SHariat — diniy qonun-qoidalar va marosimlarni, «Qur`on» va Hadislardagi
axloqiy ilohiy ko’rsatmalarni puxta o’zlashtirish, ularni aniq, izchil suratda
bajarish, xudoga ibodat qilishdir. SHariat xudoni idrok bilan tanishni ko’zda
tutadi. SHariat talablari, qoidalarini bajarmasdan tariqatga o’tish mumkin
emas. Tariqat— er yuzidagi lazzatlardan voz kechib, nafsni tiyib, xilvatda
yashab, faqat xudo haqida o’ylash, xayol surish, eslash, uni qalbdan sevishdir.
Ma`rifat — hamma narsaning, butun borliqning asosi xudo ekanini bilish, aniqlash
va shu tariqa xudoga etish demakdir. Ma`rifatda olam, yulduzlar, oy, quyosh,
odamlar, hayvonlar, kushlar, kapalaklar, boshqa jamiki narsalar xudoning
zuhurotidan iborat, odam Olloh quyoshining zarrasi deyiladi. Haqiqat — o’zini
xudoning dargoxiga erishgan, vasliga etgan, xatto u bilan qo’shilib ketgan, deb
bilishdir.
Tasavvufning oqimlari, asosiy yo’shalishlari nihoyatda ko’p va xilma-xil
bo’lib, turli davrlarda dunyoning ko’pchilik mamlakatlarida uning har xil
yo’nalishlari paydo bo’lgan va yoyilgan. Bizning yurtimiz—Turon zaminda va
musulmon SHarqida tasavvufning bir necha buyuk tariqati — ta`limotlari,
paydo bo’ldi. Bular XII asrda Turkistonda maydonga kelgan yassaviya va
suhrovardiya, XII asr oxirida Xorazmda vujudga kelgan kubroviya, XIV asrda
Buxoroda yuzaga kelgan naqshbandiya va boshqa tariqatlardir.
Tasavvuf falsafiy ta`limotining tarkibiy qismlari bo’lmish yassaviya,
kubroviya, nakshbandiya va boshqa tariqatlarda umumiy jihatlar bilan birga,
ularni bir-biridan farqlab turuvchi tomonlar ham ko’p. Lekin bu tafovutlar ularni
bir-biriga qarama-qarshi qo’yishga birini yaxshi, birini yomon deb baholashga olib
kelmasligi kerak. Tasavvuf ta`limotkning har bir shakli, asosiy oqimi o’z
davrining mahsuli, muayyan sharoitlardagi talab-ehtiyoj, imkoniyatlarning
ifodasidir. Tasavvuf tariqatining har bir shakli ahamiyati o’z davridagi talab va
ehtiyojga javob bera olgani, kelajakdagi ma`naviy kamolotga qanchalik ta`sir
ko’rsatgani bilan belgilanadi. Kezi kelganda tasavvufning Turkiston zaminida
vujudga kelgan asosiy yo’nalishlari o’zaro bir-birlarini inkor qilgan tarzda
emas, balki yangi tarixiy sharoitlarda bir-birini to’ldirgan, o’zaro boyitgan, yangi
bosqichga ko’targan, bir-birlarining qonuniy davomi va takomillashishi sifatida
yuzaga kelganini aytib o’tish joyiz.
Do'stlaringiz bilan baham: