Iqlimi — tropik, yil davomida havo harorati va nisbiy namlik yuqori darajada boʻladi, yomgʻirli
mavsum — may — oktabr Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 22,5°, avgustniki 27,8°. Minimal
temperatura 5° dan yuqori, maksimal temperatura 40°ga yetadi. Yillik yogʻin tekisliklarda
1000– 1200 mm, togʻlarda 2200 mm gacha. Qurgʻoqchilik mavsumi noyabrdan aprelgacha,
asosan, K.ning janubidagi tekisliklarida roʻy beradi, dahshatli dovul va tropik siklonlar boʻlib
turadi. Daryolarining koʻpi qisqa, serostova va kam suv. Eng katta daryosi — Kauto (oʻz.
370 km) Syerra-Maestra togʻlaridan boshlanadi. Daryolari, asosan, yomgʻir suvidan toʻyinadi.
K. hududining 10% chasi oʻrmon. Togʻ etaqlarida va tekisliklardagi qizil, qizil-jigarrang nam
tuproqli yerdarda keng bargli va doim yashil oʻsimliklar, jumladan, palma hamda kan
daraxtlari, quruq va toshloq yerdarda qaragʻay oʻrmonlari, sananvalar, mayda bargli tikanli
butalar, kaktus va aga-valar oʻsadi. Yer oʻzlashtirish davrida koʻproq tekisliklardagi daraxtlar
kesilgan. Bunda baʼzi daraxtlar, jumladan, palmalar qoldirilgan. Shuning uchun K.ning hozirgi
tekislik landshafti tashqi koʻrinishdan palmazorlarga oʻxshab ketadi. Hayvonot dunyosida
umurtqalilar kam, koʻpchilik hayvonlar endemiklardir. Koʻrshapalakning 23 turi bor.
Qushlarning 300 dan ortiq turi maʼlum. Ularning koʻpi faqat qishlash uchun uchib keladi.
Mahalliy turlari — kolibri, toʻtilar va mayda taskaralar. Kaltakesaqlar, toshbaqa, timsoh,
boʻgʻma ilonlar yashaydi. Hasharotlardan termit va kokuyolar uchraydi. Quruqlikda yashovchi
krab va qisqichbaqalar bor. Qoʻriqxonalar: El-Kabo, Koʻpell va boshqa; rezervatlar: Syevaga-de-
Sapata, Syevagade-Lanyer.
Aholisining 98% dan koʻprogʻi kubaliqlar; xitoy, yapon va gaitiliklar ham yashaydi. Mahalliy
aqoli — indeyslarning avlodi ham uchraydi. Dindorlari xristian dinining katolik va protestant
mazhabiga eʼtiqod qiladilar. Rasmiy tili — ispan tili. Aholining 72% shaharlarda yashaydi. Yirik
shaharlari: Ganava, Santyago-de-Kuba, Kamaguey, Guantanamo, Olgin, Matansas,
Sʼyenfuegos, Pivar-del-Rio, Bayamo, Santa- Klara va boshqa
Miloddan avvalgi 4-ming yillikdan ilgariroq ham K.da indeys qabilalari yashagan. 7—9-asrlarda
K.ga Janubiy Amerikadan mayarlar, subtaino va tayno qabilalari koʻchib kelgan. Bu qabilalar
ovchilik, baliq ovlash va dehqonchilik bilan shugʻullangan. 15-asr oxirlarida orolda 200
mingdan ortiq kishi yashagan. Orolga 1492 yil oktabrda X. Kolumb ekspeditsiyasi yetib
kelgan. Oʻsha vaqtda K.da aranak indeys qabilalari yashardi. 1510 yil uni ispanlar bosib olib,
aholini qirib tashlay boshladi. Indeyslar oʻz sardorlari — Atuey va Guam rahbarligida
bosqinchilarga qarshi qattiq kurashdi. Ogʻir mehnat, ochlik va kasallik oqibatida 5 ming
indeys tirik qoldi, xolos. Shuning uchun mustamlakachilar konlar va shakarqamish
plantatsiyalarida ishlatish uchun Afrikadan negr-qullar keltirdilar.
Tarixi