o`rnini
oshirmay-toshirmay to`g`ri talqin etish
hamda din bilan davlat o`rtasidagi munosabatlarning umuminsoniylik tamoyillarini
tiklash va hokazolar din va diniy muassasalarga doir muammolarga bo`lgan xolisona
yondashishdir. Bu yondashuv ko`pyoqlama xususiyatga ega bo`lib, mustaqil
respublikamizning ichki va tashqi siyosatida ham o`z aksini topmoqda.
Mamlakatimiz SHarq va g`arbdagi barcha tinchliksevar davlatlar bilan ularning
ijtimoiy tuzumi, dinga munosabatidan qat’i nazar, iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy
aloqalarni keng yo`lga qo`ymokda. Ijtimoiy, siyosiy hayotda diniy tashkilotlar
faolliganing ortib borishini demokratik jarayonda ular o`rnining mustahkamlanishi
deb qarash mumkin. Avvalo diniy tashkilotlarni davlatdan ajratish, ularning
siyosatdan uzoqlashuviga olib keladi; ammo bu tashkilotlarning faoliyati muayyan
ma`noda siyosiy xarakterga ega bo`lib kelgan. Diniy tashkilotlarga xos ijtimoiy,
siyosiy faollikning tobora ortayotganini e`tiborga olib, uni ikki yo`nalishda - ijtimoiy
hayotda va dunyoqarashda shaxsning faolligini talabalarning oshirish talab etiladi.
Diniy tashkilotlarning ijtimoiy, siyosiy yo`nalishlarda ob`ektiv voqelikka oshkora va
ijobiy yondashishlari kengayib borayotganligi an`ana tusiga kirib bormoqda. Bunga
respublikamiz hayotiga hozirgi kunda diniy tashkilot va ruhoniylarning xolisona
munosabatlari, berayotgan ijobiy baholari jonli shohid bo`la oladi. Bunda ayrim diniy
tashkilotlarning ijtimoiy-siyosiy faoliyatlari muayyan ahamiyatga molikdir. SHuning
uchun hozirgi davrda ularga nisbatan bo`lgan munosabatlarda umuminsoniylik,
demokratik xolislik tamoyillari tiklanmoqda. Dinga e`tiqod qiluvchilarga sho`rolar
davridagidek ma`muriy-buyruqbozlik tazyiqi o`tkazishdan voz kechildi.
Tabiat va jamiyatdagi kuzatilayotgan hodisalar moxiyatiga ko`ra nihoyatda
murakkabdir. Tabiiy va ijtimoiy-gumanitar fanlarda buyuk muvaffaqiyatlarga
erishilgan hozirgi zamonda ham hali bilib etilmagan sirli jarayonlar mavjud. Tabiat
va jamiyatda hamma narsa va hodisalar doim o`zgarib va rivojlanib boradi.
Fan ham doim o`zgarib va rivojlanib borar ekan, unda hali echilmagan yangi-
yangi jumboqlar, muammolar yuzaga kelib turadi. Fanning rivojlanishi yo`li ham
shundan iboratki, tabiat va jamiyat haqidagi bilimlar tobora boyib boradi.
Kuzatilayotgan hodisalarning mohiyatiga yanada chuqur kirib boraveradi. Odamzod
aqli tabiatda ko`p ajoyib-g`aroyib narsalarni kashf etgan, shu bilan tabiat sirlarini
o`rganib boradi. Bu jarayon hozir intensiv tarzda davom etmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |