Qadriyatlar falsafasi


-Mavzu: Diniy qadriyatlar va ularni komil insonni  tarbiyalashdagi



Download 1,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/129
Sana11.01.2022
Hajmi1,1 Mb.
#340889
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   129
Bog'liq
Qadriyatlar falsafasi

11-Mavzu: Diniy qadriyatlar va ularni komil insonni  tarbiyalashdagi 
ahamiyati. 
Reja: 
1.
 
Din – ijtimoiy ongning alohida shakli.  
2.
 
E`tiqod – diniy qarashlarning asosi. 
 
3.
 
Jahonning asosiy  dinlari va ularni xalqlar ma`naviy  hayotiga  ta`siri. Islomiy 
qadriyatlar. 
 
4.
 
Mustabidlik sharoitida diniy qadriyatlarning ahvoli. 
 
5.
 
Mustaqillik sharoitida din. 
 
6.
 
Diniy bag`rikenglik – jamiyatimiz ma`naviy rivojlanishining zaruriy sharti.
 
Din tushunchasi o`zbek tiliga arab tilidan kirib kelgan bo`lib, ishonch, inonmoq 
ma`nosini bildiradi. Bizning fikrimizcha, din real voqelikdagi, ijtimoiy hayotdagi 
narsa va hodisalarni tabiatdan, jamiyatdan tashqarida mavjud deb hisoblaydigan, 
ularni o`ziga xos tarzda aks ettiradigan ma`naviy e`tiqod va amalning bir turidir. 
e
`tiqod 
so`zi ham arab tilidan kirib kelgan bo`lib, chuqur, mustahkam ishonch 
ma`nosini anglatadi- Demak, diniy e`tiqod deganda mustahkam, chuqur ishonch, 
maslak, ishonish tushuniladi. Ilohiyot, ya`ni diniy ta`limot nuqtai nazardan "din", 
"diniy e`tiqod" tushunchalari jamiyat, inson, uning ongi hayotning ma`nosi, maqsadi 
va taqdiri uni bevosita qurshab olgan moddiy olamdan tashqarida bo`lgan, uni go`yo 
yaratgan, ayni zamonda insonlarga birdan-bir "to`g`ri", "haqiqiy", "odil" hayot 
yo`llarini ko`rsatadigan va o`rgatadigan ilohiy kuchga ishonch va ishonishni ifoda 
etadigan maslak, qarashlar, ta`limotlar majmuidan iboratdir. 
Arab istilochilari O`rta Osiyoni egallab olgandan so`ng islomni joriy qilish 
bilan o`z yozuvlarini ta`lim-tarbiya, odob-axlokdarini va shu bilan birga arab 
madaniyatini olib keldilar. Islomgacha bo`lgan dinlar bilan bog`liq yozuvlarni, toat-
ibodat buyumlarini yo`q kllishgan. Ibodatxonalar o`rniga masjidlar qurilgan, arab 
alifbosiga asoslangan yozuv kiritilgan. Davlat tili, ilmiy til asosan arab tili 
hisoblangan. Bu haqda Beruniy o`zining "Kadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" 
asarida yozishiga ko`ra, Xorazmda arab lashkarboshisi qutayba islomgacha bo`lgan 
din bilan bog`liq yozuvlarni yaxshi biladigan va o`z bilimini boshqalarga 
o`rgatadigan kishilarni halok etib, bu yozuvlarni butunlay yo`q qilib yuborgan
19

Islomgacha "din" so`zining o`rniga "tangri yo`li", "unga ishonch" iboralari 
qo`llanilgan bo`lsa kerak. Turkiy elatlarning islomgacha bo`lgan diniy e`tiqodlariga 
binoan "tangri" butun olamni, insonni yaratgan, "yuksaklik", "eng baland", 
"bahaybat" degan ma`nolarni ham anglatgan. 
Muayyan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va g`oyaviy sabablarga ko`ra diniy 
dunyoqarashlar to`la hukmron bo`lgan sharoitlarda qar qanday ilg`or tabiiy, ilmiy, 
jumladan, falsafiy qarashlar ham diniy qarashlarni, ularning mavjudlik sabablarini, 
mohiyati masalalarini chetlab o`ta olmagan; lekin ularning din haqidagi qarashlari 
ruhoniy va ulamolarning rasmiy qarashlaridan jiddiy farq qilgan. Biz bu vaziyatni 
Forobiy va Beruniyning dinga bo`lgan munosabatlarida ko`rishimiz mumkin. 
                                                
19
 +аралсин: Беруний. "+адимга Хал=лардан =олган ёдгорликлар". Танланган асарлар, Т. I – Б. 72. 


Forobiyning dinga munosabati asosan uning "Fozil shahar aholisi hakida kitob" 
risolasida bayon qilingan. Uning fikricha, din ham falsafa kabi voqelikni o`rganishga 
qaratilgan, Bu falsafa moddiy olamni bilish, sabab, oqibat bog`lanishlarini aniqpash 
orqali o`rganadi. Din esa voqelikka bu uslub bilan emas, balki tasvir (obrazli), 
ramziy, majoziy, qiyosiy tasavvurlardan foydalanish orqali e`tiqod qilishga chakirish 
yo`li bilan yondashadi. Demak, din voqelikni, sabab va oqibat bog`lanishlarining 
moddiy asosini o`rganmasdan izoxlashga kirishadi. Ayni zamonda voqelikni falsafiy 
bilish, o`z mohiyatiga ko`ra, diniy bilishdan ustivordir. 
Beruniyning dinga munosabati uning "qadimgi xalklardan qolgan yodgorliklar" 
va "Hindiston" asarlarida bayon qilingan. Uning fikricha, din ham bilim bo`lib, 
bunday bilim vokelikdagi narsa va hodisalarni dalillar orqali isbotlash bilan o`rganish 
mumkin bo`lmagan joyda qo`llaniladi. Diniy bilim isbotsiz e`tiqodga, ilmiy bilim esa 
dalillashga, isbotlashga asoslanadi. Beruniyning o`zi esa butkul dalillarga asoslangan 
bilimlar bilan shugullangan. U moddiy olam haqidagi ilmiy masalalarni hal qilishda 
dinning ta`sirini cheklashga intilgan. Forobiy va Beruniy dinga bunday yondashishlar 
orqali ilmiy bilimni din ta`siridan xalos etishga g`oyat o`rinli harakat qilganlar. Ular 
dinga emas, unga singib qolgan mutaassiblikka qarshi chiqqanlar. 
Umuman din, xususan islom dini 5 asosiy funktsiyani boshqaradi. Bular 
qatoriga kompensatorlik, to`ldiruvchilik, integrativ (birashtiruvchilik), regulyativ 
(nazrat  qiluvchilik),  kommunikativ  (aloqa  bog`lovchilik),  legitimevchilik 
(qonunlashtiruvchilik) funktsiyalar kiradi. 
Jamiyat shakllanishining dastlabki davrlarida paydo bo`lgan din xalqlar hayoti 
bilan bog`liq holda rivojlangan, moslashgan, sekin-asta diniy tizimni vujudga 
keltirgan. Natijada  muayyan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy,  madaniy, tarbiyaviy 
vazifalarni bajarishni o`z zimmasiga olgan. Bunday vazifalar jamiyat taraqqiyotining 
yuqori bosqichlarida ayniqsa yaqqol ko`zga tashlanib muayyan qolipga tushib, har 
biri maxsus qoida, g`oya, mafkura, dastur sistemasiga aylangan. 
Dinning yuqorida qayd qilingan besh funktsiyasining qg`sqacha ta`rifi va 
tavsiflari quyidagilardan iborat: 
Birinchidan, 
har qanday din o`z dinidagilar uchun to`ldiruvchi, ovutuvchi 
(kompensatorlik) vazifasini bajaradi. Masalan, insonda diniy ehtiyoj hosil bo`lishini 
olib qaraylik. U o`z hayoti. turmush tarzi, tabiat va jamiyat bilan bo`lgan 
munosabatlari jarayonida shaxsiy va ijtimoiy ehtiyoj, maqsadlarga etishishi qiyin, 
ilojsiz bo`lib ko`ringanda bunday ma`naviy ehtiyoj vujudga kelgan. CHunki inson 
hayotida quvonchli yoki tashvishli onlarda, orzular ro`yobga chiqishi ilojsiz bo`lgan 
paytda insoniyatning dinga zhtiyoji jamiyat bo`lib yashash talablarida boshlangan; 
din bu o`rinda ma`naviy ehtiyojni qondiruvchi, tasalli beruvchilik vazifasini bajargan. 
Ikkinchidan, 
dinlar o`z ta`limot tizimini vujudga keltirib, unga e`tiqod qiluvchi 
shaxs va jamoani shu ta`limot doirasida saqlashga harakat qiladi. Buni dinlarning 
birlashtiruvchilik (integrativlik) funktsiyasi deyiladi. Bunda din muayyan ijtimoiy, 
etnik va ma`naviy hayotning o`z ta`siri doirasida bo`lishini ko`zda tutadi. Masalan, 
islom o`tmishda Markaziy Osiyo xalqlarining ijtimoiy hayoti, axloqiy munosabatlari, 
hattoki adabiyot va san`atiga o`z ta`sirini ko`rsatgan. Bular orqali elat va xalqdarda 
turli xil birlashtiruvchi munosabatlar qaror topgan. 
Uchinchidan, 
din  dindorlar  hayotini  tartibga  solish,  nazorat  qilish 
(regulyativlik) funktsiyasini ham bajaradi. Har qanday dinlarning muayyan urf-odat, 


marosim va bayramlari bo`lib, ularni o`z vaqtida, diniy ta`lim va talab asosida 
bajarilishi shart qilib qo`yiladi. 
To`rtinchidan, 
din dindorlarning birligini, jamiyat bilan shaxsning o`zaro 
aloqasini ta`minlovchi xususiyat - aloqa bog`lashlik vazifasiga ham egadir. Bunda 
konkret bir dinga e`tiqod qiluvchi kishi shu dindagi boshqa kishilar bilan bog`liq 
bo`liish, urf-odat va ibodatlarni jamoa bo`lib ado etish ko`zda tutiladi. CHerkov, 
masjid va diniy tashkilotlar dinning bu funktsiyasini amalga oshirishga 
ko`maklashadi, ayni paytda, bu holatni nazorat kiladi. 
Beshinchidan, har qanday din ijtimoiy tizim sifatida muayyan cheklovlarsiz 
bo`la olmaydi. SHuning uchun u qonun darajasiga ko`tarilgan axloq normalarini 
ishlab chiqadi. Bu bilan u legityumlovchilik-qonunlashtiruvchilik funktsiyasini 
bajaradi. 
Har qanday dinning muayyan tarixiy sharoitda bajaradigan funktsiyalari 
yig`indisi uning ijtimoiy rolini belgilaydi. Dinning ijtimoiy hayotga ta`siri hamma 
vaqt ham bir xil bo`lgan emas. U vaqtga, o`ringa, sharoitga qarab sezilarli darajada 
o`zgarib boradi. 
O`rta Osiyo, jumladan O`zbekistonda islomning o`ziga xos xususiyatlarini 
tushunish uchun muayyan-tarixiy sharoit, xalqning o`tmishi, turmush tarzi, ishlab 
chikarish usullari, etnik xususiyatlarini hisobga olish zarur. 
Islom va Qur`onning vujudga kelishi tarixi bilan bog`liq bo`lgan muammolar 
va ularning echimlari XIX asrning o`rtalaridan boshlab avvalo, SHarq so`ngra Evropa 
islomshunosligida o`rganila boshlangan. Evropa, Amerika islomshunosligi va 
Qur`onshunosligida olib borilgan tadqiqotlarning ko`pchiligi, aniq dalillarga 
boyligidan qat`i nazar, ularning barchasi uslubiy jihatdan cheklangan. 
Din tarixida dinshunoslar dinning paydo bo`lishini turlicha izoxlab kelganlar. 
Uming paydo bo`lish sabablari qadimgi dunyo dinshunoslarini qiziqtirgan, binobarin, 
unga javob topishga harakat qilishgan. qadimgi Xitoy, Hindiston va xususan, qadimgi 
grek faylasuflari borliq to`g`risida fikr yuritganlarida din, uning kelib chiqishi va 
mohiyati to`g`risida ham ayrim g`oyalarni olg`a surganlar. 
Dinning paydo bo`lishi va rivojlanishini ilmiy asoslarda o`rganish quyidagi: a) 
ob`ektivlik; b) muayyan tarixiy sharoitni hisobga olish; v) ilmiylik; g) qiyosiylik; d) 
umuminsoniy qadriyatlar bilan bog`liqliq, e) din mavjudligini, umuman gnoseologik, 
ijtimoiy-iqtisodiy va psixologik sabablarni hisobga olishni taqozo etadi. 
Hozirgi zamon voqeligining xarakterli xususiyati shundaki, jamiyatning 
hamma tomonlariga ilmiy tafakkurning ta`siri keskin kuchaymoqda; uning ijtimoiy 
taraqqiyot omili sifatidagi roli tobora ortmoqda.  Fanning XX asrdagi 
muvaffaqiyatlari chindan ham g`oyat buyukdir. Ular bevosita ishlab chiqaruvchi 
kuchlarga aylanib, insonga tabiat sirlarini tobora chuqur anglash imkonini bermoqda. 
Bu yo`nalishdagi eng muhim bosqich - inson omili va uning ma`naviy qadriyatlariga 
bo`lgan ijobiy munosabatlardir. Talabalar bu imkoniyatlardan to`la foydalanish uchun 
har xil uydirmalarga, buzg`unchilik g`oyalariga mutlaqo ishonmay, ilm-fangagina 
ishonishlari, uni chuqur egallab, shaxsiy va ijtimoiy hayotga tatbiq etishlari lozim. 
Hozirgi  vaziyatda  ilmiy  dinshunoslikning  nazariy  yutuqlari  va 
mamlakatimizdagi diniy tashkilotlarning g`oyaviy va amaliy ish faoliyatini hisobga 
olganda, din va dindorlarga O`zbekiston davlatining adolatli munosabati o`rnatildi. 


Bu hol diniy tashkilotlarning hozirgi ijtimoiy tuzumga bo`lgan xolisona, do`stona 
munosabatlariga ob`ektiv baho berishni talab etadi. 
Bularning hammasi davr talabidan va kelajakdagi mas`uliyatni his etgan holda 
respublikamizda aholi dindorligi  darajasini aniqlash, dindorlar  va diniy 
uyushmalarning jamiyatda tutgan 

Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish