Gidrofob to‘ldirgichlar.
Optik kabellarni tashqaridagi ochiq joylarda yotqizishda
optik tolalarni ichiga suv kirib ketishidan muhofazalash uchun gidrofob to‘ldirgichlar
qo‘llanadi. Muhofazalashning usullaridan biri jele yoki gel ko‘rinishidagi gidrofob
to‘ldirgichlarni qo‘llashdan iborat. Odatda bunday kompaund kabel o‘zagi ichiga
65…70°S haroratda bosim ostida kiritiladi.
Kabel o‘zagi ichiga suv kirib ketishidan muhofazalash uchun nam tegishi bilan
shishib ketuvchi kukunlar, tasmalar yoki iplar qo‘llanadi. Kukunni kabel o‘zagi ichiga
kiritilsa, tasma va iplar esa optik tolalardan iborat bo‘lgan element ustiga yoki kabel
o‘zagi ustiga o‘raladi. O‘ralgan muhofazalovchi qurilmalar nam tegishi bilan butun
hajmi bo‘yicha shishib ketadi va optik kabelning butun bo‘shlig‘ini suv yoki namlik
kirib bormasligi uchun to‘ldirib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |