„O‘zbekyengilsanoat“
davlat uyush-
masiga birlashgan 15 ta kichik va 102 ta yirik korxonalar paxta
tolasini qayta ishlab yiliga 130 ming tonna yigirilgan ip, 50 mln
kvadrat metr gazlama, 2,5 mln kvadrat metr gilam, 62 mln
dona trikotaj mahsulotlari, 32 mln juft paypoq, turli xil tiku-
vchilik buyumlari ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ldi.
Agar 1991- yilda respublikamizda paxta tolasini qayta
ishlash 12 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2005- yilda bu
raqam 30 foizga yetdi. Chet ellarga kalava ip, paxta va
shoyi gazlamalar eksport qilishga erishildi.
Respublikamizda qog‘oz tanqisligi muammosini hal qilishga
qaratilgan zavodlar qurildi. Namanganda barpo etilgan
„Namangan
qog‘ozi“
, Yangiyo‘lda qurilgan
„O‘zbek qog‘ozi“
qo‘shma
korxonalari shular jumlasidandar. Respublika Vazirlar Mahka-
masining 2001- yil 20- iyundagi
Do'stlaringiz bilan baham: |