8.4. Bevosita marketing
Ko‘rib o‘tganimizdek, vositachisiz bevosita savdo sanoat bozorlari uchun
odatiy hol bo‘lib, bu erda potensial mijozlarning soni kam bo‘ladi va ular oson
topiladi, tovarlar esa murakkab bo‘lib, ko‘pincha maxsus buyurtma bo‘yicha etkazib
beriladi va narxi yuqori bo‘ladi. SHunisi qiziqki, so‘nggi yillarda sotishning bu usuli
eng kutilmagan joylarda: iste’mol tovarlari va xizmatlari bozorlarida paydo
bo‘lmoqda. Buni avvalo telemarketing, radio va televidenie kabi teskari aloqali yangi
kommunikasiya vositalari hamda buyurtmalarni qabul qilishning elektron
vositalarining rivojlanishi bilan izohlash mumkin. Bevosita marketing uyushmasi
bevosita marketingga shunday ta’rif beradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |