Ahmad
al-Farg‘oniyning
1200 yillik yubileyi nishonlandi. Uning noyob
ilmiy merosi xalqimizga qaytarildi. Farg‘ona shahrida Al-Farg‘oniy
nomi bilan bog‘ yaratildi va buyuk allomaga haykal o‘rnatildi.
Jamiyat ma’naviyatini yuksaltirishda
tarixiy xotira, ajdodlar tarixini bilish-
ning, milliy-axloqiy qadriyat hamda
an’analarning, muqaddas dinimiz-
ning o‘rni va ahamiyati katta. Biron-bir xalq o‘z tarixini bilmay,
asrlar osha yaratilgan ma’naviy merosga tayanmay va uni yanada
rivojlantirmay turib o‘z kelajagini tasavvur eta olmaydi. Shu
boisdan mustabid tuzum davrida soxtalashtirilgan xalqimiz
tarixini xolisona, haqqoniy yoritish, barcha o‘quv maskanlarida
Vatan tarixini o‘qitish borasida muhim tadbirlar amalga oshirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |