Strategik marketing


Pozitsiyalash strategiyalari



Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/308
Sana12.01.2022
Hajmi3,22 Mb.
#338563
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   308
Bog'liq
1547-Текст статьи-3979-1-10-20200627

Pozitsiyalash strategiyalari.
 Firma  maqsadli segmentni tanlab olgach, har bir 
segmentda  qanday  pozitsiyani  egallash  kerakligini  hal  qilishi  kerak.  Bu  qarorning 
ahamiyati  shundaki,  u  marketing  dasturini  ishlab  chiqishda  asos  vazifasini  o‘taydi. 
Pozitsiyalash  firmaning  maqsadli  xaridorlar  tomonidan  qanday  qabul  qilinishini 
belgilaydi. Unga quyidagicha ta’rif berish mumkin: 
Pozitsiyalash -
 tovarning imijini xaridorning ongida raqobatchi tovarlarnikidan 
farqli  ravishda  munosib  o‘rin  egallaydigan  tarzda  ishlab  chiqish  va  yaratishdir. 
Bozorni  pozitsiyalashtirish  –  bu  alohida  bozor  segmentlarida  mahsulot  pozitsiyasini 
aniqlash 
texnologiyasidir. 
Pozitsiyalashtirishning 
maqsadi 

mavjud 
va 
shakllanayotgan  fikrlarni  tadqiq  qilish,  xaridorlar  yoki  ularning  guruhini  mahsulot 


 
73 
 
 
parametrlariga  bo‘lgan  munosabatini  baholash  tahlilidan,  maqsadli  bozorni  ushbu 
segmentida  mahsulotni raqobatli afzalligini ta’minlashda shunday tovar pozitsiyasini 
marketing chora-tadbirlarini o‘tkazish yo‘li bilan tuzishdan iborat. 
Marketing  strategiyasini  ishlab  chiqish  uchun  maqsadli  bozorni  tanlash  va 
pozitsiyalashtirish  strategiyasi  iste’molchilar  bilan  aloqalarni  o‘rnatish,  yangi 
tovarlarni  ishlab  chiqish,  siljitish  va  boshqalar  uchun  asos  hisoblanadi.  SHunday 
qilib,  pozitsiyalash  strategiyasi  differensiyalash  strategiyasini  amalga  oshirish 
vositasidir. Odatda bu bosqichda quyidagi savollar vujudga keladi: 
-
 
Xaridorlar  ko‘proq  ijobiy  nazar  bilan  qaraydigan  (haqiqiy  yoki  his 
qilinadigan) xususiyatlar va yoki foydalar qanday? 
-
 
Raqobatlashuvchi  markalar  va  firmalarning  ushbu  xususiyatlar  va  foydalarga 
nisbatan pozitsiyalari qanday qabul qilinmoqda? 
-
 
Muayyan 
segmentda 
potensial 
xaridorlarning 
istak-xohishlarini 
va 
raqobatchilar tomonidan egallab bo‘lingan pozitsiyalarni hisobga olgan holda qanday 
pozitsiyani egallagan ma’qul? 
-
 
Tanlab olingan pozitsiyani egallash va himoya qilish uchun qanday marketing 
vositalari mos keladi? 
Differensiasiyalangan  marketing  strategiyasi  yuqori  investitsiya,  ishlab 
chiqarish  va  boshqarish  xarajatlarini  talab  qiladi,  shuning  uchun  u  yirik  korxonalar 
uchun zarurdir. 
Mahsulot differensiasiyasi turli bozorga chiqishning keyingi imkoniyatidir. Bu 
birinchi  navbatda  tovar  taqsimlashda  diversifikasiya  strategiyasini  olib  borishga 
asoslanadi. 
Konsentrlangan  marketing  strategiyasi  korxonalardan  bozorning  foydali 
segmentiga, ya’ni bitta yoki bir necha segmentiga e’tiborni qaratishni talab qiladi. Bu 
bozor  segmentiga  firma  bitta  yoki  bir  necha  mahsulot  bilan  hamda  maqsadli 
marketing  dasturi  bilan  yondashadi.  O‘z  mazmuniga  ko‘ra,  bu  strategiya  bozor 
chuqurchasi  konsepsiyasiga  mos  keladi,  ya’ni  shunday  bozor  segmentida  ishlash 
kerakki, tovar ushbu firma va uning etkazib berish imkoniyatlari uchun ko‘proq mos 
keluvchi bo‘lib hisoblanadi. Konsentrlangan marketing strategiyasi ko‘proq kichik va 


 
74 
 
 
o‘rta  korxonalar  uchun  mos  keladi,  chunki  bozorning  barcha  segmentlarida  ishlash 
uchun hamda katta etarli moliyaviy vositalarning bo‘lishi talab etilmaydi. 
Mahsulotni  samarali  pozitsiyalashtirish  uchun  talab  va  taklifning  muhim 
tavsifnomalarini,  xarid  to‘g‘risida  qaror  qabul  qilishda  mo‘ljal  bo‘lib  hisoblanuvchi 
omillar ta’sirini o‘rganish zarur. Aniqlovchi omillar esa mahsulot sifati, sifat darajasi, 
ishonchliligi, tashqi ko‘rinishi va tovar raqobatbardoshligining boshqa ko‘rsatkichlari 
bo‘lishi  mumkin.  Bozorni  pozitsiyalashtirishni  to‘g‘ri  tashkil  etishning  marketing 
rejasi va kompleksini samarali ishlab chiqish shart-sharoiti bo‘lib hisoblanadi. 

Download 3,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   308




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish