Regulyativ
funktsiyasi
–axloqning asosiy funktsiyasi hisoblanadi. Regulyativ funktsiya shaxs,
xizmat jamoasi, davlat va jamoat institutlari faoliyatini jamiyatda mavjud bo’lgan
axloqiy normalar asosida boshqarib turishni anglatadi. Shu maqsadda bir qancha
vositalarga tayanadi: axloqiy printsiplar, jamoatchilik fikri, axloqiy avtoritet,
an’analar, urf-odatlar va hokazo. Axloq nafaqat alohida shaxs, balki butun
jamiyatning ham hulq-atvorini boshqaradi.
Aksiologik funktsiyasi
(baholash) –
yuqorida ta’kidlaganimizdek, har qanday axloqiy xatti-harakat u ѐki bu qadriyatlar
sistemasi orqali baholanadi. «Axloqiy-axloqsiz», «yaxshi-ѐmon» nuqtai nazaridan
kelib chiqqan holda xatti-harakatlar, munosabatlar, motivlar, qarashlar, shaxsiy
sifatlar baholanadi. Axloq inson tomonidan qadriyatlarni o’zlashtirish, ularni
rivojlantirishni ham nazorat qiladi.
Informatsion
(bilish) funktsiyasi-axloqiy
bilimlar hosil qilishga qaratilgan bo’lib, axloqiy printsiplar, normalar, kodekslar
ijtimoiy-axloqiy qadriyatlar haqidagi informatsiya manbai hisoblanadi. Shu bilan
84
birga odatiy va ekstremal vaziyatlarda, konfliktli va tang holatlarda axloqiy tanlov
masalasiga e’tibor qaratiladi. Demak, axloq olamni, insonni, uning mohiyatini,
haѐtining ma’nosini anglashga ѐrdam beradi. Tarbiyaviy funktsiyasi–har qanday
tarbiya tizimi –bu eng avvalo axloqiy tarbiya tizimi hisoblanadi. Axloqiy tarbiya
axloqiy norma, odat, an’ana, umumiy xulq-atvor namunalarini aniq tashkiliy tizim
holiga keltiradi, axloqiy bilimlarni axloqiy ishonch-e’tiqodga aylantiradi, konkret
vaziyatlarda axloqiy bilim va ishonch-e’tiqodni qo’llashda ijodiy ѐndashuvga
o’rgatadi. Demak, axloq nafaqat norma va qoidalarga rioya qilishni, balki o’z-
o’zini nazorat qilishga o’rgatadi. Shu erda, axloqning alohida funktsiyalarini
ajratish shartli xarakterga ega ekanligini qayd qilish lozim. Chunki real haѐtda ular
bir-biri bilan uyg’un holda namoѐn bo’ladi. Axloq bir vaqtning o’zida boshqaradi,
tarbiyalaydi, yo’naltiradi va hokazo. Axloqiy bilimlar insoniy munosabatlar va
ijtimoiy voqelik hodisalarini baholash asosida vujudga keladi. Bu baholashning
asosiy mezonikishilarning«nima yaxshi-yu nima ѐmonligi» haqidagi tasavvurlari
hisoblanadi. Bunday baholash ham jamiyatga, ham alohida shaxsga xosdir. Shu
tariqa axloqiy qadriyatlardan ijtimoiy va individual tizimlar vujudga keladi. Bu
tizimlar bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lib, har bir insonda turlicha namoѐn bo’ladi.
Shaxs faoliyatida ijtimoiy qadriyatlar tizimi ustun bo’lsa, u ijtimoiy haѐtda faol
ishtirok etadi, uning dunѐqarashida jamoatchilik tamoyili ustun bo’ladi. Aksincha
bo’lsa, inson o’zining shaxsiy manfaatlarini ustun qo’yadi, dunѐqarashida
individualizm printsipi ustun bo’ladi. Kasb etikasi-har bir kasb-hunarga xos
axloqiy norma, printsip va sifatlarni o’rganadi va haѐtga tatbiq etadi. Axloqiy
tarbiya nazariyasi-axloqning jamiyat talabi, ehtiyoji va manfaatlaridan kelib
chiqqan
holda
uni
haѐtga
tadbiq
etishning
vosita
va
uslublarini
o’rganadi.Etika‖ning tarkibiy qismlari (sohalari) uzviy bog’liqlikda bo’lib, bir-
birini taqozo etadi va to’ldirib turadi. Etika‖ boshqa ijtimoiy-falsafiy fanlar
tizimida o’ziga xos o’ringa ega. Etikaning Estetika‖ bilan munosabati ayniqsa
o’ziga xos. Chunki inson biror bir faoliyatni amalga oshirar ekan, muayyan nuqtai
nazar, yaxshilik ѐki ѐmonlik (axloq) va go’zallik ѐki xunuklik (nafosat) nuqtai
nazaridan ish ko’radi. Ya’ni ichki go’zallik va tashqi go’zallik uyg’unligiga e’tibor
qaratadi. Shu bilan birga, san’at estetikaning asosiy tadqiqot ob’ektlaridan
85
hisoblanadi. Har bir san’at asarida axloqiy –tarbiyaviy jihatdan muhim bo’lgan
g’oyalar ilgari suriladi va san’atkor badiiy obrazlar orqali axloqiy ideallarni
yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |