„Inson huquqlari butun
jahon Deklaratsiyasi“, „Iqtisodiy, sotsial va madaniy huquqlar
to‘g‘risida xalqaro Pakt“, „Fuqarolik va siyosiy huquqlar
to‘g‘risida xalqaro Pakt“
va boshqalar asosida bayon etilgan.
Konstitutsiyaning 18—52- moddalari inson va fuqarolarning
asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlariga bag‘ishlangan.
O‘zbekiston davlati tomonidan fuqarolarning huquqlari va
erkinliklarini oliy qadriyat sifatida tan olingan va ular himoya
qilinadi. Konstitutsiya bo‘yicha har bir shaxsning o‘z huquq va
erkinliklarini sud orqali himoya qilishi kafolatlanadi.
Konstitutsiyada har bir shaxs mulkdor bo‘lishga haqli ekan-
ligi, O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakldagi
mulk tashkil etishi, barcha mulk shakllarining teng huquqli
ekanligi belgilab qo‘yilgan.
Konstitutsiyaning 21- moddasiga binoan O‘zbekiston Res-
publikasining butun hududida yagona fuqarolik o‘rnatilgan.
O‘zbekiston Respublikasining millati, elatidan qat’iy nazar
barcha fuqarolari O‘zbekiston xalqini tashkil etadi.
Yettinchi Konstitutsiyaviy tamoyil
— qonuniylikdir. Qonuniylik
jamiyatning bir maromda hayot kechirishini, davlat organlari-
ning maromli faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi. Davlat, uning
organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqaro-
lar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘rgandagina jami-
yatda barqarorlik va taraqqiyot bo‘ladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
2 3
Mazkur tamoyil davlatga va uning organlariga, siyosiy par-
tiyalar va jamoat uyushmalariga o‘z faoliyatlarini O‘zbekiston
Respublikasi qonunlari asosida amalga oshirishlarini talab qilu-
vchi Konstitutsiyaviy normadir. Konstitutsiyada siyosiy partiya-
lar, jamoat birlashmalari, ommaviy axborot vositalarining tuzi-
lishi va faoliyatining huquqiy jihatlari asoslab berilgan.
Sakkizinchi Konstitutsiyaviy tamoyil
— O‘zbekiston Respub-
likasi tashqi siyosatining asosiy qoidalarini aniq belgilab
qo‘yilganligidadir. Konstitutsiyaning 17- moddasida: „O‘zbekis-
ton Respublikasi xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli sub-
yektidir. Uning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi,
kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegara-
larning daxlsizligi, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa
davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro
huquqning umum e’tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga
asoslanadi“, deb belgilab qo‘yilgan.
Konstitutsiyada davlat xalqning manfaatlari va xavfsizligini
ta’minlash maqsadida boshqa davlatlar bilan ittifoq va do‘stona
aloqalar o‘rnatishi hamda davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ul-
ardan ajralib chiqishi mumkinligi qonunlashtirilgan.
Òo‘qqizinchi Konstitutsiyaviy tamoyil
— mahalliy o‘zini o‘zi
boshqarishdir. O‘zbekistonda o‘zbek davlatchiligi rivojining tari-
xiy tajribasiga tayangan holda mahalliy hokimiyat boshlig‘i
bo‘lgan
hokim instituti
joriy etildi. Viloyatlar, tumanlar va sha-
harlarda hokimiyatning vakillik organlari xalq deputatlari ken-
gashlari bo‘lib, ularga viloyat, tuman va shahar hokimlari bosh-
chilik qiladilar. Konstitutsiyaning 99—104- moddalarida mahalliy
davlat hokimiyati asoslari, hokimlarni tayinlash va tasdiqlash
tartiblari, ularning vazifalari belgilab berilgan.
Konstitutsiyada fuqarolik jamiyati qurishning muhim omili
bo‘lgan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini tuzish
tartiblari belgilangan. 105- moddada: „Shaharcha, qishloq va
ovullarda, shuningdek ular tarkibidagi mahallalarda hamda sha-
harlardagi mahallalarda fuqarolarning yig‘inlari o‘zini o‘zi
boshqarish organlari bo‘lib, ular ikki yarim yil muddatga raisni
(oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi“, deb belgilab
qo‘yilgan.
O‘ninchi Konstitutsiyaviy tamoyil
— odil sudlov, sudyalarning
mustaqilligi va daxlsizligidir. Sudya faqat qonunga bo‘ysunadi.
Konstitutsiyaning 106—116- moddalarida O‘zbekistonda sud
tizimi va ularning vazifalari belgilab berilgan. Konstitutsiyada
sudya deputatlikka saylana olmasligi, siyosiy partiyalar va hara-
www.ziyouz.com kutubxonasi
2 4
Do'stlaringiz bilan baham: |