psixologik bir bosqichi bo’lib qoladi.
Erta yoshlik davri
—
bu davrning asosiy vazifasi kasb tanlash
. Bu realistik
aptatsiya davri hisoblanadi. O’smirning kasbiy rejalari aniq ifodalanmagan, orzu
shaklida bo’ladi. U odatda o’zini turli emotsional yoqimli bo’lgan kasbiy rollarda
tasavvur etadi, ammo kasb tanlash bo`yicha biror xulosaga kelmagan bo’ladi.
Aslida esa o’spirinlik davrining boshida umumta’lim maktabini bitirgan yigit
qizlar oldida bu muammo paydo bo’ladi. Bu taxminan katta yoshdagi
o’smirlarning uchdan bir qismini tashkil etadi. Ulardan ayrimlari boshlang’ich va
o’rta maxsus ta’lim yurtlariga, qolganlari mustaqil mehnat faoliyatini boshlashga
majbur bo’ladilar. 14-15 yoshda kasb tanlash juda qiyin chunki kasbiy maqsadlar
aniqlanmagan bo’ladi. Kasbiy yo`nalgan orzular va romantik intilishlarni aslida
ro’yobga chiqarib bo’lmaydi. Real boshlangan kelajakdan qoniqmaslik
refleksiyasining ya’ni shaxsiy “men”ni anglashni rivojlanishiga olib keladi (kim
men? mening qobiliyatlarim qay darajada? men kim bo’lmoqchiman? Kimga
o’xshagim keladi?) va boshqalar. Kasb-hunar o’quv yurtlarida kasbiy ta’lim
oluvchilar kasb jixatdan o’zlarini anglay oladigan bo’lishlari kerak. Ammo
statistika ma’lumotlariga ko’ra kasb-hunar o’quv yurtidagi tanlov psixologik
jixatdan asoslanmagan. Shunday qilib katta yo`shdagi o’smirlar uchun o’quv
yurtidagi kasbiy o’zini o’zi anglash kasbiy ta’lim va kasbiy tayyorgarlik yullarini
anglangan tanlovi xisoblanadi.
Yoshlik 16-23 yoshda
yigit qizlarning aksariyat qismi o’quv yurtlarida kasbny
ta’lim olishadi yoki korxona va muassasalarda kasbiy tayyorgarlik ko’rishadi. Endi
59
istalgan kelajak ko’plar uchun hakikiy bo`ldi, ammo ayrimlar kasbiy tanlovlaridan
qonikmaydilar. Shunday bo’lsada, ko`p yigit qizlarda kasbiy ta’lim davomida
amalga oshirilgan tanlovdan qoniqish seziladi. Kelajakdagi ijtimoiy kasbiy
vazifani sekin-asta egallash, shaxsni ma’lum kasbiy xamjamiyat vakili sifatida
shakllanishiga yordam beradi.
Yoshlik (27 yoshgacha)
bu ijtimoiy kasbiy faollik davri. Kasbiy tanlov
to’g’riligi xaqidagi ikkilanishlar orqada qolgan. Odatda, kasbiy tajriba va ish joyi
ham mavjud. Endi dolzarb masala bu kasbiy rivojlanish xisoblanadi.
Tengdoshlarining bir qismi ma’lum kasbiy yutuqlarga erishgan. Ammo
yoshlarning aksariyat qismi kasbiy rejalar, kasbiy maqsadlarning amalga
oshmaganidan aziyat chekishadi. Real kasbiy yutuqlarning yuqligi, lavozimdan
ko’tarilishi, istiqbollarining yuqligi, noanikligi, o’zini taxlil etish va o’ziga baho
berishni taqozo etadi. Kasbiy xayotni qaytadan ko’rib chikish, yangi muhim
hayotiy maqsadlarni keltirib chiqaradi. Masalan: Kasbiy malakani oshirish va
takomillashtirish. Ishni o’zgartirish. Yoqqan mutaxassislikni yoki kasbny tanlash.
Shunisi ma’lumki, 30 yoshgacha ko’pgina yoshlar uchun kasbiy o’zlikni anglash
muammosi dolzarb bo’lib qoladi. Bunda ikki yul mavjud yoki tanlagan kasbda
qolish va professional darajasiga yetish, yoki kasbiy migratsiya, ya’ni ish joyi yoki
kasbni almashtirishdan iborat. Yetuklik - bu eng sermaxsul davr o’zini shaxs
sifatida namoyon etish, o’z kasbiy psixologik salohiyatini ishlatish davri
xisoblanadi. Aynan shu davrda shu yoshda xayotiy va kasbiy rejalar amalga
oshadi, inson xayotining mazmun mohiyati to’g`risida o’ylaydi. Kasb tanlash
jarayonida o’z qobiliyatlarini aniq mehnat faoliyatida qullashni individual faoliyat
turini ishlab chiqish, shaxs bo’lish extiyojini namoyon eta olish imkonini beradi.
Kasbiy xayotga to’liq sho’ng`ib ketish, tanlagan kasbdan qoniqish hosil qilish,
anglangan kasbiy qarashlar, o’zining kasbiy muximligini kerakligini va
foydaliligini doimiy ravishda tasdiqlab turish o’zgacha emotsional holat kasbiy
optimizmga olib keladi. Bu kasbiy ijobiy o’zgarishlar qatorida destruktiv
o’zgarishlar xam bo’lib o’tadi. O’z kasbiy va lavozimiy xolatdan qonikmagan
professionallarning bir qismi, o’z kasbiy xayotlarini qayta qurib chiqadilar. O’z
kasbiy yutuqlarini taxlil etib, ular ish lavozimi xattoki, kasblarini o’zgartirish
60
fikriga keladilar. Ammo ulkan ijobiy kasbiy tajriba va yutuqlar shaxsning kasbiy
mustaxkamligini pasaytiradi. Kasbiy migratsiya imkonini qiyinlashtiradi. Bunday
xolatlarda turli kasbiy mukofotlar ijtimoiy muxim lavozimlar, moddiy
rag’batlantirish, unvonlar va xokazalar bu noxushlikni to’ldiradi.
Qarilik davri
. Nafaka yoshiga yetish kasbiy xayotdan ketishga olib keladi. 55
— 60 yoshga kirganda shaxs o’z kasbiy potentsialini to’lik ishlatishga ulgurmaydi.
Hali xam yuqori darajadagi professionalizm kasbiy charchoqqa qaramay, nafaqaga
chiqish haqidagi fikrdan ikkilana boshlaydi. Ular uchun xayajonli davr boshlanadi,
bir laxzada yillar davomida shakllangan xayot tarzi o’zgaradi. Muxim kasbiy
sifatlar, kasbiy bilim va malakalar, tajriba va mahorat keraksiz bo’lib qoladi. Bu
salbiy xolatlar ijtimoiy qarilikni tezlashtiradi. Lavozim ishdan keyingi kasbiy
faoliyat bilan monitoringi ya’ni, murabbiylik, kasbiy tajriba kuzatuvchisi shaklida
ayrim yoshi kattalarda shug’ullanish imkoniyati bo’lishi mumkin. Ayrim
nafaqaho’rlar psixologik jixatdan o’zlarini yo’qotib qo`yishadi, kasbiy jihatdan
chiqib ketish ular uchun og’ir kechadi. Yana o’zini o’zi anglash muammosi kelib
chiqadi, ammo endi kasbiy xayotda emas, balki ijtimoiy foydali mehnatda xam
yuzaga keladi. Ayrim nafaqaho’rlar o’zini ijtimoiy- siyosiy xayotda o’zlarini
tanishadi, ikkinchiari, oilaviy maishiy muammolarga berilib ketishadi,
uchinchilari, bog’dorchilik bilan jiddiy shug’ullanishadi, yana kimlaridir mehnat
faoliyatini katta bo’lmagan xususiy biznes soxasida faoliyatlarini davom
ettirishadi. Bu faol ijtimoiy mehnat o’zini o’zi anglash va o’zini shaxs sifatida
davom ettirish davridir.
Kasbiy shakllanishning turli bosqichlarida shaxs o’zlikni anglashni
aniqlashning refleksiv taxlilini xulosa qilib, quyidagilarni ta’kidlash mumkinki,
kasbiy o’zlikni anglash - bu nafaqat kasb yoki kasbiy xayotning alternativ
stsenariylarini tanlash balki, shaxs rivojlanishining o’ziga xos ijodiy jarayonidir.
O’zlikni anglash muhim kasbiy muammoga teng bo’lishi mumkin va bunda shaxs
rivojlanishi yuzaga keladi yoki teng bo’lmasligi xam mumkin. Bunda u ichki
ziddiyatni keltirib chiqarishi xam mumkin. Shaxsning kasbiy shakllanishning turli
bosqichlarida kasbiy o’zlikni anglash usullarini o’zaro aloqalari to`g’risidagi
refleksiv taxliliy fikrlarini umumlashtirgan xolda quyidagi jadvalda aks ettiriladi.
61
Do'stlaringiz bilan baham: |