Qadriyatlar falsafasi


VATANPARVARLIK -  OLIYJANOB FAZILAT



Download 1,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/129
Sana11.01.2022
Hajmi1,1 Mb.
#340889
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   129
Bog'liq
Qadriyatlar falsafasi

VATANPARVARLIK -  OLIYJANOB FAZILAT 
Vatan — sermazmun, juda ham keng tushuncha. U yashab to`rgan uyimizdan   
boshlanadi. Xalqimiz uy qurgan odamni «vatanli bo`lib qoldi», deyishi   bejiz emas. 
«Vatan ostonadan boshlanadi» degan ibora barcha xalqlarda borligi ham shundan 
dalolat beradi. 
Bizning xalqimiz o`zi tug`ilgan joyga juda katta muxabbat bog`laydi. SHuning 
uchun ham ular boshqa joyga ko`chishni xoxlashmaydi. Boshqa joylarga ketganda 
ham doimo o`zi tug`ilgan el-yurtidan aloqasini uzmay, uni ziyorat qilib turadi. Bu 
ham Vatanga sadoqatli bo`lishning ko`rinishidir. 
Vatan — insonning ota-onasi, qarindosh urug`lari, tug`ilib o`sgan joygina 
emas, balki yoshlik davrlarni boshidan kechirgan, yugurib elib o`ynagan, sayr qilgan 
dalalar, cho`milib yurgan soylar, daryolar, oromgox bog`lar, tog`lar, tabiat muhitdir. 
Demak Vatanni sevmoq — kindik qoni tug`ilgan joy tabiatini sevmoq  uning uchun 
qayg`urish ham demakdir. 
Vatan — bu birinchi maktab, birinchi bilim, orttirilgan do`stlar, bilim berib 
voyaga etkazgan o`qituvchilardir. SHuning uchun ham inson qancha yoshga 
kirmasin, qaerda ishlamasin birinchi maktab, birinchi o`qituvchi, maktabdoshlarini 
hech qachon yoddan chiqarmaydi, ularga doimo xurmat-izzat bilan qaraydi. 
Vatan — bu o`sib ulg`aygan maxalla. Maxalla yoshlik davriniig eng yaxshi 
kunlari kechgan hozirgi hayotida ham hamdard, hamnafas bo`lib   kelayotgan qo`ni-
qo`shni, do`stu birodarlar maskanidir. Maxallaga hurmat, maxalla axli bilan doimo 
maslaxatli ish qilish, to`y-tomoshalar va boshqa tadbirlarni o`tkazishni har bir inson 


o`zining muqaddas burchi deb bilgan. Hozir ham maxalla axlining roli tobora 
kuchayib bormoqda. 
Vatan — bu oila hamdir. SHunday ekan oilaga, kindik  qoni to`kilgan joyga 
mexr-muxabbatda bo`lish ayni vaqtda Vatanga sadoqatli bo`lish demakdir. Oila 
jamiyatimizning asosini tashkil qiladi. Oila a`zolarini, ular tug`ilgan va istiqomat 
qiladigan uy joyni e`zozlab ayni vaqtda har bir oilaning, insonning shajarasini, 
tarixini yaxshi bilishini taqozo etadi. Hap bir inson, o`z oilasi, ota-ona, el-yurt 
tarixini, shajarasini yaxshi bilib olishi lozim. Bunda ayniqsa oila, maktab katta rol’ 
o`ynaydi.  
Vatan — bu har bir inson ishlayotgan mehnat jamoasi, o`qiyotgan bilim yurti, 
ijtimoiy siyosiy muhit hamdir. Mehnat jamoasining inson hayotida tutgan o`rni katta. 
CHunki mehnat jamoasida har bir inson hayot maktabini o`tab, mutaxassis bo`lib 
etishadi, ma`naviy kamol topadi, hayotda o`z o`rnini egallaydi, shuxrat qozonadi. 
Vatan – bu har bir kishining yashab turgan qishloq, shahari, tumani, viloyati. 
SHuning uchun ham ular tuman, shahar, viloyat yutuqlari bilan faxrlanadi, unga o`z 
hissasini qo`shishga intiladi, mavjud tarixiy yodgorliklar bilan faxrlanadi. Ularning 
gullab-yashnashiga, obodonligiga ko`maklashadi. Vatan — bu xalqimizning jannat 
misol makoni O`zbekiston Respublikasidir. 
Ona-yurt, Vatan — inson uchun oltin beshik. Inson ana shu oltin beshikda 
dunyoga keladi, ilk bor qadam tashlaydi, unib o`sadi, voyaga etadi, el yurt xizmatiga 
bel bog`laydi. SHuning uchun ham vatan har qanday inson uchun onasi kabi aziz va 
mukarramdir. Vatanni insonga baxt iqbol beradigan muqaddas maskan bo`lib 
hisoblanadi. 
Ma`rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy «Turkiy guliston yoxud axloq» 
asarida yozganidek «Vatan har bir kishining tug`ilib o`sgan shahar va mamlakatini 
shul kishining vatani deyilar. Har kim tug`ilgan, o`sgan joyini jonidan ortiq suyar. 
Xatto bu vatan xis-tuyg`usi hayvonlarda ham bor. Agar ayrilsa o`zlaridagi kabi 
roxatda yashamas... 
Biz turkistonliklar o`z vatanimizni jonimizdan ortiq suyganimiz kabi arablar 
Arabistonni, qumlik issiq cho`llarni, eskimuslar shimol taraflarini, eng sovuq qor va 
muzlik erlarini boshqa erlardan ziyoda suyarlar. Agar suymasalar edi, havosi yaxshi, 
tiriklik oson erlarga o`z vatanlarini tashlab hijrat qilurlar edi». 
Vatan bu halqning o`tmishi, buguni va kelajagidir. Vatan deganda hamisha 
o`zimiz tug`ilib o`sgan, ta`lim olgan, voyaga etgan necha-necha avlodu ajdodlarimiz 
yashab o`tgan, ularning aqlu-idroklari, mehnatlari sarf etilgan muqaddas yurt ko`z 
oldimizga keladi. Vatan bu ota yurt, ajdodlar maskani, el-yurt, xalq voyaga etgan, 
uning tili, tarixi, madaniyati, urf-odatlari, qadriyatlari chinakamiga shakllanib, chuqur 
ildiz otib, o`sib kamol topib boradigan zamindir. 
Vatan—muqaddas qadriyat. Taraqqiyot Vatandan boshlanadi. U insonning 
kindik qoni to`kilgan joy, har kimning borligini qadrlovchi zamin, ma`naviy kamolot 
va saodat maydonidir. SHuning uchun ham har bir inson o`z dard-alamini, orzu-
umidlarini vatan taqdiri bilan bog`lab kelgan. 
Vatan mehrini, Vatan sehrini, uning mo``tabarli ulug`vorligini so`z bilan 
ifodalash qiyin.  
Haqiqiy barkamol inson Vatanning ravnaqi va istikboli, el-yurtning ozodligi va 
mustaqilligi uchun hamma narsani,  xatto,  shirin jonini ham ayamaydi.  


Bu haqda Mavlono Fuzuliyning «mening bitta hayottim bor, bordi-yu mingta 
hayotga ega bo`lgan taqdirimda ham hammasini Vatan uchun sarflagan bo`lar edim», 
deb aytgan so`zlari har bir aqli raso fuqaro uchun bebaxo o`gitdir. 
Inson uchun Vatan yagonadir. Vatanning katta kichigi, ham, boy kambag`ali 
ham bo`lmaydi. Vatan tanlanmaydi. Vatan bizning molimiz emas. SHuning uchun 
ham  u  pulga  sotilmaydi.  Vatan  in`om  etilmaydi,  qarzga  berilmaydi.    Vatan  har  bir  
fuqaro uchun muqaddas va betakrordir. 
Vatanni sevish, ona diyorini qadriga etish, uning kamoloti, gullab-yashnashi, 
osoyishtaligi uchun qayg`urish yoshligimizdan boshlab ongimizga singdirilishida 
chuqur ma`no bor. CHunki, har qanday inson Vatani, ota-bobolari o`tgan muqaddas 
zamin bilan faxrlanib yashaydi. 
Muqaddas Hadisi SHarifda «Vatanni sevmoq iymondandur» deyilgan.  Bu 
so`zda chuqur xikmat bor. Vatanni sevish, ardoqlash kishiga kuch quvvat beradi, aql-
idrok ato etadi, yuzini yorug` qiladi, jasoratlarga chorlaydi, mardliklarga undaydi, 
odamlar, millatlar, halqlarni birlashtiradi. 
Vatanni sevish, Vatanim, xalqim deb yashash, ona-yurtning ravnaqi yo`lida 
xalol mehnat qilish, o`zini qahramonliklarga tayyorlab borish, o`zi yashab turgan 
zaminni e`zozlash, uning boyligiga boylik go`zalligiga go`zallik qo`shish, odamlarni 
seva bilish demakdir. 
Vatanni sevish, uning har bir qarich erini, har bir siqim tuprog`ini muqaddas 
bilib qadrlash, ko`zga to`tiyo qilish o`zbeklarga xos xususiyat bo`lib, bu ularga 
ajdodlardan meros sifatida davom etib, sayqal topib kelmoqda. 
Hamid Olimjon «Men o`zbek xalqi nomidan so`zlayman» degan maqolasida 
bu haqda shunday degan edi: «Mening halqim o`z kindigining qoni to`kilgan tuproqni 
o`z onasiday aziz ko`radi. Mening halqim o`z bobolari ko`milgan tuproqni o`padi, 
shu tuproqni harom, nopok qilgan odamni o`ldiradi. Qadim o`zbek botirlarn uzoq 
safarga ketganda, bir xovuch vatan tuprog`ini doim o`z yonlarida olib yurganlar. 
CHunki bu tuproq ularga o`z tug`ilgan erlarini eslatib turgan, xalq oldida ichgan 
qasamini yodga solgan.  Vatanga bo`lgan muhabbatini bir nafas ham unutirmagan. 
Bu bir xovuch tuproq unga o`z ota-onasini, qarindoshlarini, xalqini eslatgan, uzoq 
bo`lsa ham uni o`z vatanida, xis qiladigan va qasrda bo`lmasin o`z xalqi sha`niga 
isnod keltirmaslikka, o`z xalqining nomusi va sodiq o`g`li bo`lishga chaqirgan. U 
Vatanini qancha sevsa, ota-onadan, sevimli yordan, qondosh vatanidan nishona 
bo`lgan shu bir xovuch tuproqni ham shuncha sevgan. SHu bir hovuch tuproqning 
kuchi shuncha zo`r bo`lganki, u suvsiz saxrolardan, qorli tog`lardan, vaxshiy 
daryolardan, yovvoyi o`rmonlardan ko`z ochib yumguncha o`ta olgan. SHu bir 
hovuch tuproq uni o`tdan omon saqlagan. O`q uning ko`kragini tesholmagan, qilich 
tanasini tesholmagan, olov kuydirmagan, zindon chiritolmagan». 
O`zbeklardek vatanini sevadigan, yurtiga boglangan halq jaxonda kamdan-kam 
topiladi. O`zbek halqi qo`liga qurol ushlab Vatan himoyasi uchun dushmanga qarshi 
jang qilishni juda yaxshi biladi. Vatan deb o`zini ham o`tga, suvga mardona otadi, 
aziz yurtning har bir qarich eri uchun jon olib jon beradi. 
O`zbekistan o`zbek halqi uchun ota yurtdir, uning manfaatlarini himoya 
qiladigan jahondagi yagona davlatdir. 
Vatanimiz O`zbekiston uchun qo`limizdan keladigan har bir foydali ishni 
qilish, gullab-yashnashi uchun xissa qo`shish bizlarga ajdodlarimizdan qolgan buyuk 


fazilatdir. «Qizil imperiya» davrida bizga, «sening vataning SSSR», «Vatan 
Kremldan boshlanadi» deb qulog`imizga quyishdi. O`zimizniig xakiqiy Vatanimiz 
O`zbekiston ekanligini qalbimizdan surib chiqarishga, vatan tuyg`usidan judo 
bo`lishimizga zo`r berishdi. Milliylik va milliy mansublikka, milliy xis-tuyg`u va 
milliy g`ururga sezdirmasdan zarba urila boshlandi. SHunday joxilliklar natijasida 
milliy mansublik 
o`rniga mamlakatda «Sovet fuqaroligi» targ`ibot, tashviqot qilina boshlandi. 
Ona Vatanimiz O`zbekiston uchun emas, balki Sovet vatani ravnaqi yo`lida 
fidokorlik ko`rsatish, jon olib, jon berishga da`vat etiladigan bo`ldi. 
Sobiq sovet imperiyasi davrida odamlarda milliy manfaat, Vatanga, ona-
zaminga mehr-muqabbat degan his-tuyg`ular asta-sekin so`na boshlagandi. «Vatan» 
tushunchasi o`zining jozibasini, ta`sirchanligini yo`qotib, mavxumlikka aylanib 
qolgandi. Qilinadigan har bir ishda va harakatda millatning tub maifaati, shon-sharafi, 
milliy o`ziga xosligi, aql-idroki va tafakkuri borlig`i hech kimning xayoliga kelmasdi. 
Faqat bir narsa «umumsovet» manfaati ko`zda tutilardi, holos. Har bir millat va xalq 
bir necha ming yillar osha yashab kelayotgan o`z Vatani uchun qayg`urishga haqli 
emasdi, o`zi emasa ichmasa-da, lekin o`sha «ulug` Vatan» uchun tinmasdan mexnat 
qilardi. 
Butun boshli bir xalqni, eng katta va qadimiy millatlardan biri o`zbeklarni o`z 
ona yurtida cheklab tashlashdi. Uning huquqlari chegaralandi. Tili kamsitildi, 
tazyiqqa uchradi. O`zbeklarning o`tmishi u yoqda tursin,  bugungi xizmatlari haqida 
ham buzib axborot berildi. 
Ahvol shu darajaga borib etgan ediki, hatto o`zbek degan millat,  O`zbekiston 
deb ataladigan mamlakat borligini dunyoda ko`pchilik bilmasdi. Al-Xorazmiy, 
Temur, Navoiy, Ulug`bek, Bobur avlodlarini ko`pchilik tanimas edi. 
YAna bir muxim masala ustida fikr yuritishga to`g`ri keladi. Stalin siyosati 
tufayli bir butun Turkistonni maydalab, «mustaqil» milliy Mamlakatimizlarga bo`lib 
tashlangan edi. Bu aslida uzoqni ko`zlab qilingan siyosat edi. Ana shu siyosatning 
zaminida etgan asosiy maqsad, birinchidan, asrlar mobaynida yagona bir xududda 
yashagan, chegara nimaligini bilmagan, og`a-ini, quda-anda bo`lib kelishgan, o`zbek 
tojik, turkman, qozoq, qirg`iz xalqlarini bir-biridan butunlay ajratib tashlash, 
Turkistonni  markazning  xom-ashyo  bazasi  sifatidagi  holatini  chorizm 
mustamlakachiligi davridagidan ham mustahkamroq qilib quyishdan iborat edi. 
Ikkinchidan, tili, dini, madaniyati, tarixi, urf-odatlari bir biriga chambarchas bog`liq 
bo`lgan katta bir xalqni besh millatga ajratib tashlashdan ko`zda tutilgan muddao 
mazkur xalqlarni milliy o`zligini anglashdan, o`tmish tarixidan, milliy iftixoridan 
judo qilib, olomonga aylantirish bo`lsa, uchinchidan, zaruriyat tug`ilib qolsa 
qachonlardir, ular o`rtasiga nifoq solish, gij-gijlatish, orani buzib, bemalol 
xukmronlik qilaverish edi. YAgona bir butun ulug` va qudratli Turkistonni parchalab 
yuborishdan,  milliy  mamlakatimizlarga  «mustaqillik»  berishdan  markazniig 
muddaosi nimadan iboratligi tub moxiyatini to`la tushunib etgan, buning oqibatida 
juda daxshatli va fojiali bo`lishini anglab etgan elimizning ilmli, zukko kishilari, 
ma`rifatchilari, ko`zga ko`ringan kishilar birin-ketin yo`qotildi, «xalq dushmani»ga 
chiqarildi, qatl va surgun qilindi. Muxojirlikda yashashga majbur qilgan 
yurtdoshlarimiz mol-dunyodan emas, balki g`ariblikdan, Vatan diydoriga intizorlikda 
yashashdan cheksiz azob chekishgan. 


Inson uchun na davlat va saltanat, na toju taxt, hech bir narsa Vatanga, el-yurt 
mexriga teng kelolmaydi. Vatandan judolik inson uchun eng katta baxtsizlikdir. 
G`urbatda, ayriliqda inson o`zini shod, baxtiyor hisoblay olmaydi. 

Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish