Strategik marketing


- rasm. Firmaning strategik missiyasini ishlab chiqishda hisobga



Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet250/308
Sana12.01.2022
Hajmi3,22 Mb.
#338563
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   308
Bog'liq
1547-Текст статьи-3979-1-10-20200627

 
11.4- rasm. Firmaning strategik missiyasini ishlab chiqishda hisobga 
olinadigan omillar 
 
Asosiy  strategik  variantlar.  Rahbariyat  tomonidan  belgilab  berilgan  keng 
ko‘lamli  maqsadlarga  qo‘shimcha ravishda firmaning  istak-xohishlarini,  ya’ni  uning 
asosiy  bozordagi  umumiy  siyosatini  va  u  erda  egallamoqchi  bo‘lgan  mavqeini 
aniqlab  olish  ham  foydalidir.  Gap  yuqorida  ko‘rib  o‘tilgan  raqobatli  strategiyalar 
haqida,  masalan,  peshqadam  firmaning  strategiyalari  haqida  bormoqda.  Tabiiyki,  bu 
maqsadlar  mavjud  vositalargayarasha  bo‘lishi  va  bundan  kelib  chiqadigan 
pozitsiyalarga mos kelishi lozim. 
Hayotiy  bir  misolni  ko‘rib  chiqaylik.  X  kompaniyasi  eng  kuchli  beshta 
texnologik jihatdan peshqadam firmalar qatoriga kirmoqchi, bu firmalar saqlash qiyiq 
bo‘lgan  moddalar  (aerozollar,  maxsus  ichimliklar,  kimyoviy  reagentlar  va  hokazo) 
uchun  maxsus  qattiq  idishlar  ishlab  chiqarishga  ixtisoslashgan.  Maqsad:  har  bir 
mahalliy bozorda 20  % dan 40  %  gacha bo‘lgan  ulushga erishish.  Firmaning  o‘sishi 
uncha  katta  bo‘lmagan  markazlashtirilmagan  zavodlar  yordamida  ta’minlanadi,  bu 
zavodlar  tovarlarni  kam  transport  xarajatlari  bilan  tezkor  tashish  mumkin  bo‘lgan 
tarzda joylashtirilgan. 
Strategik  maqsadlarni  ifodalashda  avvalgi  boblarda  aytib  o‘tilgan  asosiy 
strategiyalarni  (xarajatlarni  tejash  hisobiga  ustunlikka  erishish,  differensiasiya  yoki 
konsentrasiya) hamda raqobatli ustunlikning tanlangan variantini ham e’tiborga olish 
lozim.  Rejalashtirishning  bu  bosqichida  gap  faqat  har  bir  biznes  birligi  uchun  ishlab 


 
200 
 
 
chiqarilgan  harakat  dasturlarida  miqdoriy  atamalarga  aylantiriladigan  umumiy 
yo‘nalish haqida bormaydi. 
Tashqi omillar tahlilida muhitni jalb etuvchanligi muhim o‘rin egallaydi. Bozor 
imkoniyatlari tahlili  vazifasini amalga oshirish  uchun tovarlarning  hayotiylik davrini 
o‘rnatish va bular asosida bozor sig‘imiga miqdoriy baho berish kerak. 
Global bozor evolyusiyasi imkoniyatlari quyidagi savollarga javob topadi: 
1.
 
Global bozor sig‘imi qanday? 
2.
 
Qanday o‘rin imkoniyatlariga ega (o‘sish, to‘xtab qolish, inqiroz)? 
3.
 
Mijozning, oilaning, aholining jon boshiga iste’moli qanaqa? 
4.
 
Firmaning ta’minlanish darajasi qanday? 
5.
 
Tovar xizmatining o‘rtacha muddati qanday? 
6.
 
Qanday reklama vositalaridan foydalanish maqsadga muvofiq? 
7.
 
Sotish tizmining tuzilishi qanday va hokazolar. 
Bundan  tashqari  xaridorlarning  xulq-atvori  tahlil  qilinadi.  Bunda  quyidagi 
savollarga  javoblar  izlanadi:  xarid  haqida  qaror  qabul  qiluvchi  markaz  tuzilishi 
qanday?  kim  xaridor,  foydalanuvchi,  qaror  qabul  qiluvchi  shaxs,  maslahatchi 
hisoblanadi?  xarid  haqida  qaror  qabul  qilish  jarayoni  qanday?  qondirilganlik  va 
qondirilmaganlikning 
sabablari 
nimada? 
marketingning 
qanday 
omillariga 
xaridorlarning e’tibori ko‘proq? 
Sotishning  tuzilish  tahlili  esa  iste’mol  tovarlari  bozori  uchun  muhim  bosqich 
hisoblanadi. Raqobatchilar tuzilishi tahlil qilinib, firma o‘zining o‘sish maqsadiga va 
rentabelligiga erishish lozim bo‘lgan sohada tahlil olib boriladi. 
To‘g‘ridan-to‘g‘ri  raqobatchilar  bor  yo‘qligi,  3-5  yirik  raqobatchilar  qanday 
bozor  ulushiga  ega  ekanligi,  raqobatchilar  markasi  qanchalik  kuchliligi,  yangi 
raqobatchilarni  bozorga  kirish  uchun  qanday  to‘siqlar  mavjudligi,  qanday  tovarlar 
o‘rinbosar  tovarlar  hisoblanadi,  kabi  savollar  raqobatchilar  tuzilishining  tahliliga 
yordam beradi. 
Ijtimoiy  -  iqtisodiy  va  siyosiy  muhitlar  tahlilida  bozor  rivojini  ta’sir  etuvchi 
makroiqtisodiy omillar: demografik, iqtisodiy, texnologik, siyosiy, huquqiy, ijtimoiy, 
madaniy    va ekologik omillar hisobga olinadi. 


 
201 
 
 
Strategik  rejalashtirish  jarayonida  raqobatdoshlik  tahlili,  firmaning  kuchli  va 
kuchsiz  tomonlari,  firma  uchun  bozor  mavqei  tahlili,  obro‘li  raqobatchilar  tahlili, 
sotish tizimiga yorib kirish tahlili, shuningdek kommunikasiya dasturi tahlil qilinadi.

Download 3,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   308




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish