pulini ayamas, u bilan gaplashganda faqat boylik, pul topish haqida gapirar va
unga buning ba’zi yo‘llarini ham o‘rgatgan bo‘lar edi. Bir kuni uyga otaning
obro‘li ziyoli do‘stlari mehmon bo‘lib kelib qolishdi. Ular mehmonxonada
salomsiz kirib kelib qoldi. hijolat bo‘lgan ota o‘g‘liga: «Ie, mehmonlarga salom
qani, o‘g‘lim», - dedi. O‘g‘li: «O‘rtoqlaringiz o‘zingizga o‘xshagan boy
biznesmenlarmi? 25 so‘mlik salom beraymi, 50 so‘mlik salom beraymi yoki 100
so‘mlikmi?» Ota nufuzli do‘stlarining oldida o‘g‘lining kutilmagan bunday
savollaridan er yorilsa-yu, erga kirib ketgudek izza bo‘ldi.
Otaning o‘g‘liga bergan «tarbiya»sini tahlil qiling. Bunday o‘ziga to‘q
oilalarda farzand tarbiyasining o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
Masala 17.
15 yoshga to‘lishi nishonlanayotgan Tohir mehmonlardan
sovg‘a qabul qilar, ammo bu galgi sovg‘alar unchalik qimmatli, dabdabali emas
edi. Bundan ko‘ngli to‘lmagan Tohir mehmonlar ketganidan keyin o‘zlari
yig‘ilishib o‘tirishganda dadasiga dedi: «Dada, og‘aynilaringiz amaldaligingizda
katta-katta sovg‘alar qilishar edi. Amaldan tushganingizdan keyin olib kelgan
sovg‘alarini qarang». Tohirning bu fikriga oiladagilar quyidagicha munosabat
bildirdilar:
A) Ona: to‘g‘ri, uyalmasdan ko‘tarib kelgan sovg‘alariga o‘laymi. SHu
sovg‘alar bizga munosibmi? Eb-ichganiga ham arzimaydi. Undan ko‘ra olib
kelmay qo‘yaqolishmaydimi?
B) Buvi: Mayli, bolam, sovg‘aning katta-kichigi bulmaydi. SHunchalik
olib kelganlariga rahmat de. Dadang ham bundan buyon ular bilan shu
sovg‘alariga qarab muomala qiladi;
V) Buva: (o‘g‘liga) Bolam, senga ming marta aytganman, tug‘ilgan
kunlarni oilaviy o‘tkazaylik, deb. Bolalaringni ham shunga o‘rgatishing kerak.
Ko‘nikishsin shunga. Ana shunda ular boshqalardan sovg‘a kutmaydi.
qolaversa, sovg‘a – bu olib keluvchining himmati. Sovg‘a qilingan otning
tishiga qarama, deyishadi. Sovg‘aga qarab muomala qiladigan odam yaxshi
odam bo‘lmaydi. O‘zing ham birovga sovg‘a beradigan bo‘lsang, chin yurakdan
ber. Minnat qilma. Bergan sovg‘angni nasiya deb bil. Uning orqasidan biror
narsa kutma. Ana o‘shanda xotirjam bo‘lasan, ko‘ngling orom oladi. Amalga
keladigan bo‘lsak, u qo‘lning kiri – hozir bor, ertaga yo‘q; hozir yo‘q bo‘lsa,
ertaga bo‘ladi. Buning uchun eng muhimi - amaldaligingda odamlarning
ko‘nglini qoldirma, qo‘l ostingdagilarga e’tiborli bo‘l, ularni hurmat-izzat qil,
adolatli bo‘l, toki amaldan tushganingdan keyin ham ular sening hurmatingni
joyiga qo‘yadigan bo‘lishsin, obro‘-e’tiboringga putur etmasin.
Do'stlaringiz bilan baham: