CHo‘l-qum tuproqlari
- qum ustida shakllanadi, ular Xorazm viloyatida keng
tarqalgan. Qumlar kelib chiqishiga ko‘ra, allyuvial va ona jins qumlarga ajratiladi.
Allyuvial qumlar daryoning zamonaviy Yotqiziqlarini, Daryoliq va Daudanning
qadimgi o‘zan Yotqiziqlarining sochilishidan, ona jins qumlari esa Toshsaqa platasi,
Qizilqum va Unguz orti Qoraqumning ona jinslari elYuviylarning shamol(eol)
Yordamida qayta ishlanishidan hosil bo‘lgan. Yer osti suvlari tepaliklar ostida 10-
15m chuqurlikda Yotadi (Abdullaev va boshqalar, 2003).
Unguz orti Qoraqumning tepaliklararo cheklarida yer osti suvi Yuzaga yaqin
joylashgan, ba’zan Yuzaga chiqib turadi. Yer osti suvlarining ko‘tarilishi tuproq
sho‘rlanishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |