3-masala
Dunyoda birinchi bo‘lib issiq pitsalarni uyga yetkazib berish g‘oyasi
bilan chiqqan «Domino» firmasi endigina ochilgan davrda haftasiga
boryo‘g‘i 15 dollar daromad olgan xolos. Bu firma o‘z qarzlaridan 10 yil
davomida qutula olmagan. Lekin, keyinchalik, bu firma yuzlab
shaxobchalarga ega bo‘lgan, aylanma kapitali 2 millard dollardan oshib
ketgan yirik kompaniyaga aylangan. Bu firma faoliyatining boshlang‘ich
davrida muvaffaqiyatga uchray olmaganligining asosiy sababi nimada
edi, deb hisoblaysiz? Bu kompaniyaning keyinchalik muvaffaqiyat
qozonishiga nimalar sabab bo‘ldi?
Do'stlaringiz bilan baham: |