Strategik marketing



Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/308
Sana12.01.2022
Hajmi3,22 Mb.
#338563
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   308
Bog'liq
1547-Текст статьи-3979-1-10-20200627

 
Ehtiyojlar
klassifikasiyasi
Sub’ekt bo’yicha
Abstraktlik darajasi
bo’yicha
Ob’ekt bo’yicha
Dolzarbligining doimiyligi
bo’yicha
Ishlab chiqarish
jarayoniga
munosabat bo’yicha
Moddiy
Ma

naviy
Shaxsiy
Ijtimoiy
Abstarkt
Aniq
Iqtisodiy
Noiqtisodiy
Birlamchi ehtiyoj
Ikkilamchi ehtiyoj
Alohida ehtiyoj
2.1-rasm. Ehtiyojlar klassifikasiyasi 
 
Rasmdan  ko‘rinib  turibdiki,  ehtiyojlarini  ob’ekti,  sub’ekti  dolzarbligining 
doimiyligi,  ishlab  chiqarish  jarayonida  munosabati  va  abstraktlik  darajasi  bo‘yicha 
turlarga ajratish mumkin. 
Mutlaq  va  nisbiy  ehtiyojlar.
  Ehtiyoj  so‘zining  lug‘aviy  ma’nosi  tabiiy  yoki 
ijtimoiy  hayot  taqozosidir.  Ta’rifda  ikki  ehtiyoj  ajratib  ko‘rsatiladi.  Dastlabki  azaliy 
ehtiyojlar  (tabiiy,  tug‘ma  yoki  organizmga  xos  bo‘lgan  ehtiyojlar)  va  orttirilgan, 
keyin  paydo  bo‘lgan  ehtiyojlar  (madaniy  va  ijtimoiy  ehtiyojlar)  bo‘lib,  ular  tajriba, 


 
35 
 
 
atrof-muhit va jamiyatning taraqqiyot darajasiga bog‘liqdir. 
Keyns
ning  mutlaq  va  nisbiy  ehiyojlar  o‘rtasidagi  farqi  ham  shunga  o‘xshab 
ketadi.  Uning  fikricha 
“mutlaq  ehiyojlarning  ma’nosi  shuki,  biz  ularni  boshqa 
kishilar  bilan  qanday  ahvolda  ekanligidan  qat’iy  nazar  xis  qilamiz,  nisbiy 
ehtiyojlarning  ma’nosi  shuki,  bunday  ehtiyojlar  qondirilganda  o‘zimizning 
boshqalardan  ustundek  sezamiz”
.  Mutlaq  ehtiyojlarni  to‘yintirish  mumkin,  nisbiy 
ehtiyojlarni  esa  to‘yintirib  bo‘lmaydi.  Nisbiy  ehtiyojlarning  to‘yintirishning  mumkin 
emasligiga  sabab  shuki,  ularning  umumiy  darajasi  yuksalgan  sari  bu  darajadan  ham 
yuqori ko‘tarilish istagi kuchayib boraveradi. Bunday sharoitlarda nisbiy ehtiyojlarni 
qondirish  maqsadidagi  ishlab  chiqarish  ularni  rivojlantirish  bilan  bir  xildirdir.  Mana 
shuning  uchun  ham  turmush  darajasi  mutlaq  yuksalgan  kishilar  o‘zlari  doim  xavas 
bilan  qaragan  kishilarning  o‘zlaridan  ko‘ra  yaxshiroq  yashay  boshlaganini  ko‘rsalar, 
o‘zlarini yomon xis qiladilar, ya’ni 
Kotta
 yozganidek 
“ba’zilar uchun zeb - ziynat va 
hasham  hisoblangan  narsalar  birovlar  uchun  zaruratga  aylanadi”
.  Voqelik  bilan 
istak  xohishlar  o‘rtasidagi  masofa  qoniqmaslik  darajasi  kuchaygan  sari  o‘zgarib 
boradi. 
Gelbreyt
ning  ta’kidlashicha,  ehtiyojlarni  to‘yintirish  mumkin,  reklama  esa 
“ilgari  mavjud  bo‘lmagan  istaklarni  yuzaga  keltirish  uchun” 
sun’iy  ehtiyojlarning 
vujudga  kelishiga  javobgardir.  Aslida  Gelbreyt  o‘z  tahlilida  ehtiyojlar  bilan  talabni 
adashtirib  yuborgan.  Reklama  ilgari  mavjud  bo‘lgan  va  talabga  aylana  olmagan 
ehtiyojni  aniqlashda  yordam  berishi  mumkin,  chunki  bu  talabga  mo‘ljallangan  tovar 
hali  yo‘q edi.  Albatta, bir ehtiyoj  mavjud bo‘lib, uni qondiradigan tovar  hali  mavjud 
bo‘lmasligi  ham  mumkin.  Reklama  ehtiyoj  haqida  xabar  berar  ekan,  talabni  hosil 
qiladi,  ehtiyojlarni  esa  hosil  qilmaydi.  Boshqacha  qilib  aytganda,  reklama  mavjud 
bo‘lgan, biroq aniqlanmagan ehtiyojlar uchun talab hosil qilishi mumkin. 
Xuddi  shu  kabi,  Gelbreyt  foydalangan  “sun’iy”  ehtiyoj  tushunchasi  ham 
ehtiyojlarning  chegaraviy  foydalilik  darajasi  haqida  fikr  yuritishni  belgilab  beradi. 
Demak,  Gelbreytning  tahlillaridan  kelib  chiqadigan  xulosa  yangi  “sun’iy” 
ehtiyojlarning chegaraviy  foydalilik darajasidir. Masalan,  foydalilik kichik  miqdorda 
bo‘lsada, mavjuddir. YAngi ehtiyojlarning paydo bo‘lishini har doim oqlash mumkin. 


 
36 
 
 
Mutlaq  va  nisbiy  ehtiyojlar  o‘rtasidagi  farq  unchalik  aniq  ravshan  emasdir. 
Masalan,  hayot  uchun  zarur    bo‘lgan  narsa  iste’molning  istalgan  boshqa  turiga 
qaragandan cheksiz darajada muhimroqdir, deyish mumkin. Bu fikrda noaniqlik bor. 
Ijtimoiy-ruhiy ehtiyojlarni ham oddiy ehtiyojlar kabi chuqur his qilish mumkin. 
Masalan,  e’tiborsizlik  yoki  loqaydlik  ba’zi  hollarda  o‘limga,  ruhiyatning  jiddiy 
buzilishiga yoki ijtimoiy hayotdagi qiyinchiliklarga olib kelishi mumkin. 
Mutlaq  va  nisbiy  ehtiyojlar  o‘rtasidagi  farqning  etarlicha  aniq  emasligiga 
qaramay,  bu  tafovutning  ikki  qiziqarli  jihati  bor.  Bir  tomondan,  u  nisbiy 
ehtiyojlarning  mutlaq  ehtiyojlarchalik  qat’iy  bo‘lmasligi  mumkinligini  ko‘rsatadi. 
Ikkinchi  tomondan,  u  to‘yintirishning  mumkin  emasligini  belgilovchi  nisbiy 
ehtiyojlar  dialektikasini  birinchi  o‘ringa  qo‘yadi.  Inson  o‘zi  maqsad  qilib  qo‘ygan 
darajaga etishgach, kamolotning yangi bosqichini ko‘zlay boshlaydi. 
Ebbot 
tug‘ma  va  hosilaviy ehtiyojlar o‘rtasiga ajib  bir chegara tavsiya qiladi. 
Hosilaviy  ehtiyojlar  tug‘ma  ehtiyojlarga  nisbatan  maxsus  texnologik  javob  (tovar)ni 
va  istak  ob’ektini  ifodalaydi.  Bir  qancha  sharoitlarda  tovarning  iste’moli  ma’lum 
hayotiylik  siklida  kutilganligi  natijasida  hosilaviy  ehtiyojlar  qondirilganligi 
kuzatiladi.  Hosilaviy  ehtiyojlarning  eng  yuksak  foydaliligi  pasayish  tendensiyasiga 
egadir.  Lekin,  texnologik  taraqqiyot  tufayli  tug‘ma  ehtiyojlar  qondirilmaydi,  yangi 
takomillashgan  tovarlar  yuzaga  kelishi,  shu  bilan  birga  yangi  hosilaviy  ehtiyojlar 
paydo bo‘lishi sharoitida yanada yuqoriga intiladi. SHunday qilib, tug‘ma ehtiyojlarni 
qondirish  uchun  tovar  ishlab  chiqarish  hamisha  o‘zining  evolyusiyasi  bilan 
rag‘batlantirib  boriladi.  So‘ng  ehtiyoj  bozorga  ta’sir  qiladi,  bu  esa  o‘z  navbatida 
yangi  darajada  qondiradigan  yangi  tovarlarning  paydo  bo‘lishiga  olib  keladi.  Ushbu 
hosilaviy  ehtiyojlar  o‘z  navbatida  qondiriladi,  so‘ng  yangi  takomillashgan  tovarlar 
vujudga kelishi natijasida o‘zgaradi. 
Shunday  qilib,  tug‘ma  ehtiyojlar  va  hosilaviy  ehtiyojlarning  farqi  shuni 
ko‘rsatadiki,  umumiy  to‘yinish  bo‘lmasligiga  qaramasdan  bemalol  xususiy 
to‘yinishga  erishish  mumkin.  SHunday  ekan,  strategik  marketingning  muhim  roli 
firmalar  ehtiyojlarini  qondirishga  qaratilgan  rivojlanishni  rag‘batlantirishni  tashkil 
qiladi. 


 
37 
 
 

Download 3,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   308




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish