1-rasm
2-rasm
Bu vaziyatni jamg’arma – investitsiyalar grafigidan (2-rasm) ko’rish mumkin.
Milliy daromaddan avtonom bo’lgan investitsiyalar egri chizig’i va milliy daromad
darajasi bilan aniqlanuvchi jamg’armalar egri chizig’i E1 nuqtasida kesishadi.
Ijtimoiy mahsulotning keyinchalik yana ko’payishi jamg’armaning o’sishiga olib
keladi. Bundan tashqari J.M.Keynsning asosiy psixologik qonuniga muvofiq,
daromadlarning o’sib borishi bilan jamg’armaga bo’lgan moyillik oshib boradi, ya’ni
milliy daromadning jamg’ariladigan qismi ko’payadi. Investitsiyalar esa ishlab
chiqarish darajasiga bog’liq emas. Shuning uchun, iqtisodiyot E2 nuqta bilan
xarakterlanadigan vaziyatga tushub qolsa, unda jamg’arma bilan investitsiyalar
o’rtasida bo’ladigan uzilish shunga olib keladiki barcha mahsulotlar realizatsiya
qilinmay qolishi mumkin. Bu ishlab chiqaruvchilarni ishlab chiqarish darajasini
pasaytirishga majbur qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |