3 6
O‘zbekiston Respublikasi tarkibiga Qoraqalpog‘iston Res-
publikasi va 12 ta ma’muriy viloyat kiradi.
Uning poytaxti
Òoshkent shahridir. Quyidagi jadval O‘zbekiston
Respublikasi-
ning ma’muriy-hududiy tuzilishini aniq va yaqqol ko‘rsatadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
(sobiq Qoraqalpog‘iston
muxtor respublikasi) 1992- yil 9-
yanvarda suveren respublika
maqomini oldi. Uning maydoni 166,6
ming kvadrat kilometrga
teng bo‘lib, 1530,2 ming kishi yashaydi. Qoraqalpog‘iston Res-
publikasi tarkibiga 14 ta qishloq tumani (Amudaryo, Beruniy,
Kegayli, Mo‘ynoq, Nukus, Òaxtako‘pir, Òo‘rtko‘l, Xo‘jayli,
Chimboy,
Shumanay, Ellikqal’a, Qonliko‘l, Qorao‘zak,
Qo‘ng‘irot) va 12 ta shahar (Nukus, Beruniy, Bo‘ston, Mang‘it,
Mo‘ynoq, Òaxiatosh, Òo‘rtko‘l,
Xalqobod, Chimboy, Shumanay,
Xo‘jayli, Qo‘ng‘irot) kiradi. Qoraqalpog‘istonning
poytaxti Nukus
shahri bo‘lib, unda 236700 kishi yashaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: