2

.

Qaysi mashhur asarni olmaylik, u avvalo, ma’lum bir millat 



vakilining ijodiy merosi, u yoki bu xalqning ma’naviy boyli

­

gidir. Masalan, Alisher Navoiy asarlari turkiy xalqlarning ma’-



naviy merosi bo‘lishi bilan birga, butun dunyo xalqlari ning in

­

tellektual boyligidir. Chunki shoirning asarlarida ifodalangan 



insonparvarlik, mardlik, do‘stlik kabi umumbashariy  g‘oyalar 

barcha xalqlar uchun birdek qadrli va ahamiyatlidir.

Курамбоев К. Адабий алоқалар – миллий адабиётлар тараққиётининг қо ну ният-



ларидан бири // http://uzadab.ndpi.uz/adabiy_aloqalar.html

Qosimov A., Hamroqulov A., Xo‘jayev S. Qiyosiy adabiyotshunoslik. – Toshkent: Aka dem-



nashr, 2019. – B.35.


44

45

Har bir millat adabiyoti dunyo badiiy tafakkurining ajral



­

mas qismini tashkil qiladi. Jahon xalqlarining qiziqishi va o‘qi

­

shi badiiy adabiyot ahamiyatini belgilovchi asosiy mezonlar



­

dandir. U yoki bu xalqning jahonda tanilishi, eng avvalo, o‘sha 

xalq  madaniyati,  san’ati  va  adabiyotining  qanday  miqyosda 

tarqalishi va tan olinishiga bog‘liqdir. 




Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish