„Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning
huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida“
gi va
„Qimmatli qog‘ozlar
bozorining faoliyat ko‘rsatish mexanizmi to‘g‘risida“
gi
qonunlari mulkchilikning aksiyadorlik shaklini yanada rivoj-
lanishiga yangi turtki bo‘ldi. Aksiyadorlik jamiyatini tuzish, qayta
tuzish, tugatish yo‘llari, aksiya egalarining dividend (foyda)
olish huquqlari aniq belgilab berildi. Yirik korxonalar aksiyalar
to‘plami (paketi) davlat nazoratida bo‘lgan aksiyadorlik jamiyat-
lariga aylantirildi.
Davlat mulkini sotish bo‘yicha kim oshdi savdolari va
tanlovlar tashkil etildi. 2000—2005 yillarda jami 4660 ta davlat
korxona va ob’ekti xususiy mulkdorlarga sotildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |