III.2.2. Mediata‟lim dasturlaridan foydalangan holda o‟qitish
Yurtimiz sinf xonalariga matbuot, televideniya, radio, kino, video va
internetlar olib kirilmoqda. Bularning barchasi media darslar nomi bilan ta‘lim
jarayonini tashkil etishga yordam bermoqda.
Shu munosabat bilan maktab ta‘limiga media darslar kiritilmoqda. Media
darslarning kanday metodik imkoniyatlari bor va ular kanday afzalliklarga ega:
• O‘quv jarayonida dars sifati, samaradorligini oshirishga yordam beradi.
Bunday jarayonda bir vaqtni o‘zida o‘qituvchi nazariy axborotlarni berish
49
bilan materiallarni yukori darajadagi zamonaviy texnika vositasida namoyish
etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. O‘quv ob‘yektlarini va vokealarini
modellashtiradi, uni avtomatik ravishda test ketma - ketligida namoyish etadi.
Tasvirini tushiradi.
• O‘quv mehnat faoliyatlarini tashkil etishda kompyuter texnikalarini
ko‘llash, foydalanish imkoniyatini tugdiradi. Shaxsan o‘zlari o‘quv materialini
amaliyotda sinab, bajarib borish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
• Oquvchining yakka tartibda ishlagan holda qiziqish va ijodiy ishlarini
takomillashtirish imkoniyati yaratiladi.
• Multimedia texnikasi ularning o‘quv mazmunini o‘zlashtirishlariga
kizikishini yanada oshiradi.
• O‘kuvchida ko‘rgazma - obrazli ta‘sirda fikr yuritishga, motorik va
verbal kommunikativ ko‘nikmalarning shakllanishiga olib keladi.
• Axborot bilan ishlash, (axborot kidirish, zarurlarini ajrata bilish, kayta
ishlash, tartibga keltirish. Axborotlardan mazmunni tushunish. mantikiy
yakinlarini ajratishga o‘rganadi. Shular asosida axborotni olish madaniyati
shakllanadi.
Mediata‘limning bosh maqsadi - asosiylarni tushunishga yordam berish,
oddiy yo‘nalishlardagi media axborotlar tilini o‘rganish; O‘quvchini badiiy
o‘sishi, rivojlanishiga hissa qo‘shish, media tekstlarni malakali tahlil eta olish,
o‘rgatish va qabul qilish ko‘nikmasini shakllantirishdan iborat.
Media ta‘limning asosiy mazmuni media madaniyat tilini, uning tarixini
bilish (kino san‘ati, badiiy televideniye va badiiy media) material tekstlarini
tushunishdir.
Uning pedagogik strategiyasi mediatekstlarni badiiy taxlil qila olish, unga
interpretatsiya asosida baxo bera olishdan iboratdir. Xulosa urnida shuni aytish
kerakki, media qanday shakllanadi, u bir haqiqatni ifodalaydimi, kimning
manfaatini ko‘laydi, uning mazmuni nimalardan iborat va o‘quvchilar uni
qanday qabul qiladilar.
50
Lekin shuni yodda tutish kerakki, mediata‘limning markazida o‘quvchi
shaxsi turadi, uning qizikish, xoish, istaklari hisobga olinishi, olingan
axborotlarga tankidiy ko‘z bilan qarab, ularni tankidiy fikrlovga o‘rgatish
kerak.
Mediata‘lim xakidagi Rossiya va chet ellik olimlar fikriga ko‘ra
mediata‘lim tarbiyaviy, ta‘limiy akamiyatga ega bo‘lib, o‘quvchilarni o‘quv -
bilish jarayonida kreativ fikrlashga o‘rgatadi.
Mediata‘limning o‘quv - bilish jarayoni kuyidagi boskichlardan iborat.
• Mediata‘lim tarixi xakidagi bilimlar, uning tuzilish nazariyasini
o‘rganish - o‘zlashtirish;
• Mediatekstlarni ongli qabul kila olish, uning tilini bilish va ―o‘qita
olish‖ shu xaqida tasavvurlarini kengaytirish, ko‘rish orkali xotirasini
mustaxkamlash, tankidiy, mantikiy, ijodiy, obrazli, muammoli fikr yuritishni
o‘rganish;
• Media materiallarni kreativ fikrlash orkali amaliyotda foydalanishdan
iborat.
Mediata‘limning eng muhim vazifalaridan biri o‘sib kelayotgan yangi
avlodni tobora jadallashib borayotgan axborotlar okimida xar xil axborotlarni
olish, tushunib yetish, uni inson psixikasiga ta‘sirini bilish va undan to‘g‘ri,
maqsadli foydalanishga olib keladi.
Mediata‘lim olingan axborotlarni integratsiya qilish shu asosida shaxsiy
fikrini bildirish va qayta olishga chorlaydi. O‘z fikrini erkin bildirish, shaxsiy
rivojlanish, turli informatsion guruhlarga qarshi fikr bildirish orqali uning
ijtimoiy jamiyatdagi faolligi oshadi. Media axborotlardan faol va to‘g‘ri
foydalanish madaniyati shakllanadi. Shu orqali berilayotgan axborot hakida
fikr yurita boshlaydi [29, 30].
Mediata‘limda o‘quvchi kreativ fikr yuritadi, ya‘ni yangi tushunchalarni
o‘zlashtira boshlaydi. Jumaladan, ―fabula‖, ―syujet‖, ―mavzu‖, konflikt,
kompozitsiya ―kadr‖, ―plan‖, ―montaj‖ kabi tushunchalarni o‘quv jarayoniga
aloйadorlikda tushunib, amalda ko‘llab, o‘zlashtirib boradi.
51
Shuning uchun ham media - darslar:
• ―Badiiy - immitatsiyali‖ — kichik ssenariyalar, minissenariya, media -
tekstlar tuzish, uni interfaol usulda namoyish etish;
• Teatrlashgan vaziyat hosil qilish, (mediatekst asosida ayrim epizotlarni
inssenirovka kilish, mediatekst jarayonini namoyish etish);
• Tasviriy - immitatsiya tayyorlash (afishalar yaratish, fotoko‘rgazma,
ma‘lum mavzuda asarlardagi rasmlarni namoyish etish) kabilarni tushunish,
qo‘llay olish knikmasini hosil qiladi.
Masofaviy ta‘lim jarayonini boshqarish va nazorat qilish asosan internet
texnologiyalari yordamida amalga oshiriladi. O‘qituvchi bilan ta‘lim oluvchilar
orasidagi o‘zaro aloqalar, ta‘lim oluvchilarning o‘zaro aloqalari elektron pochta,
internet aloqalaridan foydalangan holda amalga oshiriladi. Bunday ta‘limni
amalga oshirishda ta‘lim muassasasining saytida keysga ilova sifatida:
• turli xil qo‘shimcha materiallar, ma‘lumot - axborot vositalari,
shuningdek, boshqa saytlarga murojatlar;
• avtomatik boshqaruvni nazarda tutunchi nazariy ishlar, testlar;
• ma‘lum bir masala yoki muammoni jamoa ravishda muhokama qilish
uchun tele - konferensiya wep -sajifasi;
• maxsus xonalar, shuningdek paydo bo‘ladigan muassasalar savollariga
javob topish hamda o‘qituvchilarning konsultatsiyasidan foydalanish uchun
forum;
• Videokonferensiya (imkon darajasida) joylashtiriladi.
O‘quv - axborotni taqdim qilishdek alohida yordam funksiyalarini bajarish
lozim. Bunday axborotlar o‘qituvchi va o‘quvchiga ta‘limning masadi va
vazifalari hamda qadriyatlari asosida madaniyatimiz, mintalitetimiz asosida
tashkil etilishi kerak.
Binobarin, har qanday, hattoki vazifali, faqat kutishdan iborat bo‘gan
maxsul, shuningdek, axborot ma‘lumotnoma xarakteridagi kompyuterli o‘qitish
dasturlarining ham majburiy ravishda pedagogik jhatdan maqsadga muvofiqligi
tekshirilishi zarur. U shaxsni - rivojlantirish predmeti bo‘lishi va umuminsoniy,
52
milliy qadriyatlarimiz mezonlarining ma‘naviy hayotdan milliy ruxiyatimizga
mos bo‘lishi hisobga olinmogi talab etiladi. Yuqoridagi maqsadlarni amalga
oshirishda o‘qituvchi shaxsidan, ta‘limda yangi axborot -kommunikatsiyalaridan
unumli foydalanish, masofaviy ta‘limni o‘quv jarayoniga kiritishda quyidagi
texnologiyalardan keng foydalanish va amalda joriy etish talab etiladi.
Ular:
• Elektron darsliklar, tyutorlar, trenajyorlar, laboratoriya amaliyotlari, test
tizimlaridan iborat kompyuterli o‘qish dasturlari;
•
Personal
kompyuterlar,
videotexnika, optik
diskli
axborot
to‘plagichlardan foydalanish asosida yaratilgan multimedia texnologiyalari
asosidagi kitish tizimlari;
• Turli o‘quv fani, predmetlari sohalarida foydalaniladigan intellektual va
ekspert o‘qitish tizimlari;
• Fan, o‘quv predmeti sohalari bo‘yicha ma‘lumot bazalari.
• Elektron pochta, telekonferensiyalar, lokal va aloka tarmoqlari,
ma‘lumotlar almashinuvi tarmoklari.
• Elektron kutubxonalar, markazlashgan va tarqoq, tarmok holdagi
nashriyot tizimlarini o‘z ichiga oladi [28, 29, 31].
Do'stlaringiz bilan baham: |